Tabiiy fanlar va ekologiyaga oid ayrim muammolar (Ilmiy maqolalar to’plami) XVII
122
antioksidant, antimikrobiyal, antimutagen, antidementiya, gipoglikemik va gipolipidemik
ta`sirlar mavjud.
Perovskia angustifolia –
salvia Lamiaceae oilasiga kiruvchi gulli o`simlik guruhi vakili
bo`lib, vatani Janubi-g`arbiy va markaziy Osiyo hisoblanadi. O`zbekistonning Toshkent,
Farg`ona, Samarqand, Surhondaryo viloyatlarida o`sadi. Bo’yining balandligi bilan yarim
buta hisoblanib, 50-100 sm.gacha yetadi. Iyun oylarida gullaydi va iyul-avgust iylarida
urug`i pishib yetladi.
Tibbiyotda barg ekstraktlari antigelmintik faollikga ega bo`lgani uchun, o`simlikning
tana qismi teri kasalliklari uchun ishlatiladi. Bu o`simlikdan olingan efir moylarning
antibakterial xususiyati aniqlangan. Oshqozon buzilganda, ishtaha ochuvchi damlamalar
sifatida ishlatiladi[5].
Ocimum
- Rayhon bo`yi 45-80sm. li bir yillik o`tlar, chalabuta past bo`yli manzarali,
dorivor va ziravor o`simlik bo`lib, vatani tropik va subtropik mintaqalar, Janubiy Osiyo
hisoblanadi va 60 turi shu mintaqalarda o`sadi. Bu oila vakillari ichida tog` rayhoni chala
buta shaklida uchrab dorivorligi yuqori. Rayhon issiqsevar, namsevar, yorug`sevar
qurg`oqchilikka chidamli o`simlik. Barglari yirik, tuxumsimon, gullari oq yoki pushti,
poya va novdalari ichida bo`shoqsimon to`pgulga yig`ilgan. Rayhonning shoxchalari,
bargi va urug`i xalq tabobatida ishlatiladi. Rayhonning ayrim turlari, aynan tog` rayhoni
pazzandachilikda jumladan, bodring, qo`ziqorin, pomidor tuzlab yopishda foydalaniladi.
Rayhon damlamasi ishtaha ochadi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi bundan tashqari
yuqori nafas yo`llari shamollaganda, asab kasalliklarini davolashda davodir, lekin
xomilador ayollar, oshqozon ichak kasalliklari bor va qon bosimi past bemorlarga tavsiya
etilmaydi.
Tarkibida efir moylari, geranil atsetat, askorbin kislota, timol,karvakral, oshlovchi
moddalar, urug`ida 30 % gacha moy bor. Yashil massasi tarkibida 0,3% efir moyi bor(efir
moyining 70%ini atirupa, oziq-ovqat sanoati va tibbiyotda ishlatiladigan evganol moddasi
tashkil qiladi[6].
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasi shifobaxsh va dorivor turlarning morfologik va
bioekologik xossalari Zohida Abdumalikovna Yusupova Ilhomjon Egamberdi o'g'li
Bozorov Farg'ona davlat universiteti "Science and Education" Scientific Journal 55-63
2
. Zufo o`simligi (NepetaL) turkumi turlari va ularning tarkibi haqida qisqacha
ma`lumot.
M. Mamadjonova, A. Xoshimov, Sh. Abdullayev. “Namamangan Davlat Universiteti
Axborotnomasi”. 2018 yil 4-son.
3
. Xavier C.P., Lima C.F., Fernandes-Ferreira M., Pereira-Wilson C. Salvia fruticosa, Salvia
officinalis, and rosmarinic acid induce apoptosis and inhibit proliferation of human colorectal cell
lines: the role in MAPK/ERK pathway. Nutr Cancer. 2009;61:564–571. [PubMed] [Google
Scholar].
4
. The essential oil of Perovskia angustifolia from Kyrgyzystan. K.H. Basher, T.Ozek,
Kh.N.Aripov. “Chemistry of natural Compaunds” 2017y.
5
. https://avitsenna.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |