Namangan davlat universiteti yuridik fakulteti



Download 56,86 Kb.
bet1/8
Sana20.07.2022
Hajmi56,86 Kb.
#829509
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
DEDASHEV MIRJALOL KURS ISHI METODIKA


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
YURIDIK FAKULTETI

“Milliy g’oya va huquq ta’limi” kafedrasi


KURS ISHI
Mavzu:Milliy g’oya fanlarini o’rganishda masofali o’qitishning o’rni

5111600- “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq talimi” yo’nalishi
Bajardi: MIG-BU-19-guruh talabasi M.Dedashev

Ilmiy rahbar: katta o’qituvchi B.Tillayev


MUNDARIJA:
Kirish................................................................................................................3
I bob. Masofaviy ta’lim tizimini yaratish asoslari.
1.1. Masofaviy ta’lim tizimi tarixi....................................................................6
1.2. O‘zbekistonda masofaviy ta’limni tashkil etish va rivojlantirishni pedagogik sharoitlar.........................................................................................................11
II bob Masofaviy ta’lim afzalliklari va kamchiliklari
2.1.Masofaviy ta’limning an’anaviy ta’limdan farqi.....16 2.2.Masofaviy ta’limning maqsadi................................................................25
Xulosa.............................................................................................................31
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati...............................................................33

KIRISH
Mustaqillikka erishilgandan keyin barcha sohalardagi kabi ta`lim tizimida ham jiddiy islohatlar amalga oshirildi, ta`limning sifatini yaxshilashga kirishildi. Shu boisdan bugungi kunda talabalarga sifatli ta’lim berishni tashkil qilishda ilmiy-tехnika taraqqiyoti mahsuli bo`lgan zamоnaviy aхbоrоt tехnоlоgiyalari va uning mоddiy asоsi kоmpyutеrlar хizmatidan kеng fоydalanib elеktrоn darslik va qo`llanmalar tashkil etish va internet manbalaridan hamda masofadan o`qitishning dasturiy vositalaridan foydalanish davr talabi bo`lib qоlmоqda. Aynan shu maqsadda aхbоrоt tехnоlоgiyalaridan fоydalanish, mutaхassislarning umumiy ma’lumоti va kasbiy tayyorgarligining sifatini оshirish uchun jahоn andоzalariga javоb bеruvchi aхbоrоt tехnоlоgiyalarini ta’lim jarayoniga tadbiq etish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamiyatimizning rivojlangan davrida avvalgi metodik qo`llanmalar bilan cheklanib qolmasdan, unga fan-texnika yangiliklari, Internet va yuksak texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanganholda, ta`lim jarayonini tinglovchilari uchun yanada qiziqarli va mazmunli qilib o`tish maqsadga muvofiq. Respublikamizda bugungi kunda kompyuter texnologiyalari va Internet tarmog`ini rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Shunga ko`ra, ta`lim tizimidagi o`quv yurtlarida informatika va yangi axborot texnologiyalari bilan birga kasb ta`lim yo`nalishiga tegishli fanlarining o`qitilishi ham davr talabi bo`lib qolmoqda. Masofadan o`qitishusulida o`qituvchi bilan talaba bir-biridan masofa bilan ajralgan bo`lsa ham, doimiy muloqot saqlanib qoladi. Bu o`qitishni nazorat qilishning alohida usuli bo`ladigan elektron pochta va Internet texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi.
Bugungi kunda taraqqiyot juda tez rivojlanmoqda va juda tez o‘zgarmoqda. Deyarli har daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida o‘zgarishlar, yangilanishlar va kutilmagan voqea hodisalar sodir bo‘lmoqda. Har bir kunimiz kuchli informatsiya o‘qimi ostida kechmoqda. Informatsiya o‘qimi bizni uyda, ishxona va ta'tilda ta'qib etadi. Inson informatsiya ta'siridan holi normal faoliyat yurita olmaydi. Hayotni anglash, uni o‘rganish informatsiyalarni yig‘ish va o‘zlashtirish orqali kechadi. Insonning bilimlilik darajasi ham ma'lum davr ichida shaxs tomonidan o‘zlashtirilgan informatsiyalarning ko‘p yoki ozligi bilan belgilanadi.
Shuning uchun zamonaviy bilimlar sari keng yo‘l ochish ta'limotni takomillashtirishda yangi informatsiya texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kunning talabiga aylandi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda Ozbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida» gi qonuni ham zimmamizga shu ma'suliyatni yuklaydi.
Va'holanki ta'lim tizimida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ta'lim tizimida masofadan o‘qitish uslubi shakllari qo‘llanilmoqda. Masofadan o‘qitish uslubi bu sirtqi o‘qishning yangi shaklidir. Masofadan o‘qitish bu mustaqil o‘qishdir. Mustaqil o‘qish insonning mustaqil fikrlash, holatni baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Masofadan o‘qitishning yana bir afzalligi shundaki, unda o‘quvchi o‘ziga qulay vaqtda va hattoki ishdan ajralmagan holda o‘qishi mumkin. Aynan shu afzalliklari tufayli bu uslub dunyoda hozirgi kunda keng tarqalgan. Ko‘pgina yirik korxonalar mutaxassislari malakasini oshirish yoki o‘zgartirish uchun shu uslubdan foydalanib, yiliga millionlab dollarlarni tejamoqdalar.
Masofadan o‘qitishning yana bir afzallik tomoni unda o‘qish muddatini o‘quvchi ozi belgilaydi, ya'ni talaba ixtiyoriy paytda o‘qishni boshlaydi, materiallarni o‘qituvchi nazoratida o‘zlashtiradi. O‘zlashtirish topshiriqlarni, testlarni bajarishiga qarab aniqlanadi. O‘quvchi berilgan programmani qanchalik tez o‘zlashtirsa, shunchalik tez o‘qishni tugatadi va guvohnoma oladi. Programmani o‘zlashtira olmasa, unga mustaqil ishlab, o`qishni davom ettirishga imkoniyat beriladi.
Ushbu uslubning ko‘plab afzallik tomonlari borligi ko‘pchilikka ayon. Barcha oliy o‘quv yurtlarida masofadan o‘qitish texnika va texnologiyasini amalga oshirish borasida qator ishlar olib borilmoqda. Axborot texnologiyalarni rivojlanishi masofadan o‘qitishni tashkil etishga yangicha yondashuvni taqozo etadi. Masofadan o‘qitishni tashkil etishni hozirgi zamon modellarining asosida kommunikatsiya va tarmoq texnologiyalari yotadi.
Masofaviy o'qitish asosida ta'lim berish uchun o‘qish istagida bo‘lgan aholining muayyan qismini ta'lim muassasasi joylashgan yerga yig‘ish shart emas. Ikkinchidan, tinglovchi yoki o‘quvchi tomonidan ortiqcha sarf-harajat qilish zarurati bo‘lmaydi. Uchinchidan, bu ta'lim turiga jalb qilinuvchilarning yosh cheklanishlarini istisno qilish mumkin.


Download 56,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish