XULOSA……………………………………………………...………. 59-64
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………...….. 65-70
Ilovalar…………….
KIRISH
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi istiqlolni qo‘lga kiritganidan keyin siyosiy, iqtisodiy va ma‘naviy taraqqiyotda salmoqli natijalarga erishdi. Ularning natijasi o‘laroq, O‘zbekiston bugungi kunda jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, yangilanish, ayniqsa demokratlashtirish jarayonlarini jadallashtirish imkoniyatlariga ega bo‘ldi. Pirovard maqsadi huquqiy davlatchilikni barpo etish bo‘lgan ushbu islohotlar respublikaning sud-huquq tizimida ham jadal sur‘atlar bilan kechmoqda. Sud-huquqiy islohotlar mamlakatda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat tarmoqlari bilan teng, mustaqil, kuchli sud hokimiyatini vujudga keltirishning muhim omilidir1.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta‘kidlaganidek, ―Ulug‘ bobokalonimiz Amir Temur “Qayerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo‘ladi” degan so‘zlarni tarix sahifalariga zarhal harflar bilan yozdirgan edi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati – davlatning uchta asosiy tayanchidir2.
Sud-huquq tizimi hozirgi O‘zbekiston hududida davlatchilikka xos ko‘p asrlik tarixga ega. Sud faoliyatini qadimdan xalq madaniyati, an‘analari va ma‘naviy negiziga asoslanib, obru-e‘tiborli, katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan kishilar amalga oshirishgan. Ular chiqargan qarorlar har qanday shubhadan xoli va barcha uchun majburiy hisoblangan. O‘zbekistonda qariyb o‘n uch asr davomida shariat qonunlariga amal qilgan qozilik sudi hamda xalq urf-odatlari va an‘analariga suyanib qaror qabul qilgan biylar sudi mavjud bo’lgan. O‘rta Osiyoni zabt etganidan so‘ng mustamlakachi chor hokimiyati Rossiya qonunlariga amal qiluvchi sudlarni tuzdi. 1917-yil Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng «xalq» sudlari va tribunallar ta‘sis etildi. Ular kommunistik partiya va inqilob manfaatlariga xizmat qildi, qonunga emas, «proletarcha ong»ga suyanardi. Sud o‘rnini ko‘p hollarda «maxsus kengash», «uchlik komissiya» kabi ma‘muriy tuzilmalar egallagandi. Sud adolatga emas, vahshiyona qatag‘on, shafqatsiz jazolashga xizmat qildi. Ushbu tizim batamom partiya va sovet ijroiya organlariga qaram edi.
Mustaqilikka erishilgandan so‘ng O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat barpo etishning tarkibiy vazifasi sifatida sud-huquq islohoti o‘tkazilmoqda. Sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil ish yuritishi va sud faoliyatining boshqa asosiy prinsiplari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida e‘tirof etildi (106-116-moddalar), yangi sud tizimi barpo qilindi3.
O‘zbekistondagi huquqiy islohotlarning asosiy maqsadi sudning alohida va mustaqil hokimiyat tarmog‘i sifatidagi mavqeini qayta tiklash g‘oyasi bo‘ldi. Sud hokimiyatining yangi tarmoqlari yaratildi. Sudning vakolatlari sezilarli darajada kengaytirildi. Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini sud orqali himoya qilishni kafolatlashning huquqiy me‘yorlari shakllantirilmoqda. Endigi muhim vazifa - ana shu me‘yorlarning sudlov amaliyotiga izchil kirib borishini ta‘minlash, ularning odamlar ongida chuqur o‘rnashib qolishiga erishishdan iborat...4
Bugungi kunda sud hokimiyati davlat organlari tizimida alohida ahamiyat kasb etadi. Sud hokimiyatining faoliyati inson huquqlari va erkinligiga bevosita aloqador bo‘lib, odil sudlovni amalga oshirish faoliyati natijasida shaxslarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari kafolatlanadi. Shu bois mamlakatimiz hududida sud-huquq tizimining shakllanishi va rivojlanishini o‘rganish, tahlil qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, o’zbek xalqi o’zining boy va qadimiy tarixini qaytadan kashf etish imkoniga ega bo’ldi. “O’zbek xalqining necha ming yillik tarixida qanday murakkab davrlar, og’ir sinovlar bo’lganini barchamiz yaxshi bilamiz”5. Mana shu sinovlarga boy o’tmish, mana shu so’nmas madaniyat o’zbek xalqini buyuk va yorqin kelajak sari odim qadam tashlashga, qiyinchilik va sinovlarni yengib o’tishga undaydi, mushtarak maqsadlar yo’lida birlashtiradi. Zero, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev aytganlaridek: “O’zbekistonning eng yangi tarixi va biz erishgan olamshumul yutuqlar mard va matonatli xalqimiz har qanday qiyinchilik, to’siq va sinovlarni o’z kuchi va irodasi bilan yengib o’tishga qodir, deb baralla aytishga to’la asos beradi”6.
Yuqorida ta`kidlanganidek, mustaqillik xalqimizga o’zligini qaytarib berdi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston o‘zining sud-huquq tizimiga asos soldi va bu sohada ko‘plab islohotlarni olib bormoqda. Jumladan, 2017-yilning boshida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan “2017–2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi”7ning ikkinchi yo’nalishida sud-huquq tizimi islohotlarini takomillashtirish vazifalarining belgilanishi fikrimizning yaqqol misolidir.
Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar biz yosh tadqiqotchilarning bu soha bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borishimizga keng imkoniyatlar yaratmoqda. Quyidagi bitiruv malakaviy ishi ana shu chora-tadbirlarning natijasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |