Tabiiy fanlar va ekologiyaga oid ayrim muammolar (Ilmiy maqolalar to’plami) XVII
84
oddiy harakati emasligini yozgan. Daryoning ham shamolning ham oqishi bo’lishi kerak,
shamol bo’lsa, bunday oqishni yer quriganida hosil bo’ladigan “tutun” deb hisoblagan.
Boshqa tomondan, Arastuning izdoshi Teofrast shamol, quyosh va bug’lanish o’rtasida
bog’liqlikni to’g’riroq baholadi. Shunday qilib, u shamol bug’lanishni tezlashtiradi,
deb to’g’ri taxmin qildi, chunki u allaqachon hosil bo’lgan bug’ni suvdan olib tashlaydi. U
Aristotelning yerdan bug’lanishning alohida ahamiyati haqida fikirlarini ham qo’llab–
quvvatlaydi va “havo harakati shamoldir” deb yozgan. Pliniy va Lukretskiy kabi rim
mualliflari ham bug’lanishning tabiati va uning ob-havo bilan aloqasi haqida yozganlar,
lekin asosan faqat yunon faylasuflarining nazariyalarini ishlab chiqqanlar. Yunon va Rim
olimlari ob-havoni tushuntirish bilan bir qatorda, boshqa muammoni daryolar ularga
to’xtovsiz suv quyib tursada, dengizlar to’lib toshmasligini tushuntirish uchun
bug’lanishga murojat qilishdi. Aristotel tomonidan qo’llab-quvattlangan qo’shaloq
bug’lanish nazariyasi Uyg’onish davrining boshigacha Evropa fanida hukumronlik qildi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Bug'lanish // Brokxauz va Efronning entsiklopedik lug'ati: 86 jildda (82 jild va 4 ta
qo'shimcha). - Sankt-Peterburg, 1890-1907 yillar.
2.
Berman L. D. Aylanma suvni bug'lanish bilan sovutish, 2-nashr, M.-L., 1957 yil.
3.
Fuchs N. A. Gazli muhitda bug'lanish va tomchilarning o'sishi, M., 1958 yil.
4.
Vilfrid Brutsaert. Atmosferaga bug'lanish. Nazariya, tarix va ilovalar. - Dordrecht:
Springer, 1982. - 302 p. - ISBN 978-90-481-8365-4.
O’QITISHDA EKSPERIMENTAL MASALALARNING AHAMIYATI.
N.Xolboeva
, G’ayratova Madina talaba
Ma’lumki fizika o’qitishda nazariy va amaliy metodlar mavjud. Amaliy metodlar
ichida fizikadan masalalar yechishning axamiyati salmog’lidir.
Masala yechish jarayonida o’quvchilarga bilim berish bilan birga o’quvchilar
qobiliyatlarini rivojlantirish, o’quvchilarga tarbiya berish kabi muhim masalalar hal
qilinadi.
Fizikadan masalalar to’plamlarida berilgan hamma masalalarni turli asoslarga ko’ra
klassifikatsiyalanadi. Masalan masalalarning murakkablik darajasiga ko’ra, sodda
masalalar, qiyinroq masalalar, masala shartida, darslikda va darsda ko’rib chiqilgan
masalalarda tavsiflanganiga nisbatan kamroq tanish bo’lgan holat tavsiflangan masalalar,
o’quvchilar yangi bilimlar olish uchun foydalanish mumkin bo’lgan masalalar.
Masalalar mazmuniga qarab, mexanikaga, molekulyar fizikaga, elektrga doir va
hakozo bo’lishi mumkin. Bunday bo’linish shartli ekanini bilamiz, chunki ko’pincha bitta
masalaning shartida fizikaning bir nechta bo’limlaridagi ma’lumotlardan foydalanamiz.
Shuningdek politexnik mazmunga ega bo’lgan, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga
bag’ishlangan, tarixiy xarakterdagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan masalalarga
klassifikatsiyalanadi.
Уеchish usullariga ko’ra masalalarni sifat, eksperimental, grafik va ijodiy
masalalarga bo’linadi. Bunday bo’linish ham shartlidir, chunki eksperimental masalalarni
yechishda ham og’zaki muloxazalardan ham, grafikdan ham, xisoblash ishlaridan ham
foydalanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |