Namangan davlat universiteti tarix kafedrasi



Download 1,46 Mb.
bet26/30
Sana26.02.2022
Hajmi1,46 Mb.
#468147
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
Ma\'ruza

Qo’shimcha materiallar:
Hali istiqlolga erishilmagan va ozodlik uchun kurash davom etayotgan 1991 yil yozidayoq Islom Karimov aniq, qat'iy ishonch bilan, «Chet ellar bilan o‘zimiz bevosita aloqada bo‘lamiz va munosabatlar o‘rnatamiz. O‘zbekiston kelajakda teng huquqli va suveren davlat sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo‘ladigan kun kelishiga aminman. Bu – bizning qonuniy huquqimizdir, bu – xalqaro qonunlarga asoslangan davrning talabidir, jafokash o‘zbek xalqining hamda respublikamizda yashovchi barcha erksevar fuqarolarning istagidir», degan edi (343- bet).
O‘zbekiston Respublikasi 1992 yilning 2 martida Birlashgan Millatlar Tashkilotining haqiqiy a'zosiga aylanib, barcha xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub'ektiga ham aylandi. Tezda qator xalqaro tashkilotlarga kirdi, xalqaro konvensiya va bitimlarga qo‘shildi. Xalqaro siyosiy hamda iqtisodiy munosabatlarda nihoyatda katta ahamiyatni kasb etuvchi yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik bo‘yicha Xelsinki shartnomasini imzoladi.
Xalqaro Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga, yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga, Xalqaro Valyuta Fondiga, Xalqaro qayta tiklash va taraqqiyot bankiga, Xalqaro mehnat tashkilotiga, Jahon sog‘liqni saqlash va boshqa tashkilotlarga teng huquqli a'zo bo‘ldi. O‘zbekiston o‘z taraqqiyot modeli besh tamoyilining birinchisidan kelib chiqqan holda, o‘zining tashqi iqtisodiy aloqalarni siyosiy va mafkuraviy maqsadlarga mutlaqo bo‘ysundirmadi.
U o‘zi a'zo bo‘lib kirgan bunday tashkilotlardan birortasida iqtisodiy va madaniy aloqalar siyosiy hamda mafkuraviy masalalar bilan chalkashtirila boshlangudek bo‘lsa yoki uning tashqi siyosatda amal qiladigan eng asosiy prinsiplariga tahdid tug‘dirgudek bo‘lsa, qanchalik foyda keltirmasin O‘zbekiston bunday tashkilotni tezlik bilan tark etdi. Bunga misol tariqasida, MDH doirasidagi ba'zi milliy manfaatlarimizga xilof bo‘lgan tashkilotlardan, GUUAM singari mintaqaviy, regional birlashmalardan O‘zbekistonimizning chiqib ketganini eslash kifoya. Chunki, Ota yurtimiz, Ona Vatanimiz – O‘zbekistonning o‘z milliy manfaatlariga asoslangan o‘ziga xos va o‘ziga mos taraqqiyot yo‘li mavjudligini, ushbu ulug‘, shu bilan birga o‘ta murakkab yo‘ldan sirayam og‘ishmay olg‘a harakat qilayotganligini butun dunyo hamjamiyati yaqqol ko‘rib, juda yaxshi bilib turibdi.
Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida milliy istiqlolning eng ilk yillaridan boshlab, izchillik bilan amalga oshirilgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan davom ettirilayotgan mamlakatimizning tinchlikparvar siyosati barcha ezgu maqsad hamda vazifalarga to‘la-to‘kis mos keladi. Xususan, 1993 yilda Islom Karimov olg‘a surgan Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hududni barpo etish tashabbusiyam BMTga a'zo mamlakatlar, Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik va yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti singari xalqaro institutlar tomonidan to‘la-to‘kis qo‘llab-quvvatlandi. 2014 yilning 6 mayi kunida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida asl, tom ma'nodagi tarixiy voqyea yuz berdi – mazkur tashkilot tuzilganidan buyon birinchi marotaba besh yadroviy davlat – AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy hamda Rossiya yakdillik bilan va bir paytning o‘zida muhim xalqaro hujjatni – Markaziy Osiyoda ham yadro qurolidan xoli zona barpo etish to‘g‘risidagi Shartnomaga Xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi Protokolni imzolagan edilar.
Birinchi Prezidentimizning Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘llar bilan hal qilish, Orol muammosini tezroq bartaraf etish, xalqaro terrorizm, separatizm (ayirmachilik), narkotik moddalar va qurol-yarog‘larning noqonuniy savdosiga qarshi keskin ravishda kurashish borasidagi taklif va tashabbuslari nafaqat mintaqa, balki global miqyosda ham g‘oyat muhim masalalar sifatida e'tirof etilgan edi. 1993 yildayoq, ya'ni BMT Bosh Assambleyasining 48- sessiyasida Islom Karimov butun jahon hamjamiyatini Afg‘oniston muammosini hal etishda faol ko‘maklashishga chaqirib, tom ma'noda bong urgan edi. 1995 yili BMT Bosh Assambleyasining 50- sessiyasida O‘zbekiston Afg‘onistonga qurol-yarog‘ kiritilishiga qarshi xalqaro embargoni qo‘yish g‘oyasi bilan chiqib, ushbu mamlakatda umummilliy murosaga erishilishi uchun koalitsion hukumat tuzish modelini taklif etdi. 1997 yili mamlakatimizning rahbariyati tashabbusi bilan BMTning shafeligida «6+2» shaklidagi muloqot guruhi ham faoliyat ko‘rsata boshladi. Buning sharofati bilan bo‘lsa 1999 yil 21 iyulida «Afg‘onistondagi mojaroni tinchlik yo‘li bilan bartaraf etish tamoyillari to‘g‘risida»gi Toshkent deklaratsiyasi imzolandi. 2001 yili Birinchi Prezidentimiz BMT Bosh kotibiga yo‘llagan murojaatida Afg‘onistonni demilitarizatsiya qilishdek o‘ta muhim masalani BMT Xavfsizlik Kengashi kun tartibiga qo‘yish taklifini ilgari surdi. Islom Karimov 2008 yilda NATO/SeAP tashkiloti Buxarest sammitida Afg‘oniston Islom Respublikasidagi mojaroni birgalikda siyosiy yo‘l bilan hal etish, ushbu mamlakatdagi ixtilof salohiyatining darajasini pasaytirish, unga muvofiqlashtirilgan iqtisodiy yordam ko‘rsatilishi niyatida Muloqot guruhi faoliyatini «6+3» shaklida qaytadan boshlashni taklif etgandi. Mazkur muloqot guruhi tarkibida ko‘rsatilgan davlatlar esa Afg‘oniston atrofidagi voqyealarning rivojlanishi jarayonida, butun dunyoga daxldor, afg‘on inqirozini hal etish yo‘llarini qidirish borasidagi xalqaro sa'y-harakatlarga eng ko‘p darajada jalb etilgandi.
Birinchi Prezident Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining 2000 yil sentyabrida bo‘lib o‘tgan Mingyillik sammitida xalqaro terrorizm va giyohvandlik moddalari savdosiga qarshi juda samarali kurash olib borish, mintaqaviy xavfsizlikni yanada mustahkamlash, BMTning faoliyati va uning tarkibiy tizimini isloh qilish bo‘yicha muhim takliflarni bildirdi. yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 1999 yilda Istambulda bo‘lib o‘tgan sammitida BMT huzurida terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro markazni tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi. 2001 yil 28 sentyabrda BMT Xavfsizlik kengashi doirasida terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasining tashkil etilishi ushbu g‘oyaning amaldagi nihoyatda muhim natijasi bo‘lgandi.
Mamlakatimiz BMT bilan turli yo‘nalishlarda samarali tarzda yaxshi hamkorlikni qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining bir qator muhim tarkibiy tuzilmalari – Taraqqiyot dasturi, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Bolalar jamg‘armasi, Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bilan mashg‘ul organi – YuNeSKO vakolatxonalari jiddiy faoliyat ko‘rsatmoqda.
YuNISeF bilan hamkorlikda bolalarimizning salomatligini yana mustahkamlash, ular orasida yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish va bolalarni emlash, maktabgacha ta'lim muassasalari va umuta'lim maktablarida tibbiy madaniyatni oshirish, sanitariya-gigiena qoidalariga to‘la rioya etishni ta'minlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha ko‘plab tadbirlar o‘tkazilmoqda.
YuNeSKO fan, ta'lim, madaniyat sohalarini rivojlantirish, qadimiy obidalarni asrab-avaylash borasida O‘zbekiston bilan juda yaqindan yaxshi hamkorlik qilib kelmoqda. O‘tgan davrlar mobaynida aynan YuNeSKO shafeligida Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Ahmad Farg‘oniy, Kamoliddin Behzod, Imom Buxoriy singari ulug‘, buyuk ajdodlarimizning, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Qarshi, Toshkent, Marg‘ilon kabi juda ham qadimiy shaharlarimiz, «Alpomish», «Avesto» kabi bebaho adabiy yodgorliklar, shuningdek, Xorazm Ma'mun akademiyasining yubileylari xalqaro miqyosda juda ham keng ravishda, nihoyatda tantanali tarzda nishonlangan edi.

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish