Mavzuning o`rganilganlik darajasi: O`zbekistonning mustaqil tashqi siyosati va
xalqaro munosabatlardagi ishtiroki masalasi mamlakat tarixini o`r ganishdagi yangi
yo`nalishlardan biri hisoblanadi. O`zbekiston tashqi siyosati masalasi bo`yicha ilmiy-amaliy
ishlar mustaqillikka erishganidan so`ng, kengroq o`rganila boshlandi. O`zbekistonning jahon
hamjamiyatiga kirib borishi, tashqi siyosatning huquqiy, iqtisodiy, ma`naviy asoslarning vujudga
kelishi, mustaqil tashqi siyosat institutlarining shakllanishi kabi masala- larni o`rganishda
E.Z.Nuriddinovning tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etadi
4
. Ayniqsa, “O`zbekiston
Respublikasining Yevropa mamlakatlari bilan xal qaro hamkorligi” nomli monografiyasida
respublikaning Yevropa mamlakatlari bilan ko`p tomonlama hamkorligini keng ko`lamli
ravishda yoritilishi bilan birga O`zbekiston tashqi siyosiy faoliyatining tarixiy ildizlari, sovet
davridagi xalqaro aloqalar, istiqlol davrida tashqi siyosat huquqiy asoslarining shakllanishi,
mustaqil tashqi siyosatni amalga oshiruvchi muassasalarning shakllanishi jarayoni batafsil
yoritib berilgan.
A.K.Qirg’izboyevning “O`zbekiston Respublikasining Osiyo mamlakatlari bilan xalqaro
hamkorligi” nomli monografiyasida O`zbekistonning Buyuk Ipak yo`lini tiklash borasida Osiyo
mamlakatlari bilan hamkorligi, zamonaviy integratsion jarayonlarning asosiy xususiyatlari, bu
hamkorlikning huquqiy asoslari, O`zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari,
Osiyodagi xalqaro tashkilotlar va yetakchi davlatlar bilan aloqalari chuqur tahlil qilib berilgan
5
.
O`zbekistonning tashqi siyosatidagi ilmiy-nazariy va metadologik muammolari
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari va ma`ruzalarida bayon etilgan. Ushbu
muammoni
A.A.Azizxo`jayev,
R.M.Alimov,
A.Begmatov,
R.Z.Jumayev,
N.Jo`rayev,
T.A.Jo`rayev, B.Iminov, P.Makkamboyev, Sh.Paxrutdinov, F.Tolipov, U.Ubaydullayev,
N.Umarova,
S.S.Safoyev,
A.O.Fayzullayev,
T.Fayzullayev,
I.Ergashev,
B.Xo`janov,
4
Нуриддинов Э. З. Становления нового типа экономических отношений Узбекистана с ведущими
государствами Западной Европы // Общественные науки в Узбекистане. – Ташкент, 1998. – №1.; Ўзбекистон
ва Германия // Фан ва турмуш. – Тошкент, 1998. – №2.; Узбекистан – Чехия: плодотворное сотрудничество //
Экономика и статистика. – Ташкент, 1998. – №8.; Международное сотрудничество Республики Узбекистан
со странами Европы. – Ташкент: Чулпан, 2002. – 216 с.
5
Қирғизбоев А. К. Ўзбекистон Республикасининг Осиё мамлакатлари билан халқаро ҳамкорлиги. –
Тошкент: Фан, 2004. – 280 б.
5
5
S.Sharapovalar
6
, O`zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari geosiyosatidagi o`ziga xos
tutgan o`rnini ijtimoiy-siyosiy boshqaruv hamda xavfsizlik nuqtai-nazardan tahlil qilganlar.
O`zbekistonning Yevroosiyo mamlakatlari geosiyosatidagi o`ziga xos o`rnini mintaqaviy
xavfsizlik nuqtai-nazardan o`rganishga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlar Sh.M.Abdullayev,
S.T.A`zamxo`jayev, D.S.Azimova, R.M.Alimov, G.I.Karimova, B.R.Karimov, A.M.Qosimov,
N.A.Qosimova, A.A.Xaydarov, A.Xo`jayev, U.A.Ubaydullayev, R.Sh.Sayfulina, A.Xoshimov,
Sh.J.Ermatov, K.Axmedov, R.Parmonov, E.Oripov va boshqa olimlar tomonidan olib borilgan.
Ushbu mavzu bo`yicha Markaziy Osiyoning o`zaro geosiyosiy muammolarining iqtisodiy
yo`nalishlari Sh.J.Ermatovning nomzodlik dissertatsiya ishida, S.T.A`zamxo`jayevning
nomzodlik dissertatsiyasida uning siyosiy yo`nalishlari tadqiq etilgan.
Yuqoridagi tadqiqotchilarning ilmiy ishlarida kuproq O`zbekistonning harbiy, iqtisodiy,
geosiyosiy holatiga ko`ra tashqi siyosati yoritilgan. Biz ulardan farqli ravishda,
mamlakatimizning barcha dunyo davlatlari bilan tinchlik tamoyillariga asoslangan tashqi
siyosatini ilmiy asoslarda yoritib beramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |