Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/71
Sana31.12.2021
Hajmi1,3 Mb.
#221253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Qadimgi  Misr.  Qadimgi  Misr  siyosiy  hayotida  diplomatiya  muhim  rol 
o’ynaganligi  giksoslar  va  Yangi  podsholik  davriga  oid  yozma  manbalarda  o’z 
tasdig’ini topgan. 
 Miloddan  avvalgi  XIV  asrga  oid  Al-Amarna  arxivi  –  tarixiy  matnlarning 
noyob  majmuasidir.  Al-Amarna  arxivining  deyarli  barcha  sopol  lavhalarida 
diplomatik tusdagi xatlar qayd etilgan. Ushbu xatlar Amenxotep III va Amenxotep 
IV saroyiga Bobil, Mitanni, Ossuriya, Xettlar podsholigi,  Arsava  mamlakati, Kipr 
oroli,  hamda  Misr  tomonidan  bo’ysundirilgan  Falastin,  Suriya,  Finikiya  shahar- 
davlatlari  hukmdorlaridan  yetib  kelgan.  Ushbu  tarixiy  hujjatlar  bu  davrda  Misr 
Yaqin  Sharqning  eng  qudratli  davlatlaridan  biri  bo’lganligi  tasdiqlaydi. 
Amenxotep  III  (mil.  avv.  1455–1424)  davrida  faqatgina  Mitanni  va  kassitlar 
Bobiligina  Misr  bilan  raqobatlasha  olgan.  Amenxotep  IV  (mil.  avv.  1455–1424) 
hukmronligi davrida esa Kichik Osiyoda  Xett podsholigi anchagina kuchaygan  va 
yirik davlatlar uchun jiddiy raqobatchiga aylangan. 
Suriya,  Finikiya,  Falastin  hududlari  Misr  va  Xett  o’rtasida  raqobat 
maydoniga  aylangan.  Bu  yerlar  Misr  tasarrufida  bo’lgan  davrda  “Fir’avn 
maktublar  uyi”  nomli  maxsus  muassasasi  tomonidan  boshqarilgan.  Fir’avnning 
eng ishonchli maslahatchisi unga rahbarlik qilgan. 
 Misrliklar,  odatda,  zabt  etilgan  viloyatlarining  an’anaviy  siyosiy  tuzilishini 
o’zgartirmaganlar.  Misrga  qaram  bo’lgan  Falastin  va  Suriya  hukmdorlari 
o’rtasidagi  yozishmalarda  murojaat  qilishning  ma’lum  qoidalariga  rioya  qilingan. 
Teng huquqli va do’stona munosabatlarda bo’lgan podsholar bir-birlarini “birodar” 
deb,  qudrat  jihatdan  ustunroq  yoki  yoshi  kattaroq  hukmdorga  “ota”  deb  murojaat 
qilganlar  va  o’zlarini  “o’g’il”  deya  ataganlar.  Qaram  hokimlar  yuborgan  xatlarda 
fir’avnni  “hukmdor”,  “sulton”,  “janob”,  o’zlarini  “qul”,  “qarol”  deb  nomlash  urf 
bo’lgan. Qaram davlatlar hukmdorlari taxtga o’tirish chog’ida hamda Misrda yangi 
hukmdorning hukmronligi boshlanganda maxsus tartib bo’yicha sodiqlik qasamini 
ichishi lozim edi. Garovga olish mahalliy hokimlarni itoatkorlik holatida saqlashda 
va  bo’ysundirilgan  yerlarda  Misrning  ta’sirini  mustahkamlashda  muhim  vosita 
bo’lib xizmat qilgan. 



Al-Amarna  arxivida  saqlangan  xatlarning  aksariyatini  Misrga  maxsus 
elchilar  va  choparlar  yetkazganlar.  Elchilar  va  choparlarni  ikki  toifaga  bo’lish 
mumkin: 
1.  Alohida  ishonchga  ega  bo’lgan  shaxslar  (ular  orqali  fir’avnlarning 
mustaqil davlatlar podsholari bilan munosabatlari ta’minlangan). 
2.  Mansabdor  xizmatchilar  (ular  orqali  Falastin,  Suriya  va  Finikiyada 
joylashgan  ko’plab  shahar-davlatlarining  hokimlari  bilan  aloqalari  amalga 
oshirilgan). 
Fir’avnning  har  bir  elchisi  o’zi  yuboriladigan  mamlakatnining  urf-odatlari, 
madaniyati,  yo’llari  va  geografik  xususiyatlarini  yaxshi  bilishi  shart  bo’lgan. 
Undan mohir diplomat bo’lish bilan birga kuchli jangchi bo’lishi ham talab etilgan. 
Elchilarning  aksariyati  o’zlari  yuboriladigan  mamlakatning  tilini  ham  yaxshi 
bilganlar, aks holda ularga tarjimon hamrohlik qilgan. 
Elchilarning  shaxsiy  daxlsizligi,  diplomatik  immuniteti  huquqiy  jihatdan 
kafolatlanmagan  bo’lib,  u  yoki  bu  podshoning  huzuriga  yetib  kelgan  elchining 
taqdiri hukmdorning to’la ixtiyorida bo’lgan. 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish