Namangan davlat universiteti tarix kafedrasi


II SEMESTR 8-MAVZU: O’RTA OSIYO SHAHARLARINING PAYDO BO’LISHI VA RIVOJLANISHI



Download 1,46 Mb.
bet22/46
Sana02.04.2022
Hajmi1,46 Mb.
#524403
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46
Bog'liq
2 5327819678427384957

II SEMESTR


8-MAVZU: O’RTA OSIYO SHAHARLARINING PAYDO BO’LISHI VA RIVOJLANISHI
REJA:
1. Shahar tarixiy kategoriya sifatida. Ierarxiya funksiyalari.
2. O’rta asr shaharlarining tarkibiy qismlari. O’rta Osiyo o’rta asr shaharlarini o’rganishda tadqiqotchi-orientalistlarning hissasi.
3. Shaharlarning tarixiy topografiyasini o’rganish uslubiyatiga kirish.
4. O’rta Osiyoda ishlab chiqaruvchi xo’jalik shaklining qaror topishi sivilizatsiya shakllanishining ildizi sifatida. Eneolit davri texnologik o’zgarishlar.

“Urbanizatsiya (fransuzcha – urbanisation, inglizcha – urbanization, lotincha – urbanus – shaharga mansub) – jamiyat hayotida shaharlar rolining ortib borishi; ishlab chiqaruvchi kuchlarning joylashuvi, aholining ijtimoiy, demografik tarkibi, turmush tarzi va madaniyatidagi o’zgarishlar bilan bog’liq. U tarixiy rivojlanish asosida shakllangan jamiyat bosqichlari va hududiy mehnat taqsimoti natijasida sodir bo’lgan ko’p qirrali geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik jarayondir”1.


Urbanizatsiya jarayonlari hozirgi kunda eng global masalalardan biri bo’lib, ko’plab soha vakillarini qiziqishini orttirmoqda va geografiya, aholishunos, sotsiolog, psixolog, faylasuf, tibbiyot, iqtisod, tarix ilmi vakillari tomonidan uning turli xil muammolari o’rganilmoqda. Mazkur jarayonning qachon paydo bo’lganligi haqida turli xil qarashlar mavjud bo’lib, ba’zi bir olimlar urbanizatsiyani dastlabki shaharlar paydo bo’lgan davr bilan, boshqalari esa yevropada boshlangan sanoat inqilobi XVIII–XIX asrlarga bog’laydi. Bu haligacha o’z yechimini topmagan muammolardan bo’lib, ayni paytda turli baxs munozaralarga sabab bo’lmoqda.
Shu o’rinda tarixchi olim prof B. Eshov fikrlarini keltirish o’rinli: “urbanizatsiya jarayoni” deyilganda, turli davrlardagi tarixiy-madaniy bosqichlarda va shart-sharoitlarda turli vazifalarni bajargan shaharlarning paydo bo’lishi va rivojlanish jarayonlari tushuniladi”2.
Darhaqiqat, “urbanizatsiya” – shahar, shaharlashuv ma’nosini berib, uning paydo bo’lishi, dastlabki shaharlarning paydo bo’lishi bilan izohlanadi. U keng qamrovli, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan murakkab jarayon bo’lib, u jamiyat taraqqiyotining tarixiy rivojlanishi asosida yuzaga keldi. Bularning barchasi hududlardagi shart-sharoitga, muhitga va shu kabi juda ko’plab omillarga bog’liq bo’ldi.
yer yuzida aholi manzilgohi sifatida dastlab qishloqlar paydo bo’lgan bo’lsa-da, jamiyat hayotida shaharlarning mavqyei ortib, kishilar mazkur hududlarda gavjumlasha boshlagan. Bu esa urbanizatsiya jarayonlarining yuzaga kelishiga asos bo’ldi. Dunyoda ilk shaharlar qadimgi Sharqda – Mesopotamiya, Misr, Hindiston va Xitoyda tashkil topgan edi.
Jamiyat taraqqiyotida shaharlar shakllanish va rivojlanishning uzoq hamda bosqichma-bosqich tarixiy davrlarini bosib o’tdi. Mazkur hududlardan o’tgan savdo yo’llari, ularning taraqqiyotiga xizmat qildi va aholi gavjumlashib bordi. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, antik davrning yirik shaharlari Rimda 2 million aholi va Iskandariyada 500 ming aholi yashagan edi3.
O’rta Osiyoda Yunon-Baqtriya davlati tanazzulga yuz tutishi bilan hududda bir necha davlatlar tashkil topgan. Ulardan biri esa Farg’ona vodiysi hududida joylashgan Davan davlati bo’lib, uning 70 dan ortiq shaharlari mavjudligi manbalarda keltirilganligi ma’lum. Umuman olganda “Andijon, Quva mil.av. VI-III asrlarda, Axsiket, Pop, O’sh, O’zgan, Koson antik davr boshlarida paydo bo’lib, ilk o’rta asrlarda rivojlanishi davom etgan”4. Mazkur tarixiy shaharlarning aksariyati bugungi kunda ham mavjud holda vodiyning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim o’rin tutadi.
O’rta asrlarga kelib shaharlarda kishilar yanada gavjumlashib bordi. Bu esa shaharlarning yanada yiriklashib borishiga olib keldi. Masalan, Venetsiya yevropaning o’rta asrlardagi eng yirik shaharlaridan biri edi. Undan keyingi o’rinni kattaligi jihatidan Florensiya va Milan egallagan. O’zbekistonda mazkur davrda Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo’qon kabi bir nechta tarixiy shaharlarining nomi dunyoga tanilgan. Ularda qurilgan tarixiy inshootlar shaharlarni savdo, ilm-fan, madaniyat markazlariga aylantirdi. Samarqand, Buxoro shaharlarida bunyod etilgan me’moriy yodgorliklar bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q.
Insoniyat tarixida shaharlarning alohida o’rni bor. Chunki, ushbu hududlardan yetishib chiqqan allomalar va avliyolar xalqning boy ma’naviy merosi hisoblanadi. Bu borada mamlakatdagi Buxoro, Samarqand, Xiva, Toshkent, Termiz, Shahrisabz, Chust kabi bir qator shaharlarni keltirish o’rinli.
O’tmishda shaharlarning rivojlanishi yoki tushkunlikka uchrashi madaniyat (sivilizatsiya), ijtimoiy taraqqiyot bilan yonma-yon turgan. Shuning uchun yurtning tarixi va taqdiri ko’p jixatdan uning shaharlariga ham bog’liq bo’lgan. Shuningdek, shaharlar nafaqat madaniy markazlar balki, siyosiy jihatdan alohida mavqyega ega bo’lgan. Har bir davlat o’zining poytaxti (dorulsaltanati) bilan kuchlidir. Bejiz emaski, xar qanday urushlarning muvaffaqiyati dushmanning shahar va qal’alarni zabt etishida o’z isbotini topgan.
Tarixning o’tgan davri mobaynida shaharlar doimo birdek mavqyeda turmagan. Bir paytlar jahonga mashhur bo’lgan ko’hna kentlar o’zaro urushlar va boshqa sabablarga ko’ra tanazzulga uchragan. XIII asrda mo’g’ullarning o’lkadagi bosqinchilik yurishlari, ko’plab shaharlarni vayronaga aylantirdi. Bu shaharlarning taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatdi.
Mamlakat shaharlari tarixida Amir Temur va temuriylarning alohida o’rni bor. Bu davrga kelib shahar madaniyati qayta tiklandi. Xususan, Samarqand va boshqa dunyoning ko’plab shaharlarida olib borilgan bunyodkorlik qurilish ishlari taxsinga sazovor bo’lib, ularning arxitekturasi mukammal darajaga yetdi. Mirzo Ulug’bek bobosining bunyodkorlik ishlarini davom ettirgan holda, mamlakatda qurilish ishlariga katta ahamiyat berdi. Uning davrida Samarqandda Registon maydoni shakllandi va Buxoro, Samarqand shaharlarini ilm-ma’rifat markaziga aylantirishga harakat qildi. Keyingi asrlarda ham shaharlar taraqqiy etib bordi. Shayboniylar davrida katta hajmlardagi (savdo sotiq bilan bog’liq) qurilish ishlariga alohida e’tibor qaratildi, shaharlar kengaytirildi, ayniqsa, bu borada poytaxt Buxoro shahrini, shaharsozlik tizimi mukammallashtirildi, rivojlantirildi. Xonliklar davriga kelib, shaharlar arxitekturasida baland va mustahkam devorlar, yirik darvozalar qurilgan. Darvozalar mustahkam qurilganligi va ularning ma’lum vaqtda ochilgan hamda berkitilganligi ahamiyatlidir. Shuningdek, shaharlarda joylashgan mahallalarda turli kasb egalari joylashgan. Zargarlar, qog’oz, teri bilan ishlovchilar, duradgorlar, sartaroshlar, kosiblar, naqqoshlar, to’quvchilar kabi o’nlab turdagi hunarmandlar joylashgan mahallalar ustalarning kasbiga qarab nomlangan. Eng muhimi, shaharni ifloslantirish katta gunoh hisoblangan va unga barcha birdek amal qilgan.
Insoniyat tarixining bronza davriga kelib aholi xo’jaligida katta o’zgarishlar yuz bera boshladi. Birinchi navbatda, aholining o’troq dehqonchilikka o’tishi va uni keng vohalar bo’ylab yoyildashi kuzatildi. Sug’orma dehqonchilikning rivojlanishi qo’shimcha mahsulot va xususiy mulkning paydo bo’lishiga olib kelgan bo’lsa, metallllning keng miqyosda ishlatila boshlanishi esa mehnat unumdorligining oshishiga sabab bo’ldi. Hunarmandchilikning rivojlanishi savdo-sotiqning taraqqiy etishi, bu esa o’z navbatida, madaniy aloqalarning rivojlanishiga olib keldi. Bularning barchasi ilk shaharlarning vujudga kelishiga zamin yaratdi.
O’lkamiz hududida dastlabki shahar madaniyatining shakllanishi ham jamiyat taraqqiyotida bo’lgani kabi uzluksiz taraqqiyot yo’lini bosib o’tdi. Ushbu qonuniyatga ko’ra, shaharsozlik madaniyatining shakllanishi uzoq va bosqichma-bosqich taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan. O’zbekistonnning turli hududlarida tadqiqotchilar qadimgi shahar xarobalarini topib tekshirdilar. Ko’p sonli arxeologik topilmalarning guvohlik berishicha, ushbu ko’hna shaharlarning ba’zilarini yoshi 2700–3000 yildan kam emas.
O’rta Osiyo hududida dastlabki shaharsozlik madaniyati mil.avv. II ming yillik, ya’ni bronza davridayoq shakllana boshlagan. Shahar madaniyati O’zbekistonning janubiy mintaqalari, so’ngra esa shimol, ya’ni So’g’d (Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro), Xorazm, Shosh va Farg’ona hududlariga tarqaldi5.
Ilk shaharlar daryo va soy bo’ylarida vujudga kelgan. Mazkur shaharlardagi umumiy ko’rinish ularning ikki qismdan ark hamda shahristondan iborat bo’lganligidir. Arkda ma’lumki, hokim va uning oilasi yashagan bo’lsa, shahristonda esa shahar aholisi istiqomat qilgan. Aholi asosan hunarmandchilik, xususan, metalll eritish va unga ishlov berish, kulolchilik va hokazo bilan shug’ullangan.
Mamlakatimizdagi eng qadimgi shahar Surxon vohasida vujudga kelgan. Hozirgi joylashuv o’rniga ko’ra, Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Sherobod daryosining ko’hna o’zani hisoblangan Bo’stonsoy yoqasida joylashgan edi. Arxeolog Ahmadali Asqarov tomonidan mazkur shahar shahar xarobasi XX asrning 70-yillarida o’rganilgan edi. Ushbu ilk shahar manzilgohi bundan uch ming yil muqaddam bronza davriga oid Jarqo’ton yodgorligi hisoblanib, maydoni 100 gektardan kam emas.
Jarqo’ton ikki qism, ya’ni ark va shahristondan iborat bo’lgan. Shahar arkining umumiy maydoni 3 gektar maydonni tashkil etib, u somon qo’shilgan xom g’ishtdan ishlangan qalin mudofaa devori bilan o’rab olingan. Devorlarining qalinligi 3 metr, balandligi 5–6 metr hisoblangan inshootning mudofaa qudratini oshirish uchun ma’lum masofada kvadrat shaklida burjlar qurilib mustahkamlangan. Janubiy tomonda arkka kirish darvozasi joylashgan, shu yerdan uzun yo’l ketgan. Mazkur yo’l arkning janubiy-g’arbida somonli xom g’ishtdan qurilgan, kvadrat shaklidagi shahar hukmdori saroyiga olib boradi. Shaharning eng baland qismida otashparastlar ibodatxonasi qurilgan6. Arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, jarqo’tonliklar asosan, hunarmandchilik bilan shug’ullangan, bunga ushbu yerdan topilgan metall erituvchi pechlar guvohlik beradi.
Ma’lumki, urbanizatsiya jamiyat taraqqiyotining eng murakkab jarayonlaridan biri hisoblanadi. Ibtidoiy jamoa tuzumidan nisbatan yuqori rivojlangan ijtimoiy tuzumga o’tish davrida paydo bo’lgan urbanizatsiya jadal o’sib borayotgan taraqqiyotni o’zida aks ettirish bilan birga, iqtisodiy rivojlanishni ta’minlovchi ishlab chiqarish tarmoqlari qishloq xo’jaligidan hunarmandchilikning ajralib chiqishi, mahsulot almashinuvi, ixtisoslashgan savdo-sotiqning o’sib borishi, ijtimoiy tuzilma va boshqaruv organlarining shakllanishi, ishlab chiqarishni nazorat qilish va qo’riqlash, jamiyat orasidagi munosabatlarni tartibga solishni ifodalaydi7.
Mamlakatimiz hududida temir davrini o’rtalarida mavjud bo’lgan yerqo’rg’on, Qiziltepa, Afrosiyob, Ko’ktepa, Uzunqir, Ko’zaliqir va Eylaton shaklidagi ilk shaharlarning paydo bo’lishini O’rta Osiyodagi Qadimgi Baqtriya, So’g’diyona, Xorazm davlatlari bilan bog’lash mumkin. Mazkur shaharlar asosan, ikki qismdan iborat bo’lib, mustahkam devorlar bilan o’ralgan. Devorlarning aksariyati xom g’ishtdan bunyod etilib, shahar markazida hokim saroyi ark hamda ibodatxona joylashgan. Shahristonda esa turar-joylar qurilgan, ular asosan, paxsa va xom g’ishtdan qad ko’targan. Bundan ko’rinib turibdiki, ilk shaharlar nafaqat savdo-sotiq, hunarmandchilik markazlari, shu bilan birga muhim strategik ahamiyatga ega, shahar aholisini himoya qilib turgan davlat vazifasini ham bajargan. Bunga shaharlarni o’rab turgan mudofaa devorlari yaqqol misol bo’la oladi.
Arxeolog A. Asqarov so’nggi yillardagi tadqiqotlarni umumlashtirib Jarqo’tonni umumiy maydoni 100 gektardan kam bo’lmagan shahar-davlat sifatida izohlaydi. Uni Mesopotamiyadagi nomlar bilan qiyoslash uchun umumiy belgilar yetarli ekanligini sanaydi. Xususan, Yodgorlikdan sopol buyumlariga bitilgan 47 belgidan iborat yozuvning mavjudligi, ichki bozor uchun mahsulot ishlab chiqargan kulollarning alohida mahallalarining shakllanganshi, qabrlardan topilgan buyumlarning soni va sifati ham mulkiy tabaqalanish nisbatan kuchayganligi bularning barchasi jamiyatning nisbatan yuqori darajada rivojlanganligini ko’rsatadi.
Gerodotning “Tarix” asarida Baqtriya Misr va Bobil kabi yirik davlatlar qatorida tilga olinadi. Yunon tarixchisi Ktesiy qalamiga mansub “Persika” asarining katta bir qismi baqtriyaliklar tarixiga bag’ishlangan. Ktesiy Ossuriya podshosi Ninning Baqtriyaga qilgan yurishlari, uning poytaxti va ko’p sonli mustahkam istehkom hamda shaharlari haqida ma’lumotlar berib, jumladan shunday yozadi: “Baqtriyadagi ko’pdan-ko’p shaharlar orasida Baqtra nomli mashhur bir shahar bo’lgan. Ushbu shahar mamlakatning markazi bo’lib, ko’p shaharlar o’rtasida, baland va mustahkam mudofaa devorlari bilan o’ralgan, unda podsho qal’asi joylashgan”8. Arxeologik ma’lumotlardan ma’lumki, miloddan avvalgi VII–VI asrlarda Baqtriyada shaharlar shakllanib bo’lgan edi. Baqtriya va Qiziltepa kabi ko’hna shaharlar mustahkam himoya devorlari bilan o’rab olinadiki, ular ushbu hududlarda davlatchilik rivojlanishining asosi bo’lib xizmat qilgan edi.
Mamlakatimiz hududida shaharlar paydo bo’lishining keyingi bosqichi ilk temir davrining dastlabki, o’rta va so’nggi davrlariga oiddir. Ularning qadimiylari Qashqadaryo vohasi (Janubiy So’g’d)dagi ko’hna shaharlar kiradi. yerqo’rg’on yodgorligi mil.avv. VII–VI asrlarda ko’hna shahar jadallik bilan o’zlashtirilgan. Shahar 2 qator mustahkam devor bilan o’rab olinib, tashqi devorining hududi 150, ichki devorining hududi esa 40 gektarga yaqin bo’lgan9.
Ilk temir davrining yirik yodgorliklaridan biri Surxondaryo viloyati Sho’rchi tumanida joylashgan Qiziltepa manzilgohidir. Ma’lumotlarga ko’ra, mil.avv. VIII–VI asrlarda Qiziltepa hududlaridagi yirik mustahkam markaz o’rnida maydoni 22 gektarga teng bo’lgan shahar mavjud bo’lganligini ko’rsatadi. Shahar qal’asi mustahkam devorlar bilan o’rab olingan bo’lib, mudofaa maqsadida bunyod etilgan. Uning hokimi butun Surxon havzasi hududlarini boshqargan10.
Sharqiy Qashqadaryo hududlaridan so’nggi yillarda mil.avv. I ming yillikning birinchi yarmi va o’rtalariga oid shaharsozlik madaniyati shakllangan. Hududdagi Uzunqir ko’hna shahar mil.avv. I ming yillik boshlarida paydo bo’lgan. Miloddan avvalgi VII asrga kelib esa manzilgoh mustahkam devor bilan o’rab olingan11.
Ilk temir davriga kelib So’g’diyonaning Hisor tog’ oldi tizmalari, Qashqadaryoning yuqori oqimi va Qarshi vohasida shaharsozlik madaniyati uzluksiz taraqqiy etib borgan.
Afrosiyob – qadim Samarqand ko’hna shahri bo’lib, hozirgi Samarqandning shimoliy qismida tepaliklar ko’rinishida joylashgan va 220 ga maydonni egallagan edi. Ko’hna shaharni o’rab turgan qal’a devori mil.avv. VII–VI asrlarda bunyod etilgan. Shaharning bir qismini mustahkam qo’rg’on, boshqa bir qismlarini esa qal’a devorlari bilan o’ralgan saroy majmui, savdo-hunarmandchilik mahallalari tashkil etadi. Bularning barchasi So’g’diyona davlatchiligida Afrosiyob muhim ahamiyatga ega bo’lganligidan dalolat beradi12 .
Ko’ktepa – So’g’diyonaning ilk temir davriga oid qadimgi va Afrosiyob kabi yirik shaharlaridan biri bo’lib, mazkur yodgorlik hozirgi Samarqand viloyati Payariq tumanida joylashgan. Maydoni 100 gektardan ziyod. Bu yerda to’g’ri burchakli xom g’ishtdan qurilgan hokim qarorgohi mavjud bo’lgan. Ushbu majmuaning bunyod etilishi mil.avv. VII asrning boshlari bilan belgilanadi13.



Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish