Mahalliy davlat hokimiyati organlarining favqulodda vaziyatlardan
muhofaza kdlish sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilish
sohasida:
favqulodda vaziyatlar chogida aholini va hududlarni muhofaza kilish bo’yicha
harakatlar rejasini ishlab chikadilar;
aholining va hududlarning muhofazalanishiga oid ahborotlar belgilangan
tartibda tuplanishi va almashinilishini, shuningdek favqulodda vaziyatlar tahdidi
borligi yoki ruy berganligi tugrisidagi ahrli uz vaqtida vokif va xabardor etilishini
amalga oshiradilar;
moddiy va moliyaviy resurslar rezervlarini yaratadilar, favqulodda
vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tadbirlarini, moliyalashni amalga
oshiradilar;
idoraviy mansubligidan kat’i nazar, korxona, muassasa va tashkilotlarning
favqulodda vaziyatlarda barkaror ishlash imkoniyatini oshirishga yordamlashadilar;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo’yicha
korxona, muassasa va tashkilotlar kuchlari va vositalarining shay holda turishi
ustidan nazoratni amalga oshiradilar;
95
avariya, halokat, tabiiy ofatlar sodir bo’lgan zonalarda kutkaruv ishlari va
kechiktirib bulmaydigan boshka ishlarni amalga oshirish uchun avariya-kutkaruv
kuchlari (shu jumladan tezkor harakat bulinmalari) va maxsus tuzilmalarning doimo
shay bulib turishini tashkil etadilar;
avariya-kutkaruv ishlari va kechiktirib bulmaydigan boshka ishlarni tashkil
etadilar hamda amalga oshiradilar, shuningdek bunday ishlar o’tkazilishi chogida
jamoat tartibi saklanishiga kumaklashadilar;
Qonun hujjatlariga muvofik boshka vakolatlarni amalga oshiradilar.
Korxonalar, muassasalar va tashkil otlarning favqulodda vaziyatlardan
muhofaza kilish sohasidagi majburiyatlari
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar favqulodda vaziyatlardan muhofaza
kilish sohasida:
hodimlar hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy ob`ektlarni favqulodda
vaziyatlardan muhofaza kilish bo’yicha zarur choralarni rejalashtirishlari,
moliyalashlari va amalga oshirishlari;
xavf manbai yuqori bo’lgan ob`ektlar xavfsizligi tugrisida belgilangan tartibda
deklaratsiya takdim etishlari;
hodimlarni favqulodda vaziyatlar sharoitida harbiylashtirilmagan tuzilmalar
tarkibida muhrfazalanish usullariga va harakat kilishga urgatishlari;
xabar berish mahalliy tizimlarini yaratishlari va doimo shay holatda saklab
turishlari hamda favqulodda vaziyatlar tahdidi borligi yoki ruy berganligi tugrisida
hodimlarni uz vaqtida xabardor kil ishlari;
favqulodda vaziyatlar sharoitida ob`ektlar ishi hamda hodimlar haet faoliyati
barkaror kechishini ta`minlashlari;
muhandislik-himoya inshootlari, zaruratga karab, oldindan barpo etilishini
ta`minlashlari hamda ularni doimo shay holatda saklab turishlari;
favqulodda vaziyatlar ruy berish ehtimolini nazarda tutib, belgilangan tartibda
moddiy va moliyaviy resurslar rezervlarini yaratishlari;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish kuchlari va
vositalari yaratilishini, tayyorgarlikdan o’tkazilishini hamda shay bulib turishini
ta`minlashlari;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish rejalariga
muvofik. uz tasarrufidagi ob`ektlarda avariya-kutkaruv ishlari o’tkazilishini ta`-
minlashlari;
belgilangan tartibda ihtisoslashgan xizmatlar va tuzilmalarni yaratishlari, ularni
shaxsiy tarkib, texnika va anjom bilan tuldirishlari;
belgilangan tartibda evakuatsiyaga oid tadbirlarni o’tkazishlari va odamlarni
joylashtirish uchun oldindan bazalar tayyorlab kuyishlari;
belgilangan tartibda favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilish sohasida
ahborotlar takdim etishlari shart.
Fuqarolar uzini uzi boshqarish organlarining favqulodda vaziyatlarning
oldini olish va ularni bartaraf etishdagi ishtiroki
Fuqarolarning uzini uzi boshkarish organlari: aholi punktlari, suv ta`minoti
manbalari, ijtimoiy va madaniy ob’ektlarning sanitariya va ekologik holati ustidan
nazorat amalga oshirilishiga yordam beradilar;
96
fuqarolarni favqulodda vaziyatlar okibatlarini bartaraf etishga jalb kiladilar;
qonun hujjatlariga muvofik boshka choralarni amalga oshiradilar.
Jamoat birlashmalarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni
bartaraf etishdagi ishtiroki
Jamoat birlashmalari favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf
etishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etishlari mumkin.
Jamoat birlashmalari favqulodda vaziyatlar manbalari va ularni bartaraf etish
choralari tugrisida davlat hokimiyat va boshkaruv organlaridan, korxonalar,
muassasalar va tashkilotlardan belgilangan tartibda ahborot olish huquqiga ega.
Favqulodda vaziyatlar monitoringi va ularni oldindan bashorat kilish
Favqulodda vaziyatlar monitoringi va ularni oldindan bashorat kilish tabiiy
ofatlarni, texnogen avariyalar va halokatlarni tekshirish va nazorat kilish maxsus
xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Favqulodda vaziyatlar monitoringini o’tkazish va ularni oldindan bashorat
kilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Fuqarolarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilish sohasidagi
huquqlari
Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega:
favqulodda vaziyat ruy berganda hayotlari, sogliklari va shaxsiy mol-mulklari
muhofazalanishi;
umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan, mahalliy hokimiyat
organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarda.
aholini muhofaza kilish uchun muljallangan boshka mol-mulkidan foydalanish;
mamlakat hududining muayyan joylarida bo’lganda ular duch kelishi mumkin
bo’lgan xavf-hatar darajasi tugrisida hamda zarur xavfsizlik choralari hakida
xabardor bulish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilish masalalari
yuzasidan davlat hokimiyati va boshkaruv organlariga murojaat etish;
favqulodda vaziyatlar rui bergan zonalarda ishlaganligi uchun bepul tibbiy
xizmat, kompensatsiyalar va boshka imtiyozlar olish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish mobaynida majburiyatlarini bajarish
chogida sogligiga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiyalar hamda imtiyozlar olish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan : muhofaza k.ilish
majburiyatlarini bajarish chogida orttirgan kasallygi munosabati bilan mehnat
kobiliyatini yukotganda, nogironligi mehnatda mayib bulish okibatida kelib chikkan
hodimlarga belgilangan tartibda pensiya olish;
bokuvchisini aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilish
majburiyatlarini bajarish chogida orttirgan mayiblik yoki kasallikdan halok
bo’lganligi yoki vafot etganligi munosabati bilan yukrtganda, mehnatda mayib bulish
tufayli halok bo’lgan shahsning sila a`zolari uchun belgilangan tartibda pensiya olish.
Davlat ijtimoiy sugurtasi tartibi va shartlari, kompensatsiyalar va imtiyozlar
turlari va mikdorlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Fuqarolarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilish sohasidagi
majburiyatlari
Fuqarolar:
97
xavfsizlik choralariga rioya etishlari, ishlab chiqarish va tehnologiya intizomi,
ekologik xavfsizlik talablari favqulodda vaziyatlar ruy berishiga olmb kelishi
mumkin bo’lgan tarzda tuzilishiga yul kuymasliklari;
muhofazalanishning asosiy usullarini, jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam
kursatish yo`llarini urganishlari hamda uz bilim va amaliy kunikmalarini
takomillashtirishlari;
favqulodda vaziyatlar ruy berishiga olib kelishi mumkin bo’lgan avariyalar,
ofatlar va halokatlar tahdididan darak beruvchi alomatlar borligi tugrisida tegishli
organlarga xabar berishlari;
favqulodda vaziyatlar tahdid solgan va boshlangan sharoitlarda ogohlantirish
belgilarini, yurish-turish koidalari va harakat kilish tartibini, umumiy va yakka
muhofazalanish vositalaridan foydalanish usullarini bilishlari;
zarurat bo’lganda avariya-kutkaruv ishlari va kechiktirib bulmaydigan boshka
ishlarni o’tkazishda yordamlashishlari shart.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bulmagan shahslarning favqulodda
vaziyatlardan muhofaza kilish sohasidagi huquq va majburiyatlari
O`zbekiston Respublikasi hududida chet el davlatlarining fuqarolari va
fuqaroligi bulmagan shahslar favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilish sohasida
O`zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega buladilar va
majburiyatlarni bajaradilar.
Aholini va mutaxasislarni favqulodda vaziyatlarda harakat kilishga
tayyorlash
Umumta`lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari hamda oliy
o’quv yurtlarida, ishlab chiqarish va turar joylarda aholini favqulodda vaziyatlarda
harakat kilishga urgatish umumiy va majburiydir.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat kilish
davlat tizimi rahbarlari va mutaxasislarini tayyorlash va kayta tayyorlash urta
maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari va oliy o’quv yurtlarida, malaka oshirish
muassasalarida, kurslarda, maxsus o’quv-uslubiyat markazlarida va ish joyida amalga
oshiriladi.
Aholini va mutaxasislarni favqulodda vaziyatlarda harakat kilishga tayyorlash
tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilish sohasidagi bilimlarni targib
etish
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilish sohasidagi
bilimlarni targ’ib etish davlat organlari, shuningdek odamlarni muhofaza kilish va
kutkarish borasidagi tegishli jamoat birlashmatari tomonidan ta`minlanadi.
Bilimlarni targ’ib etish uchun ommaviy axborot vositalaridan foydalanish
mumkin.
8. «Vatanparvar» mudofaaga ko’maklashuvchi tashkiloti. Bularning tarkibida
Respublikamiz bo’yicha «Najodkor», (RQQM) — Respublika qidiruv-qutqaruv
markazi hamda (SkHT) — Suvdan kutkarish xizmati tizimlari tuzilgan bo`lib,
Respublikamiz mikyosida buladigan har qanday FVda fuqarolarni kutkarish
vazifalarini bajaradilar.
98
FVDTning mablag’i quyidagilardan tarkib topgan: Davlat byudjetlari,
Mahalliy byudjet, Vazirlik va uning buginlari, Muassasa va tashkilotlarning shaxsiy
mablaglari, «kizil koj» va «kizil yarim oy» jamiyatining birlamchi zahiralari
hisobidan va boshkalardan.
Nazorat
1.
Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning kelib chiqishiga asosan
nima sabab bo’ladi?
2.
Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar qanday turlarga ajratiladi?
3.
Fuqaro mahofazasining qanday vazifalari bor?
4.
FVDT ni qanday tashkil etilgan?
5.
FVDTda qaysi tashkilotning qanday vazifalari bor?
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil
27 oktyabrdagi “Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi
favqulodda vaziyatlarning tasnifi to`g’risida”gi 455-son
qarorining mohiyati
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktyabrdagi
455-sonli «Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi
to`g’risida»gi qarorida mamlakatimiz hududida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan
barcha favqulodda vaziyatlar kelib chiqish xarakteriga va o`lchamlariga ko`ra
tasniflab berilgan.
Quyida qaror keltirilgan:
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
TEXNOGEN, TABIIY VA EKOLOGIK TUSDAGI FAVQULODDA
VAZIYATLARNING TASNIFI TO`G’RISIDA
Aholi va hududlarni tabiiy va Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan
muhofaza qilish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror
qiladi:
Texnogen,
tabiiy
va
ekologik
tusdagi
favqulodda
vaziyatlarning
tasnifi
ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O`. SULTONOV
Toshkent sh.,
1998 yil 27 oktyabr’,
455-son
Vazirlar Mahkamasining 1998 yil
27 oktyabrdagi 455-son
qaroriga
ILOVA
Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning
99
TASNIFI
Favqulodda vaziyatlar
*
ularning vujudga kelish sabablariga (manbalariga)
ko`ra tasnif qilinadi va ular ushbu vaziyatlarda zarar ko`rgan odamlar soniga, moddiy
zararlar miqdoriga va ko`lamlariga (hududlar chegaralariga
**
) qarab lokal, mahalliy,
respublika va transchegara turlariga bo`linadi.
* Favqulodda vaziyat — bu muayyan hududda o`zidan so`ng odamlarning
qurbon bo`lishi, odamlar sog’lig’i yoki atrof-muhitga ziyon yetkazishi, kishilarning
hayot faoliyatiga kattagina moddiy zarar hamda uning buzilishiga olib kelishi
mumkin bo`lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, stihiyali ofat, epidemiyalar,
epizootiyalar natijasida yuzaga kelgan holatdir.
** Favqulodda vaziyatlar — hududlar chegaralari, ularni bartaraf etish ishlari,
rahbarlari tomonidan Favqulodda vaziyatlar oqibatlari (shikastlovchi omillar)
tarqalishiga qarab belgilanadi.
I. TEXNOGEN TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLAR
1. Transport avariyalari va halokatlari:
ekipaj a`zolari va yo`lovchilarning o`limiga, havo kemalarining to`liq
parchalanishiga yoki qattiq shikastlanishiga hamda qidiruv va avariya-qidiruv
ishlarini talab qiladigan aviahalokatlar;
yong’inga, portlashga, harakatlanuvchi tarkibning buzilishiga sabab bo`lgan
va temiryo`l hodimlarining, halokat hududidagi temiryo`l platformalarida, vokzallar
binolarida va shahar imoratlarida bo`lgan odamlar o`limiga, shuningdek tashilayotgan
kuchli ta`sir ko`rsatuvchi zaharli modda (KTKZM)lar bilan halokat joyiga tutash
hududning zaharlanishiga olib kelgan temiryo`l transportidagi halokatlar va
avariyalar (ag’darilishlar);
portlashlarga,
yong’inlarga, transport vositalarining parchalanishiga,
tashilayotgan KTKZMlarning zararli hossalari namoyon bo`lishiga va odamlar o`limi
(jarohatlanishi,
zaharlanishi)ga
sabab
bo`ladigan
avtomobil’ transportining
halokati va avariyalari, shu jumladan, yo`l-transport hodisalari;
odamlarning o`limiga, shikastlanishiga va zaharlanishiga, metropoliten
poezdlari parchalanishiga olib kelgan metropoliten bekatlaridagi va tunellaridagi
halokatlar, avariyalar, yong’inlar;
gaz, neft’ va neft’ mahsulotlarining (avariya holatida) otilib chiqishiga, ochiq
neft’ va gaz favvoralarining yonib ketishiga sabab bo`ladigan magistral
quvurlardagi avariyalar.
2. Kimyoviy xavfli ob`ektlardagi avariyalar:
atrof-tabiiy muhitga kuchli ta`sir qiluvchi zaharli moddalarning (avariya
holatida) otilib chiqishiga va shikastlovchi omillarning odamlar, hayvonlar va
o`simliklarning ko`plab shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo`lgan yoki olib
kelgan darajada, yo`l qo`yiladigan chegaraviy kontsentratsiyalardan ancha ortiq
miqdorda sanitariya-himoya hududidan chetga chiqishiga sabab bo`ladigan kimyoviy
xavfli ob`ektlardagi avariyalar, yong’in va portlashlar.
3. Yong’in-portlash xavfi mavjud bo`lgan ob`ektlardagi avariyalar:
Texnologik jarayonda portlaydigan, oson yonib ketadigan hamda boshqa
yong’in uchun xavfli moddalar va materiallar ishlatiladigan yoki saqlanadigan
ob`ektlardagi, odamlarning mehaniq va termik shikastlanishlariga, zaharlanishiga va
100
o`limiga, asosiy ishlab chiqarish fondlarining nobud bo`lishiga, Favqulodda
vaziyatlar hududlarida ishlab chiqarish tsiklining va odamlar hayot faoliyatining
buzilishiga olib keladigan avariyalar, yong’inlar va portlashlar;
odamlarning shikastlanishiga, zaharlanishiga va o`limiga olib kelgan hamda
qidirish-qutqarish ishlarini o`tkazishni, nafas olish organlarini muhofaza qilishning
maxsus anjomlarini va vositalarini qo`llanishni talab qiluvchi ko`mir shahtalaridagi
va kon-ruda sanoatidagi gaz va chang portlashi bilan bog’liq avariyalar,
yong’inlar va jinslar qo`porilishi.
4. energetika va kommunal tizimlardagi avariyalar:
sanoat va qishloq ho`jaligi mas`ul iste`molchilarining avariya tufayli energiya
ta`minotisiz qolishiga hamda aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib kelgan GES,
GRES, TETSlardagi, tuman issiqlik markazlaridagi, elektr tarmoqlaridagi,
bug’qozon qurilmalaridagi, kompressor va gaz taqsimlash shohobchalaridagi va
boshqa energiya ta`minoti ob`ektlaridagi avariyalar va yong’inlar;
aholi hayot faoliyatining buzilishiga va salomatligiga xavf tug’ilishiga olib
kelgan gaz quvurlaridagi, suv chiqarish inshootlaridagi, suv quvurlaridagi,
kanalizatsiya va boshqa kommunal ob`ektlardagi avariyalar;
atmosfera, tuproq, osti va usti suvlarining odamlar salomatligiga xavf
tug’diruvchi darajada kontsentratsiyadagi zararli moddalar bilan ifloslanishiga sabab
bo`lgan gaz
tozalash
qurilmalaridagi,
biologik
va
boshqa
tozalash
inshootlaridagi avariyalar.
5. Odamlar o`limi bilan bog’liq bo`lgan va zudlik bilan avariya-qutqaruv
ishlari o`tkazilishini hamda zarar ko`rganlarga shoshilinch tibbiy yordam
ko`rsatilishini talab qiladigan maktablar, kasalxonalar, kinoteatrlar va boshqa ijtimoiy
yo`nalishdagi ob`ektlar, shuningdek uy-joy sektori binolari konstruktsiyalarining
to`satdan buzilishi, yong’inlar, gaz portlashi va boshqa hodisalar.
6. Radioaktiv va boshqa xavfli hamda ekologik jihatdan zararli
moddalardan foydalanish yoki ularni saqlash bilan bog’liq avariyalar:
sanitariya - himoya hududi tashqarisiga chiqarib tashlanishi natijasida paydo
bo`lgan yuqori darajadagi radioaktivlik odamlarning yo`l qo`yiladigandan ko`p
miqdorda nurlanishini keltirib chiqargan Texnologik jarayonda radioaktiv
moddalardan foydalanadigan ob`ektlardagi avariyalar; radioaktiv materiallarni
tashish vaqtidagi avariyalar;
atrof-muhit va odamlar salomatligi uchun xavf tug’diruvchi radioaktiv
chiqindilar to`plagichlardagi, chiqindixonalardagi, ishlam to`plagichlardagi va
zaharli moddalar ko`miladigan joylardagi avariyalar (o`pirilishlar);
radioizotop buyumlarning yo`qotilishi;
biologik vositalarni va ulardan olinadigan preparatlarni tayyorlash, saqlash va
tashishni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalarda biologik
vositalarning atrof-muhitga chiqib
ketishi yoki yo`qotilishi
bilan
bog’liq
vaziyatlar.
7. Gidrotexnik halokatlar va avariyalar:
suv omborlarida, daryo va kanallardagi buzilishlar, baland tog’lardagi
ko`llardan suv urib ketishi natijasida vujudga kelgan hamda suv bosgan hududlarda
odamlar o`limiga, sanoat va qishloq ho`jaligi ob`ektlari ishining, aholi hayot
101
faoliyatining buzilishiga olib kelgan va shoshilinch ko`chirish tadbirlarini talab
qiladigan halokatli suv bosishlari.
II. TABIIY TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLAR
1. Geologik xavfli hodisalar:
odamlar o`limiga, ma`muriy-ishlab chiqarish binolarining, Texnologik asbob-
uskunalarning, energiya ta`minoti, transport kommunikatsiyalari va infratuzilma
tizimlarining, ijtimoiy yo`nalishdagi binolarning va uy-joylarning turlicha darajada
buzilishiga, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyatining izdan chiqishiga olib
kelgan zilzilalar;
odamlar o`limiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo`lgan va xavfli
hududdan odamlarni vaqtincha ko`chirishni yoki xavfsiz joylarga doimiy yashash
uchun ko`chirishni talab qiluvchi ko`chishlari, tog’ o`pirilishlari va boshqa xavfli
geologik hodisalar.
2. Gidrometeorologik xavfli hodisalar:
odamlar o`limiga, aholi punktlarini, ba`zi sanoat va qishloq ho`jaligi
ob`ektlarini suv bosishiga, infratuzilmalar va transport kommunikatsiyalari, ishlab
chiqarish va odamlar hayot faoliyati buzilishiga olib kelgan va shoshilinch ko`chirish
tadbirlari o`tkazilishini talab qiladigan suv toshqinlari, suv to`planishi va sellar;
aholi punktlaridagi, sanatoriy, dam olish uylaridagi, sog’lomlashtirish
lagerlaridagi odamlarning, turistlar va sportchilarning jarohatlanishiga va o`limiga
olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo`lgan qor ko`chkilari, kuchli shamollar
(dovullar), jala va boshqa xavfli gidrometeorologik hodisalar.
3. Favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar:
o`lat, vabo, sarg’ayma isitma kabi siyrak uchraydigan kasalliklarni keltirib
chiqargan alohida xavfli infektsiyalar;
odamlarda uchraydigan yuqumli kasalliklar rikketsiyalar — epidemik
toshmali terlama, Bril’ kasalligi, Ku-isitma;
zoonoz infektsiyalar — Sibir’ yarasi, quturish;
virusli infektsiyalar — SPID;
epidemiya — alohida xavfli infektsiyalarga tegishli bo`lmagan, yuqish
manbai bitta yoki yuqish omili bir hil bo`lgan odamlarning guruh bo`lib yuqumli
kasallanishi, bir aholi punktida — 50 kishi va undan ortiq;
aniqlanmagan etiologiya bilan guruh bo`lib kasallanish — 20 kishi va
undan ortiq;
tashhisi aniqlanmagan bezgak kasalligi — 15 kishi va undan ortiq;
o`lim yoki kasallanish darajasi o`rtacha statistik darajadan 3 baravar va
undan ortiq bo`lgan vaziyat;
Do'stlaringiz bilan baham: |