Asosiy qism
Reaksiya mexanizmiga ko'ra yoki kovalent bog‘ning uzilishi va substratga ta’sir etuvchi reagentning tabiatiga ko‘ra organik reaksiyalar radikal, va nukleofil deb sinflanadi. Biz yuqorida asosiy organik jarayonlar sifatida o‘rin olish (S), birikish (A) va ajralish (E) reaksiyalari amalga oshishni e’tirof etdik. Bu reaksiyalarning har biri tabiatiga ko‘ra radikal (R), nukleofil (N) va elektrofil (E) bo'ladi. Ayrim reaksiyalar mexanizmiga ko‘ra yana bir necha xilga ajraladi, masalan: SN1 — ko'p bosqichli nukleofil o‘rin olish reaksiyasi, SN2 — bir bosqichli nukleofil o‘rin olish reaksiyasi.
Organik reaksiyalarning bunday sinflanishi faqatgina shartli model sifatida qabul qilingan, ko'pincha jarayon ancha murakkab ko'rinishda amalga oshadi. Ba’zan bir molekulaning ikki qismiga biri nukleofil, ikkinchisi elektrofil bo'lgan ikki reagent hujum boshlaydi va oraliq modda sifatida ikki, uch yoki undan ortiq molekulalardan tarkib topgan halqali birikmalar hosil bo‘ladi. Bunday reaksiyalarga “halqali birikish” reaksiyalari deb aytiladi, hosil bo‘lgan halqali oraliq holat elektronlarning siljishi oqibatida barqarorlashuvi, ba’zan esa buzilishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |