Namangan davlat universiteti pedagogika-psixologiya fakulteti psixologiya kafedrasi



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/101
Sana02.12.2022
Hajmi1,56 Mb.
#876928
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   101
Bog'liq
Majmua. Ijtimoiy ps. 2 kurs. 3-sem. 2022.

So’rov metodlari
. So‘rov metodlari ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda keng 
qo‘llaniladi, ayniqsa, anketa so‘rovi va intervyu shular jumlasidandir.
Bu metodlarni qo‘llashda qator metodologik qiyinchiliklar vujudga keladi:

birinchidan, doim shaxslararo munosabatlar, o‘zaro ta‘sir shakllari 
mavjud; 

ikkinchidan, tadqiqotchining sub‘yektiv munosabatlarini ham inkor 
qilib bo‘lmaydi. Tadqiqot mobaynida shaxslararo idrok qilish va 
sub‘yektiv bir-birini tushunishga qaratilgan barcha qonuniyatlar 
ishlaydi. 
Shunga 
qaramay, juda ko‘p ijtimoiy psixologik 
ma‘lumotlarni to‘plashda so‘rov metodlari eng qulay usullar sifatida 
ishlatib kelinmoqda.
Intervyu o’tkazish
uchun odam maxsus ravishda tayyorgarlik ko‘rishi kerak, 
chunki u tadqiqotchidan qator muhim shaxs sifatlarining bo‘lishini talab qiladi. 
Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiyada ―rolli o‘yinlar‖ metodi yordamida 
psixolog yoki sotsiolog maxsus tayyorgarlik kursidan o‘tadi, turli vaziyatlarda 
turlii toifali kishilar bilan intervyu o‘tkazish orqali, o‘z malakasini oshiradi.
Anketa metodi
hammaga tanish bo‘lgan usullardan biri, lekin ko‘pincha 
anketani o‘tkazgan odam uning tuzilishi qanchalik qiyinligini yoki olingan 
ma‘lumotlarni qayta ishlash, ularni to‘g‘ri sharhlash naqadar mushkul ekanligini 
tasavvur qilmaydi. Anketaga kiritilgan savollar ma‘lumotiga ko‘ra 
anketa ochiq va 
yopiq
turlarga bo‘linadi. Ochiq anketa respondentdan o‘z fikrini erkin bayon 
etishni talab qiladi, yopiq shakldagi anketa savollarining esa javoblari oldindan 


58 
berilgan bo‘lib, tekshiriluvchi o‘ziga ma‘qul bo‘lgan, o‘zining qarashlari, fikrlari 
bilan mos kelgan javobni belgilab beradi. Ochiq savollarning kamchiligi – 
respondentlarning har doim ham qo‘yilgan vazifaga yetarli darajada mas‘uliyat 
bilan qaramasliklari hamda berilgan javoblarni statistik jihatdan ishlov berishdagi 
qiyinchiliklar bo‘lsa, yopiq anketada respondentga tekshiriluvchi (tomonidan o‘z) 
fikriga ergashishga o‘xshash holatning mavjudligi yoki har doim ham hamma 
savolning barcha javob variantlarini topib bilmaslikdadir. Shunday holatlarda 
respondent yo umuman javob bermasligi yoki ―tavakkal‖ qilib bir variantni 
belgilab berishi mumkin. Shuning uchun ham keyingi paytlarda yarim yopiq 
savollardan iborat anketalar tuzilmoqdaki, ularda javob variantlaridan tashqari 
qo‘shimcha tarzda fikr bildirish uchun qo‘shimcha qatorlar beriladi.
Anketaga kiritilgan savollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilishi mumkin. 
Masalan,‖...xususida Sizning fikringiz?‖, ―...ekanligini bilasizmi?‖, ―Sizga 
ma‘qulmi?‖ va shunga o‘xshash. Lekin savollar bilvosita berilsa ham u yaxshi 
qabul qilinadi. Masalan, ―Ba‘zi odamlar..., deb hisoblaydilar. Sizchi?‖ yoki oilaviy 
daromad tadqiqotchini qiziqtirganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ―Daromadingiz qancha?‖ 
demasdan, balki uy-ro‘zg‘or buyumlari ro‘yxati va boshqa pul bilan bog‘liq 
narsalarning bor yoki yo‘qligini so‘rash yo‘li bilan ham o‘rganish mumkin.
Ko‘pgina tadqiqotlarda tekshiriluvchilarga ―proyektiv‖ savollar ham 
beriladi. Bunda shaxsga bir qancha hayotiy vazifalar u yoki bu xulq-atvor shakllari 
taklif qilinib, ular ichidan o‘ziga ma‘qul, u ma‘qullashi mumkin bo‘lgan javobni 
tanlash topshiriladi.

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish