1
3-AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU: SON SO’Z TURKUMLARI YUZASIDAN MASHQLAR BAJARISH
Savol va topshiriqlar:
1. Qanday so‘zlarga son deyiladi?
2. Sonning nomini bildiradigan sonlar qanday qo‘shimchalarni olishi mumkin?
3. Narsa-buyumlarning son-sanoјini bildiradigan sonlarni so‘zlarga boјlab 5 ta misol keltiring.
4. Sonlar qanday raqamlar bilan ifodalanadi?
5. Nutqimizda tez-tez qo‘llanadigan 23 ta sodda sonni birma-bir sanang.
6. Eskirgan sonlarga misol keltiring.
7. Butun va kasr sonlarning o‘zaro farqini tushuntiring.
8. Kasr sonning turlari haqida gapiring.
9. Aralash sonlar haqida gapiring.
10. Miqdor sonlar haqida gapiring.
11. Hisob so‘zlarining ma’no guruhlari haqida gapiring.
12.“Bir” so‘zining qanday ma’nolari bor? 13. Dona va tartib sonlar haqida gapiring.
14. Chama sonlar qanday hosil qilinadi?
15. Jamlovchi sonlar qanday hosil qilinadi?
16. Taqsim sonlar qanday hosil qilinadi?
17. Ot, sifat turkumidan yasalgan sonlarga 4 ta misol keltiring.
18. Otlashgan sonlar qanday qo‘shimchalarni oladi?
19. Sonlarning tuzilish jihatdan turlari haqida gapiring.
20. “Beshtacha kitob” birikmasidagi sonni yoddan to‘liq tahlil qilib bering.
21. Omonimlik xususiyatiga ega bo‘lgan sonlar haqida gapiring.
22. Sinonimlik xususiyatiga ega bo‘lgan sonlar haqida gapiring.
1-ilova
”Jadvalli mashqlar to‘plami”dan uyga berilgan mashqlar so‘raladi. (Kitob shaklida mavjud).
1-mashq
. O’qing.
Sonlarni aniqlab, grammatik xususiyatlarini tushuntiring. Sonlarni o’zi
bog’langan so’z bilan ko’chirib, ularning tagiga to’lqinli chiziq chizing.
1. “Kooperatsiya” unchalik katta kema emas. Yuk to’la ortilganda hajmi 5560 tonnaga teng bo’ladi.
Kemaning uzunligi bir yuz uch metr, eni o’n to’rt metr. Unda har biri bir mingu to’rt
yuz ot kuchiga
teng «MA» markali ikkita dizel’ bor. Kemaning mak» simal tezligi soatiga 11,6 milya.
Komanda a`zolari
turadigan xonalardan tashqari, unda o’ttiz
ettita passajirlar kayutasi,
hammasi
bo’lib bir yuz yigirma o’rin bor.
Kemada to’rtta tryum bor. Muzxonali tryumiga ming tonnadan oshiqroq tez buziluvchi oziq-ovqat
sig’adi. Kema ruli va langari elektr quvvati yordamida boshqariladi. Kema korpusi... muzlar siquviga
bardosh beradigan darajada mustahkam. To’g’ri, ikki ming sakkiz yuz
ot kuchi Janubiy Muz okeani
uchun kamlik qiladi.
Kema 1929- yili Leningrad kemasozlik zavodida qurilgan va o’sha kezlari konstruktsiyasi jihatidan
eng zamonaviy kemalardan biri hisoblangan edi. 1929 -yildan to 1937 yilga qadar bu kema passajir va
yuk tashib, Leningrad — Gavr — London orasida qatnagan. “Kooperatsiya” 1937
-yili respublikachi
Ispaniyaga yuk tashib turdi.
II. “Kooperatsiya” Ikkinchi jahon urushi yillari Shimoliy harbiy flot
sostavida torpeda katerlari
uchun baza bo’lib xizmat etdi. 1947—1948 -yillari kema yana o’zining avvalgi tinch mehnatiga —
Leningrad — Shchetsin orasida passajir va yuk tashishga qaytdi.
2
Horib-charchab, rosa shalog’i chiqqan kema 1949—1952- yillarda Vismarda kapital remont qilindi,
remontdan keyin 1954 -yilga qadar Boltiq dengizi va G’arbiy Yevropa portlari o’rtasida qatnab turdi.
1954- yildan boshlab Arktikada ishlay boshladi.
1956 - esa “Kooperatsiya” Mirniyga ikkinchi Antarktida kompleks ekspeditsiyasini olib bordi. Mana
u hozir oltinchi qit`aga ikkinchi marta safar qilmoqda. Bunday mas`ul vazifa
har qanday kemaga ishonib
topshirilavermaydi.
(Y.
Smuul.)