Namangan Davlat universiteti
Tabiiy fanlar fakulteti
Kimyo yoʻnalishi
205-guruh talabasi
Xoliqov Saloxiddinning
fizikaviy kimyo fanidan
bajargan mustaqil ishi.
MAVZU:Elektr oʻtkazuvchanlikni aniqlash
usullari.
REJA:
1.Elektr oʻtkazuvchanlik turlari.
2.Solishtirma elektr oʻtkazuvchanlik.
3.Ekvivalent elektr oʻtkazuvchanlik.
4.Elektr oʻtkazuvchanlikni aniqlash.
5.Elektr oʻtkazuvchanlikni amaliy
ahamiyati.Konduktometriya.
Fizik kimyo fanining muhim boʻlimlaridan
biri-ELEKTROKIMYODIR.Elektrokimyo boʻlimi
quyidagi qismlardan iborat:
1)elektr oʻtkazuvchanlik;
2)elektr yurituvchi kuch;
3)elektroliz;
4)elektrokimyoviy kinetika;
5)elektrokimyoviy sintez va hokazolar
Moddalarning tashqi elektr tok maydoni
taʼsirida oʻzidan elektr toki oʻtkazish
xususiyati-ELEKTR OʻTKAZUVCHANLIKDIR.
Barcha moddalar elektr oʻtkazish qobilyatiga
qarab:
-oʻtkazgichlar;
-yarim oʻtkazichlar;
-izolyatorlarga boʻlinadi.
Elektr oʻtkazgichlar ikki turga boʻlinadi:
1-tur oʻtkazgichlarga metallar va ularning
qotishmalari,grafit baʼzi qiyin eriydigan
oksidlar va boshqalar kiradi.Ular elektr tokini
elektronlarning tartibli harakati tufayli
oʻtkazadi.
Bunday oʻtkazgichlarda modda bir joydan
ikkinchi joyga koʻchmaydi,oʻtkazgichlarda hech
qanday kimyoviy oʻzgarish sodir boʻlmaydi.
2-tur oʻtkazgichlarga kislota,ishqor,tuzlarning
eritmalari,suyuqlanmalari va kristallari misol
boʻladi.Ularda elektr tokini ionlar
tashiydi.Ionlarning harakatchanligi qancha
katta boʻlsa,elektr oʻtkazuvchanlik shuncha
yuqori boʻladi
SOLISHTIRMA ELEKTR OʻTKAZUVCHANLIK
Uzunligi 1 sm , koʻndalang kesim yuzasi 1 sm2
boʻlgan oʻtkazgichlarlarning elektr oqimiga
koʻrsatadigan qarshiligi solishtirma qarshilik
deyiladi.Unga teskari boʻlgan kattalik
solishtirma elektr oʻtkazuvchanlik deyiladi.
Solishtirma elektr oʻtkazuvchanlik-elektrolit va
erituvchi tabiatiga,haroratga hamda eritma
eritma konsentratsiyasiga bogʻliq.
Haroratni ortishi 1-tur oʻtkazgichlarda elektr
oʻtkazuvchanlikni kamayishiga,2-tur
oʻtkazgichlarda ortishiga olib keladi.
Harorat ortsa,elektronlarning harakati
tartibsizlashadi,shu sababli qarshilik ortadi va
elektr oʻtkazuvchanlik kamayadi.
EKVIVALENT ELEKTR OʻTKAZUVCHANLIK
Eritmaning elektr oʻtkazuvchanligini
harakterlovchi yana bir kattalik -ekvivalent
elektr oʻtkazuvchanlikdir.1 sm uzoqlikda
joylashgan ikki yassi va parallel boʻlgan
elektrodlar orasidagi,tarkibida 1 g-ekv.modda
saqlagan eritmaning elektr oʻtkazuvchanligi
maʼlum suyultirishdagi ekvivalent elektr
oʻtkazuvchanlik deyiladi
Shuning uchun tok manbai sifatida
akkumulyator olinib,tok induksion gʻaltakdan
oʻtkaziladi va yuqori chastotali oʻzgaruvchan
tokka aylantiriladi.
Konduktometrik titrlash quyidagicha amalga
oshiriladi: bunda KOLRAUSH sxemasidan
foydalaniladi.Titrlash olib boriladigan Arrenius
idishiga indikator elektrodi tushiriladi.Idish
tepasiga byuretka oʻrnatiladi.Titrlash borasida
elektr oʻtkazuvchanlikning oʻzgarishi kuzatib boriladi.
ELEKTR OʻTKAZUVCHANLIKNING AMALIY
AHAMIYATI.KONDUKTOKTOMETRIYA
Eritmalarning elektr oʻtkazuvchanligi faqat
nazariy jihatdan ahamiyatga ega boʻlib
qolmay,balki amaliy ahamiyati ham
katta.Elektr oʻtkazuvchanlikdan foydalanib bir
qancha amaliy masalalarni hal qilish mumkin.
Eritmalarning elektr oʻtkazuvchanligi elektroliz
jarayonini sanoat miqyosida qoʻllanilishini
belgilab beradi,chunki uning qiymati boʻyicha
elektrolizda elektr energiyasini tejash
imkoniyatlari mavjud boʻladi.Shu bilan birga
eritmalarning elektr oʻtkazuvchanligidan
ilmiy-tadqiqot va labaratoriyada analiz qilish
izlanishlarida foydalaniladi.Jumladan,turli
eritmalardagi tuzlarning miqdori suvni
bugʻlanishini boʻyicha elektr oʻtkazuvchanlikni kuzatib boriladi
Eruvchanligi kam boʻlgan elektrolit
eritmalarning eruvchanligini va
konsentratsiyasini topish uchun elektr
oʻtkazuvchanlikni oʻlchash bilan olib
boriladigan konduktometrik titrlash usuli
qoʻllaniladi.Bu usul boʻyicha kam eruvchan
elektrolitlarning solishtirma elektr
oʻtkazuvchanligi aniqlanadi va uning asosida
ekvivalent elektr hisoblanadi hamda bu
qiymatlar yordamida eritma
konsentratsiyasiyani eruvchanligi aniqlanadi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.X.S.Talipova.Fizikaviy kimyo.Sano-standart
nashriyoti.Toshkent.2015
2.H.I.Akbarov,B.U.Sagdullayev,A.J.Xoliqov.Fizika
viy kimyo.Toshkent.2019