Namangan davlat universiteti tabiiy fanlar va ekologiyaga oid ayrim muammolar


- 1-rasm.  “Movika buloq”  “Devona buva” ziyoratgohi-



Download 5,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/268
Sana23.06.2022
Hajmi5,91 Mb.
#697279
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   268
Bog'liq
TABIIY FANLAR VA EKOLOGIYAGA OID AYRIM MUAMMOLAR XVII

- 1-rasm. 
“Movika buloq” 
“Devona buva” ziyoratgohi- 
bu ziyoratgohni qanday paydo bo’lganligini Oqbo’yra 
qishlog’ining sevimli shoirasi Maqsuda Ergasheva o’zining “Taqdir hikoyatlari” nomli 
kitobida batafsil bayon etgan:

Qadimda bu yerda Devona buva degan bir avliyosifat odam yashagan. U zotning 
asl ismini hech kim bilmaydi. Ayrim og’zaki ma’lumotlarda asl ismi Ibrohim bo’lib, 
Bahovuddin Naqshbandiy izdoshlaridan ekanligi aytiladi. “Devona buva” nomi 
qamishdan bo’yra to’qib, kapa qurgani va o’tgan ketganlarga o’z qo’li bilan suv ulashgani 
ham shu ta’riqat ta’limotlariga mos tushadi. “Dast ba koru dil bay or” ta’limotining 
ifodasini Oqbo’yralik har bir mehnatkash oila misolida ko’rish mumkin. Bu avliyo birinchi 
marta hassasi bilan chiziq tortib, Shohimardon tomondan tushib kelgan. Hassa izidan 


Tabiiy fanlar va ekologiyaga oid ayrim muammolar (Ilmiy maqolalar to’plami) XVII
48 
Shohimardon soyining suvi ham ergashib kelgan ekan. Devona buva teparoqdagi 
Fayziobod qishlog’I orqali Oqbo’yra ariq suvini ergashtirib kelib, hozirgi “Devona buva” 
guzari o’rnida, katta yo’l bo’yida to’xtabdi. Shu yerda hovuz kavlab, bo’yradan kappa 
quribdi. Hovuzga Shohimardonning shirin suvlari quyulibdi (2-rasm). Bo’yra kapa esa 
uzoqlardan oqarib ko’rinar, uzoq yo’lga otlangan karvondagilar: “Hov, Oq bo’yraga borib 
dam olamiz”,- deyishar ekan. Ana shundan 
“Oqbo’yra” 
nomi kelib chiqqan ekan.
Shu o’rinda qishloq nomiga asos bo’lgan “Bo’yra” haqida ayrim ma’lumotlarni 
keltirib o’tsam. Bo’yra- qurigan qamishdan bo’yi bir- bir yarim metr hajmda to’qilgan 
palos kabi bir buyum. Qishloq qamishzor o’rnida paydo bo’lgani, chuqurlikda 
joylashgani, zaxkash va ko’lobligi uchun ham qamish serob bu yerlarda. Eng avvalo, 
bo’yra nam o’tkazmagani uchun uylarga vassa ustidan yopilgan va juda chiroyli shift
vazifasini o’tagan. Yengil va qulay, quruq bo’lgani uchun istagan yerda foydalanish 
mumkin edi. Xatto mayitlarni ham bo’yra ustiga yotqizib yuvishgan. Asta-sekin Devona 
buvaning kapasi yoniga Marg’ilon, Oltiariq, Fayziobod tomonlardan buvaga ixlosmand 
odamlar ko’chib kelib o’rnasha boshlagan. Men qishloq tarixi haqida suhbatlashgan 
odamlarning deyarli har to’rttadan uchtasi: “Ota-bobolarimiz marg’ilonlik”,- deb javob 
berdi. Bu yerga odamlarni chorlagan asosiy mayoq- avliyo Devona buva edi. 
2-rasm. 
“Devona buva” ziyoratgohi yonidagi artezian 
Bolalik chog’larimda dadam bir muddat “Dadaning bog’i” degan o’rikzor bog’dagi 
kolxozning parrandachilik fermasida ishlagan. Turg’un akam ikkimiz har kuni dadam 
oldiga non va ovqat olib borar, Devona buvaning yo’l chetidagi qabri yonidan o’tardik. 
Qabr oldida hovuz, hovuz burchagida katta tut daraxti bor edi. Tutning bujur tanasidan 
doim qip-qizil sutuqlik oqib turardi.
Emishki, kofirlar Devona buvani o’ldirmoqchi bo’lishganda, u zot shu tutning 
orqasiga o’tib, g’oyib bo’lganish. Kofirlar uni tutning ichiga kirib ketgan, deb o’ylab, tutni 
qilich bilan chopibdilar. Shundan tut tanasidan hamisha Devona buvaning qoni sizib 
turarmish (3-rasm). Keyinchalik barcha tutlardan ham shunday qizil rangli suyuqlik oqib 
turishini bilib oldim… 

Download 5,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish