1.2. Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Ifodali o’qish fanini o’nga yaqin bo’lgan boshqa bir qator fanlar bilan uzviy bog’lik ravishda olib boriladi. Shu nuqtai nazardan ifodali o’qish san’atini puxta egallash maqsadida kuyida nomlari ko’rsatilgan fanlarni ham o’rganish talab qilinadi: “O’zbek adabiyot tarixi”, “Istiqlol davri o’zbek adabiyoti”, “Adabiyot nazariyasi”, “Bolalar adabiyoti”, “Tasavvuf adabiyoti”, “Notiqlik san’ati”, “Badiiy tahlil asoslari” kabi.
1.3. Fanning ta’limdagi o’rni
Fanning ta’limdagi o’rni kattadir. Mazkur fan ta’limning filologiya sohasida qo’llaniladi. Talabada bu fanni o’qish orqali nafosat, go’zallik tuyg’ulari kamol toptiriladi. Demakki, bugungi kunda etuk, har tomonlama barkamol mutaxassisni tarbiyalashda mazkur fanning o’rni beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |