O’quv mashg’ulotining maqsadi: Talabalarda Pol`sha ta’lim tizimining o’ziga
xosliklari, Buyuk Britaniya boshlang’ich, o’rta va oliy ta’lim tizimi, kasbiy ta’lim
masalalari haqidagi tasavvurlarni shakllantirish.
Pol`shada 1999 yil yangi ta’lim reformasi kuchga kirdi. U o’qitishning tashkiliy
tuzilishi va imtihonlar tizimini tubdan o’zgartirdi. O’qituvchilar xizmat
pog’onasidan o’sishning yangi tizimi va maktablarni moliyalashtirish usullarini
kiritdi. Reformaning asosiy tamoyili o’rta va oliy ta’limni keng yoyish, ilmiy
dasturlarning o’zgarishiga ko’ra ta’lim sifatini oshirishdan iborat. Boshlang’ich
maktab majburiy bir yillik maktabgacha tayyorgarlikdan boshlanadi, 7 yoshdan 1-
sinfga qabul qilinadi. O’qish 6 yil davom etadi va imtihon bilan yakunlanadi.
O’qish ikki bosqichda bo’ladi. Birinchi bosqich 1-3-sinflarni qamrab oladi.
O’qituvchi o’quv dasturini o’quvchilarning o’zlashtirish imkoniyatlaridan kelib
chiqib amalga oshiradi. Ikkinchi bosqich 4-6-sinflarni o’z ichiga oladi.
O’qitilayotgan fanlar an’anaviy va blokli fanlarga bo’linadi.o’quvchi maktabna 6-
sifdan keyin majburiy imtihonlarni topshirish bilan yakunlaydi. So’ngra
gimnaziyada ta’lim 3 yil davom etadi. Gimnaziya 3 bosqichli imtihon topshirish
bilan yakunlanadi: gumanitar fanlar bo’yicha, matematika va tabiat bo’yicha, chet
tili bo’yicha.So’ngra yoshlar litsey va texnikumlarda o’qishga otlanadilar.
Buyuk Britaniya yuz yillardan beri sifatli klassik ta’limi bilan mashhurdir.
Bu ta’lim davr sinovidan o’tgan va xalqaro ta’lim bozorida etakchi o’rinda turadi.
Hozirda 800 mingdan ortiq xorijiy talabalar britan ta’lim tizimi yutuqlaridan
bahramand bo’lmoqda.
Buyuk Britaniya universitet va kollejlarining bitiruvshilari mustaqil va
zamonaviy fikrlash malakalari, optimal va nostandart echimlar topish ko’nikmasi
bilan boshqalardan ajrlib turadi. Buyuk Britaniya ta’lim tizimi quyidagi 4
darajadan iborat:
35
Boshlang’ich (Elementary shool) ta’lim
O’rta (Sekondary SHool ta’lim
O’rtadan keyingi (Further Education) ta’lim
Oliy (Higner Education) ta’lim
Maktab bitiruvchilari bitiruv imtixonlari topshirib, o’rta ma’lumot
to’g’risida sertifikat GCSE (General Certifikate of Secondary Education) oladilar.
Bu sertifikat bilan mustaqil mehnat faoliyatini boshlash mumkin, lekin u bilan oliy
o’quv yurtiga kirib bo’lmaydi. O’rta ta’lim to’g’risidagi britaniya yoki bir qancha
xorijiy davlatlardagi oliy o’quv yurtlariga imtihonsiz kirish huquqini beruvshi
guvohnomani GCE A-Level s (General Certifikate of Education Advanced
Level) olish uchun yana qo’shimcha 2 yil -12-13-sinflarda o’qish lozim bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |