Tabiiy fanlar va ekologiyaga oid ayrim muammolar (Ilmiy maqolalar to’plami) XVII 91
mumkin. Samarali pedagogik o’zaro ta’sir bir-biriga zid bo’lmagan bir nechta o’qitish
usullarining oqilona kombinatsiyasi bilan mumkin bo’ladi..
Amaliy usullar guruhi javoblar soni bo’yicha eng mashhur bo’lgan; uni 50%
o’qituvchilar tanlagan. Ba’zi o’qituvchilar ushbu guruhni tashkil qilish qiyinligini
ta’kidladilar, chunki o’qituvchi oldindan materiallar tayyorlashi va dars jarayonini
rejalashtirishi kerak.
O’qituvchilarning 22% muammoli usulni tanladilar, chunki bu o’quvchilarning
fikrlash jarayonlarini faollashtirishga va ularni echim topishga faol izlashga undaydi.
Kombinatsiyalangan o’qitish usuli 18% o’qituvchilar tomonidan tanlangan, chunki
bitta metodik yo’nalish doirasida turli metodlar guruhlariga xos bo’lgan tarkibiy qismlarni
birlashtirishga urinishlar umuman muvaffaqiyatli bo’lmadi va tanqidiy fikrlarni keltirib
chiqardi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Holiqov E. Interfaol usullar / Ma‘rifat, 2004.17-son.
2.
Husanboeva Q. O‘qitishning zamonaviy metodlari va adabiy ta‘lim. Til va
adabiyot ta‘limi. 2003. 2-son. -19-23b.
3.
Solovyova T.A. O’quv faoliyatining kichik maktab o’quvchilarida semantik
xotirani rivojlantirishning psixologik va didaktik asoslari // Maktab, 2018. 9-son.
JISMLARGA LAZER NURI BILAN ISHLOV BERISH. Ergasheva Muqaddasxon Abdumajitovna , Obidov Diyorbek Zafarjon o’g’li magistr. Hozirgi zamonning ajoyib belgilaridan biri bu mikrozarralarning majburiy
nurlanish berish jarayonidagi lazerlarning yaratilishi va ularning kogorent nurlanishi
asosida sanoatda turli maqsadlarga mo’ljallangan lazerli qurilmalarning va texnologik
komplekslarning yaratilishiga olib keldi. Lazerning ixtiro qilinishi va kogerent
nurlanishning amaliyotga qo‘llanilishi fan bilan amaliyot orasidagi o‘zaro uzviylikning
integratsiyasining namunasi bo'la oladi. Hozirgi vaqtda fan va texnikadagi ba’zi
sohalami lazersiz tasavvur etib ham bo'lmaydi. Mazkur hollar o'z navbatida lazerlarni
ilmiy asoslarini yanada rivojlantirishni talab etmoqda. Ishlab chiqarishning samarali
rivoji borgan sari sodda hamda ishonchli asboblarni yaratmoqda.
Katta quvatli lazer nuri moddalarga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Ham ilmiy, ham
amaliy ahamiyat kasb etuvchi ushbu masalani yechish uchun qandaydir metall sirtiga
lazer nurini yo'naltiraylik. Lazer nurlanish intensivligi borgan sari ortib boradi, deb
tasavvur etaylik. Bunga lazer quvvatini oshirish hamda nurlanishni fokuslash yo'li
bilan erishish mumkin. Nurning quvvati ortib borib u