Namangan muhandislik- texnologiya instituti


Innovatsaviy nazariyani asosiy rivojlanish bosqichlari



Download 3,59 Mb.
bet52/196
Sana31.01.2022
Hajmi3,59 Mb.
#420104
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   196
Bog'liq
2 5375219985478061840

Innovatsaviy nazariyani asosiy rivojlanish bosqichlari.

Innovatsiyaviy nazariyani asosiy rivojlanish bosqichi V.Zombart, V.Mitcherlix, Y.Shumpeter ishlariga to‘g‘ri kelgan. Innovatsiyalar nazariyasini shakllanishi va rivojlanishiga avstriyalik olim Y.Shumpeter katta hissa qo‘shgan.
1930-yillarda Y.Shumpeter tomonidan innovatsiya tushunchasi kiritildi va u mahsulot ishlab chiqarish, sotish, etkazish jarayonlarida yangi yoki takomillashtirilgan texnik, texnologik, tashkiliy xarakterdagi qarorlarni qo‘llash oqibatida mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni o‘z ichga oladi deb ta’kidlaydi. Y.Shumpeter tomonidan innovatsiyaga berilgan ushbu ta’rifda ishlab chiqarish omillarining yangi kombinatsiyalari to‘g‘risidagi konsepsiyasi, innovatsiyalar nazariyasiga bo‘lgan ikkita eng tarqalgan yondashuvdan birining asosini tashkil etadi. Birinchi yondashuvda yangi omillardan foydalanish to‘g‘risidagi tushunchaga, ikkinchi yondashuvda esa yangi yaratilgan mahsulot va yangi yaratilgan texnologiyaga asoslangandir.
Y.Shumpeter “Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” (Theory of Economic Development) nomli mashhur asarida innovatsion jarayon natijasidagi o‘zgarishlarni besh yo‘nalishga ajratib ko‘rsatib bergan.
Bu yo‘nalishlar quyidagilardan iboratdir:
-yangi texnik va texnologik o‘zgarishlar yoki ishlab chiqarish jarayonini yangi bozor talablari asosida tashkil etish;
-yangi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan mahsulot turlarini deversifikatsiyalash;
-ishlab chiqarish jarayonlarida yangi xom-ashyolardan foydalanish;
-ishlab chiqarishni tashkil etishda innovatsion boshqaruv usullaridan foydalanish;
-yangi iste’mol bozorlarini shakllantirish.4
“Innovatsiya” tushunchasiga bo‘lgan ikkinchi yondashuv ishlab chiqarishda muayyan turdagi texnika, texnologiya va boshqa yangi mahsulotlardan foydalanishga asoslanadi. Ushbu yondashuvga asoslanib ayrim olimlar ishlab chiqarish faoliyatini innovatsiyaviy va ilmiy-texnik jihatlaridan biri deb biladilar. Bundan kelib chiqqan holda «innovatsiya» tushunchasi jarayon hamda natija sifatida tushuniladi.
Innovatsiyalar iqtisodiy samaradorligini ta’minlash zaruriyatini hisobga olgan holda, bir qator Rossiyalik iqtisodchilar (M.Ionov, A.Kulagin, V.Loginov) innovatsiyani «xarajatlar tejalishini yoki bunday tejash uchun sharoit yaratilishini ta’minlovchi yangi mahsulot yoki xizmat, ishlab chiqarish uslubi, tashkiliy, moliyaviy, ilmiy-tadqiqot va boshqa sohalardagi yangilik» sifatida ko‘rishganlar.
Fikrimizcha, “innovatsiya” yangicha g‘oya, ishlab chiqarishga tadbiq etilgan yangicha yondashuv, yangi texnologiya va ishlab chiqarilgan yangi mahsulot, boshqaruvdagi yangicha usul, umuman, barcha jabhalardagi yangi islohotlardir. Bunda innovatsiya nafaqat so‘nggi yangilik, balki hayotga tadbiq etilgan, jamiyat a’zolariga iqtisodiy va ijtimoiy naf keltiruvchi vosita bo‘lishi lozim. Innovatsion faoliyatning maqsadi, vazifalari va uslublarining tadqiqotini davom ettirish uchun, innovatsiyaviy boshqaruv ob’ektini ifodalash va uning asosiy tavsiflari va xususiyatlarini aniqlash kerak. Buning asosiy zaruriyati shundaki, innovatsion faoliyat korxonaning raqobat asosida rivojlanishi strategiyasining asosiy elementlaridan biri bo‘lib, boshqaruv infratuzilmasini yaxshilash va faoliyat maqsadlariga yanada samaraliroq erishish imkonini beruvchi turli xil yangiliklardir.



Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish