Namangan davlat universiteti o‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi



Download 215,5 Kb.
Sana18.01.2020
Hajmi215,5 Kb.
#35544
Bog'liq
Диншунослик 1-Курс 16-18, 2019-2020

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

O‘ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI KAFEDRASI




«Tasdiqlayman»

o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor v.v.b.

______________ D. Dexqonov «____»_____________ 2019 yil



DINSHUNOSLIK

fanining
ISHCHI O‘QUV DASTURI

2019/2020 oquv yili kunduzgi ta’lim shakli, 1-kurslari uchun


Bilim sohasi:




100000 – Gumanitar soha

Ta’lim sohasi:




110000 – Pedagogika

Ta’lim yo‘nalishi:




5111400 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)

5112200 – Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili)



Bilim sohasi:




100000 – Gumanitar soha

Ta’lim sohasi:




120000 – Gumanitar fanlar

Ta’lim yo‘nalishi:




5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)

5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili)

5120300 – Tarix (jahon mamlakatlari bo‘yicha)

5120400 – Arxeologiya



Bilim sohasi:




100000 – Gumanitar soha

Ta’lim sohasi:




130000 – Matematika

Ta’lim yo‘nalishi:




5130100 – Matematika

5130200 – Amaliy matematika va informatika



Bilim sohasi:




100000 – Gumanitar soha

Ta’lim sohasi:




140000 – Tabiiy fanlar

Ta’lim yo‘nalishi:




5140200 – Fizika

5140500 – Kimyo

5140600 – Geografiya


Bilim sohasi:




200000 – Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq

Ta’lim sohasi:




220000 – Jurnalistika va axborot

Ta’lim yo‘nalishi:




5220300 – Arxivshunoslik

Bilim sohasi:




600000 – Xizmatlar sohasi

Ta’lim sohasi:




630000 – Atrof-muhit muhofazasi

Ta’lim yo‘nalishi:




5630100 – Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (fan va ta’lim)


Namangan – 2019

Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, oliy va o‘rta maxsus kasb hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2018 yil 18 avgustdagi 4-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirigining 2018 yil 18 avgustdagi № БД________ bilan ro‘yxatga olingan va 2018 yil 25 avgustdagi 744-sonli buyrug‘i bilan ro‘yxati tasdiqlangan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan “Dinshunoslik” fan dasturi asosida tayyorlandi.


Tuzuvchilar: katta o‘qituvchi Q.O. Mahkamov
o‘qituvchi B.S. Boltaboyev

.
Fanning ishchi o‘quv dasturi NamDU “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasining 2019 yil ___ __________dagi 1-sonli yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet Kengashida ko‘rib chiqish uchun tavsiya etilgan.


Kafedra mudiri: _________________ t.f.n. N.O. G‘ofurov

Ishchi o‘quv dastur NamDU Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetinng 2019 yil ___ __________dagi 1-sonli Kengashida ko‘rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya etilgan.
Fakultet Kengashi raisi: _________________ t.f.n. N. Dexkanov
Kelishildi:
O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘I v.v.b.: ________Z. Mo’minov
O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy talimdagi o‘rni

Din insoniyat ma’naviy hayotining tarkibiy qismidir. O‘zbekiston Respubikasi ziyolilar oldiga ma’naviy barkamol insonni shakllantirish vazifasi qo‘yilgan bir paytda din masalasini chetlab o‘tish mumkin emas. Mazkur masalani hal etishda dinga ilgari tajovuz etish uslubining salohiyatsizligi hammaga ochiq-oydin. Lekin keyingi paytda paydo bo‘lgan diniy bo‘lmagan masalalarni diniy deb atash, har qanday, hatto bir-biriga zid bo‘lgan fikrlarni tahlil qilmasdan turib maqtash uslubi ham o‘zini oqlamaydi. Demak, ushbu masalaga prinsipial, professional, ilmiy yondoshuv darkor. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevral kuni “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Uning beshinchi ustivor yo‘nalishi xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan. Shunday ekan, “Dinshunoslik” fanini oliy ta’lim tizimida bakalavriat bosqichining barcha yo‘nalishlarida o‘qitish orqali talabalarda diniy bilimlarni mustahkamlashga, ularda diniy bag‘rikenglik va diniy erkinlik munosabatlarini mustahkamlashga erishiladi.


O‘quv fanining maqsad va vazifalari

Fanning maqsadi - talabalarda din, uning ma’naviy hayotimizdagi o‘rni haqida xolis, to‘g‘ri dunyoqarashni shakllantirish hamda yuksak ma’naviyatli kadrlarni tarbiyalashdan iborat.

Fanning vazifasi - talabalarga turli dinlarning kelib chiqishi, tarixi, taraqqiyoti, ta’limoti, asosiy manbalari, hozirgi davrdagi holati, ma’lum xalq hayotida tutgan o‘rni haqida umumiy nazariy tushunchalar berish, ularda buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, shuningdek, ajdodlar merosini o‘rgatish asosida yosh avlodni vatanparvarlik ruxida tarbiyalashdan iborat.
Fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakaga qo‘yiladigan talablar

Dinshunoslik o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

- dinshunoslikning fan sohasi sifatida paydo bo‘lishi, uning tarixi va ta’limotlari; dinlarning dunyo xalqlari madaniyati, urf-odatlariga ta’siri; diniy dunyoqarashning shakllanishi; dunyo xalqlari dinlari, dunyoning diniy-konfessional manzarasi haqida tasavvurga ega bo‘lishi;

- dinning ijtimoiy-madaniy va ma’naviy-axloqiy hayotdagi o‘rnini; dunyo dinlari va asosiy diniy konfessiyalarning diniy-ilohiy tizimi asoslari va maqsadini; Markaziy Osiyoda mavjud bo‘lgan dinlarnin ta’limotlari va ularning xalqimiz urf-odatlarida aks etishini; dinning inson va jamiyat hayotida tutgan o‘rnini bilishi va foydalana olishi;

- din bilan bog‘liq jarayonlarni mahalliy urf-odat, an’analardan kelib chiqqan holda tadqiq qila olish; turli dinga ishonuvchilar va ishonmaydiganlar bilan umumiy til topishish, ular bilan muloqot qila olish; din nomi bilan sun’iy bog‘langan ma’naviy tahdidlar, axborot xurujlariga qarshi kurashish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

Umumiy va oquv ishlari turlari boyicha hajmi

Fanga umumiy 64 soat ajratilgan bo‘lib, shundan auditoriya mashg‘ulotlari 34 soat bo‘lib, semestr davomida haftasiga 2 soatdan o’tiladi.


Semestr(lar) bo‘yicha mashg‘ulot turlariga ajratilgan soatlarning taqsimoti
5111400 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili), 5112200 – Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili), 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili), 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili), 5130100 – Matematika, 5130200 – Amaliy matematika va informatika, 5140200 – Fizika, 5140500 – Kimyo, 5140600 – Geografiya, 5630100 – Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (fan va ta’lim) yo‘nalishlari uchun:


Semestrlar

Yuklama

Auditoriya mashg‘ulotlari turi bo‘yicha o‘quv yuklamasi taqsimoti (soat)

Mustaqil ta’lim

Jami

Ma’ruza

Seminar

I-semestr

64

34

16

18

30

Jami

64

34

16

18

30


Semestr(lar) bo‘yicha mashg‘ulot turlariga ajratilgan soatlarning taqsimoti

5120300 – Tarix (jahon mamlakatlari bo‘yicha), 5120400 – Arxeologiya, 5220300 – Arxivshunoslik yo‘nalishlari uchun:




Semestrlar

Yuklama

Auditoriya mashg‘ulotlari turi bo‘yicha o‘quv yuklamasi taqsimoti (soat)

Mustaqil ta’lim

Jami

Ma’ruza

Seminar

II-semestr

64

34

16

18

30

Jami

64

34

16

18

30



Ma’ruza mashg‘ulotlari mazmuni va unga ajratilgan soatlar




Mavzular

Qisqacha mazmuni

Soati

1.

Dinshunoslik faniga kirirsh.

Dinshunoslik fanini o‘qitishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad. Bu sohada erishilgan yutuqlar. Dinning jamiyatdagi funksiyalari. Din ijtimoiy xodisa sifatida. Dinning paydo bo‘lishi masalasi. Dinlar tasnifi. Fanning falsafa, tarix, psixologiya, sotsiologiya, antropologiya, arxeologiya kabi fanlar bilan bog‘liqligi. Dinlar tarixini o‘rganishda Sharq allomalarining o‘ziga xos yondashuvlari. G‘arb dinshunosligining o‘ziga xos jihatlari. Dinlarni tasniflashda G‘arb va Sharq olimlarining qarashlari.

2

2.

Dinning mohiyati, tuzilishi va funksiyalari.

Dinga berilgan ta’riflar. Din - ijtimoiy ong shakli, muayyan turmush va tafakkur tarzi, ma’naviy qadriyat sifatida. Dinning jamiyat va shaxs ma’naviyati yuksalishidagi, komil insonni tarbiyalashdagi ahamiyati. Dinning strukturasi. Dinning ijtimoiy funksiyalari: dunyoqarashni shakllantirish, yosh avlodni tarbiyalash, tartibga solish, birlashtirish, tasalli berish, aloqa o‘rnatish va x.k. Dinlar tasnifi.

2

3.

Urug‘-qabila va milliy dinlar.

«E’tiqod» tushunchasi. Din e’tiqodning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida. Dinning bag‘rikenglik mohiyati. O‘zbekistonda din va davlat munosabatlari. Dunyoviy davlatning dinga munosabatini belgilab beruvchi asosiy tomoyillar. Insoniyatning dastlabki madaniyat uchoklari va ulardagi diniy tasavvurlarning xilma-xilligi. Ilk tabu (ta’qiq), totemizm, animizm, fetishizm, shomonlik, magiya (sexrgarlik). Kadimgi Misr, Bobil va Ossuriya dinlari. Antik davrda kupxudolik dinlari. Xinduiylik. Vedalar va upanishadlar-xinduiylikning mukaddas kitoblari. Braxmanlik ta’limotida kastapar. Konfutsiylik. Daosizm - falsafiy ta’limot. Iudaizm - yaxudiy milliy dini. Yapon milliy dini - sintoizm, uning asosiy aqidalari va marosimlari.

2

4.

Jahon dinlari: buddizm va xristianlik

Buddizm. Buddizm ta’limoti - turt oliy xakikat, nirvana. Buddizm
axlokiy ta’limoti - “pancha-shila”. Buddizmdagi okimlar: maxayana, xinayana,
lamaizm va x.k. O‘zbekiston xududidagi buddizm yodgorliklari va ularning
tadkik etilishi. Xristianlik. Xristian iloxiyoti. Yakka xudoning uch kiyofasi: Ota-xudo, Ug‘il-xudo, Muqaddas rux. Xristianlikdagi asosiy oqimlar - ortodoks (pravoslavie), katolitsizm, protestantizm. Xristianlikning O‘rta Osiyoga kirib kelishi.

2

5.

Islom dini. Islom ta’limoti

Islom dini shakllanishidagi tarixiy sharoit. Muxammad payg‘ambar (a.s.) hayoti faoliyati. Vaxiyning nozil bo‘la boshlashi. Madinaga xijrat. Makkaning fatx etilishi. Xalifalik. Islomda mazxablarning paydo bo‘lishi, ilk ixtiloflar. Islom dinining O‘rta Osiyoga kirib kelishi. Kur’on islom dinining mukaddas kitobi. Xadislar. Islom ta’limotida oila muqaddasligi. Er-xotinning bir-biriga nisbatan huquq va burchlari. Islomda ayollarga munosabat.

Islom ilohiyogi, uning asosiy aqidalari. Islom falsafasi olam va odamning yaratilishi. inson hayotining mazmuni, ezgulik va yovuzlik kurashi to‘g‘risida. Kalom falsafasi. Imom Moturidiy ta’limoti. Abu Nasr Forobiy Abu Ali ion Sinoning falsafiy karashlari. Abu Xomid Gazzoliy, Ibn Rushd falsafiy ta’limotlari. Tasavvuf (sufizm) ta’limoti va tariqatlari. O‘zbekiston allomalarining islom ta’limoti va dunyoviy fanlarni rivojlantirishdagi tarixiy xizmatlari.



2

6.

Xalqimiz ma’naviy yuksalishida dinlarning o‘rni

Avesto - xalqimiz diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda
etadigan bebaxo ma’naviy meros. Turkiy xapklarning islomgacha bo‘lgan
yakkaxudolik dini - Tangriga e’tiqod va uning diniy ong rivojidagi
axamiyati. “Musulmon renessansi” – Sharq uyg‘onish davri ma’naviyatining
xususiyatlari. Mustamlaka va mustabid tuzum sharoitida o‘zbek xalqini
milliy va diniy qadriyatlardan maxrum etishga urinishlar. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ma’naviyatning davlat siyosatida ustuvor soxaga aylanishi. Hadisshunoslik, fiqx, tasavvuf maktablarining tashkil etilishi. Diniy-ma’naviy merosni o‘rganishning xozirgi zamondagi o‘rni.

2

7.

O‘zbekistonda vijdon erkinligi

Vijdon erkinligi tushunchasi. Xalqaro me’yoriy xujjatlarda vijdon
erkinligi. Uzbekistonda vijdon erkinligining Asosiy Konun bilan
kafolatlanishi. Uzbekistonda faoliyat kursatayotgan diniy konfessiya va
tashkilotlar. Missionerlik va prozelitizm xavfining bartaraf etilishi.
Ma’rifiy islomni targib etish - yoshlarni diniy mutaassiblik,
akidaparastlik va ekstremistik goyalardan muxofaza etishning oqilona yo‘li.

2

8.

Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash: O‘zbekiston tajribasi

Mutassiblik, ekstremizm, aqidaparastlik, fundamentalism, terrorizm tushunchalarining mazmun-mohiyati. Diniy ekstremizm: paydo bo‘lish tarixi, mohiyati va turli dinlarda namoyon bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlari. Diniy ekstremizmning manbalari. Terrorizmning mohiyati, paydo bo‘lish sabablari va namoyon bo‘lish shakllari. Jahonda diniy ekstremizm va terrorizm tarqalishining asosiy sabablari, o‘choqlari va moliyaviy manbalari. Diniy ekstremizm va terrorizmning jahon hamjamiyati va alohida olingan davlatlarning barqaror rivojiga tahdidi. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda ma’naviy va mafkuraviy tarbiyaning o‘rni. O‘zbekistonda diniy ekstremizm va terrorizm xavfining oldini olishning huquqiy asoslari. “Jaholatga qarshi ma’ifat” konsepsiyasi.

2

Jami

16



Seminar mashg‘ulotlar taqsimoti



Mavzular

Qisqacha mazmuni

Soati

1.

Dinning mohiyati, tuzilishi va funksiyalari. Dinning ijtimoiy hayotdagi o‘rni

Dinshunoslik fanini o‘qitishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad. Bu sohada erishilgan yutuqlar. Dinning jamiyatdagi funksiyalari. Din ijtimoiy xodisa sifatida. Dinning paydo bo‘lishi masalasi. Dinlar tasnifi. Fanning falsafa, tarix, psixologiya, sotsiologiya, antropologiya, arxeologiya kabi fanlar bilan bog‘liqligi. Dinlar tarixini o‘rganishda Sharq allomalarining o‘ziga xos yondashuvlari. G‘arb dinshunosligining o‘ziga xos jihatlari. Dinlarni tasniflashda G‘arb va Sharq olimlarining qarashlari.

2

2.

Milliy dinlar

Dinga berilgan ta’riflar. Din - ijtimoiy ong shakli, muayyan turmush va tafakkur tarzi, ma’naviy qadriyat sifatida. Dinning jamiyat va shaxs ma’naviyati yuksalishidagi, komil insonni tarbiyalashdagi ahamiyati. Dinning strukturasi. Dinning ijtimoiy funksiyalari: dunyoqarashni shakllantirish, yosh avlodni tarbiyalash, tartibga solish, birlashtirish, tasalli berish, aloqa o‘rnatish va x.k. Dinlar tasnifi.

2

3.

Buddizm jahon dini

«E’tiqod» tushunchasi. Din e’tiqodning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida. Dinning bag‘rikenglik mohiyati. O‘zbekistonda din va davlat munosabatlari. Dunyoviy davlatning dinga munosabatini belgilab beruvchi asosiy tomoyillar. Insoniyatning dastlabki madaniyat uchoklari va ulardagi diniy tasavvurlarning xilma-xilligi. Ilk tabu (ta’qiq), totemizm, animizm, fetishizm, shomonlik, magiya (sexrgarlik). Kadimgi Misr, Bobil va Ossuriya dinlari. Antik davrda kupxudolik dinlari. Xinduiylik. Vedalar va upanishadlar-xinduiylikning mukaddas kitoblari. Braxmanlik ta’limotida kastapar. Konfutsiylik. Daosizm - falsafiy ta’limot. Iudaizm - yaxudiy milliy dini. Yapon milliy dini - sintoizm, uning asosiy aqidalari va marosimlari.

2

4.

Xristianlik jahon dini

Buddizm. Buddizm ta’limoti - turt oliy xakikat, nirvana. Buddizm
axlokiy ta’limoti - “pancha-shila”. Buddizmdagi okimlar: maxayana, xinayana,
lamaizm va x.k. O‘zbekiston xududidagi buddizm yodgorliklari va ularning
tadkik etilishi. Xristianlik. Xristian iloxiyoti. Yakka xudoning uch kiyofasi: Ota-xudo, Ug‘il-xudo, Muqaddas rux. Xristianlikdagi asosiy oqimlar - ortodoks (pravoslavie), katolitsizm, protestantizm. Xristianlikning O‘rta Osiyoga kirib kelishi.

2

5.

Islom dini. Islom ta’limoti

Islom dini shakllanishidagi tarixiy sharoit. Muxammad payg‘ambar (a.s.) hayoti faoliyati. Vaxiyning nozil bo‘la boshlashi. Madinaga xijrat. Makkaning fatx etilishi. Xalifalik. Islomda mazxablarning paydo bo‘lishi, ilk ixtiloflar. Islom dinining O‘rta Osiyoga kirib kelishi. Kur’on islom dinining mukaddas kitobi. Xadislar. Islom ta’limotida oila muqaddasligi. Er-xotinning bir-biriga nisbatan huquq va burchlari. Islomda ayollarga munosabat.

2

6.

Islomdagi mazhablar va yo‘nalshlar

Islom ilohiyogi, uning asosiy aqidalari. Islom falsafasi olam va odamning yaratilishi. inson hayotining mazmuni, ezgulik va yovuzlik kurashi to‘g‘risida. Kalom falsafasi. Imom Moturidiy ta’limoti. Abu Nasr Forobiy Abu Ali ion Sinoning falsafiy karashlari. Abu Xomid Gazzoliy, Ibn Rushd falsafiy ta’limotlari. Tasavvuf (sufizm) ta’limoti va tariqatlari. O‘zbekiston allomalarining islom ta’limoti va dunyoviy fanlarni rivojlantirishdagi tarixiy xizmatlari.

2

7.

Zardushtiylik dini. Avesto - xalqimiz diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy
qarashlarini ifoda etadigan bebaho ma’naviy meros

Avesto - xalqimiz diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda
etadigan bebaxo ma’naviy meros. Turkiy xapklarning islomgacha bo‘lgan
yakkaxudolik dini - Tangriga e’tiqod va uning diniy ong rivojidagi
axamiyati. “Musulmon renessansi” – Sharq uyg‘onish davri ma’naviyatining
xususiyatlari. Mustamlaka va mustabid tuzum sharoitida o‘zbek xalqini
milliy va diniy qadriyatlardan maxrum etishga urinishlar. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ma’naviyatning davlat siyosatida ustuvor soxaga aylanishi. Hadisshunoslik, fiqx, tasavvuf maktablarining tashkil etilishi. Diniy-ma’naviy merosni o‘rganishning xozirgi zamondagi o‘rni.

2

8.

O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Diniylik va dunyoviylik muammosi

Vijdon erkinligi tushunchasi. Xalqaro me’yoriy xujjatlarda vijdon
erkinligi. Uzbekistonda vijdon erkinligining Asosiy Konun bilan
kafolatlanishi. Uzbekistonda faoliyat kursatayotgan diniy konfessiya va
tashkilotlar. Missionerlik va prozelitizm xavfining bartaraf etilishi.
Ma’rifiy islomni targib etish - yoshlarni diniy mutaassiblik,
akidaparastlik va ekstremistik goyalardan muxofaza etishning oqilona yo‘li.

2

9.

Globallashuv va din. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash: O‘zbekiston tajribasi

Mutassiblik, ekstremizm, aqidaparastlik, fundamentalism, terrorizm tushunchalarining mazmun-mohiyati. Diniy ekstremizm: paydo bo‘lish tarixi, mohiyati va turli dinlarda namoyon bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlari. Diniy ekstremizmning manbalari. Terrorizmning mohiyati, paydo bo‘lish sabablari va namoyon bo‘lish shakllari. Jahonda diniy ekstremizm va terrorizm tarqalishining asosiy sabablari, o‘choqlari va moliyaviy manbalari. Diniy ekstremizm va terrorizmning jahon hamjamiyati va alohida olingan davlatlarning barqaror rivojiga tahdidi. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda ma’naviy va mafkuraviy tarbiyaning o‘rni. O‘zbekistonda diniy ekstremizm va terrorizm xavfining oldini olishning huquqiy asoslari. “Jaholatga qarshi ma’ifat” konsepsiyasi.

2

Jami

18



MUSTAQIL ISH MAZULARI VA SHAKLLARI




Mavzu nomi

Berilgan topshiriqlar

Soati

1

Allomalar din to‘g‘risida

Ma’ruza mashg‘ulotlarini takrorlash, konspekt qilish, adabiyotlar bilan tanishish

2

2

Dinning ijtimoiy vazifalari (kompensatorlik, integratorlik,
regulyatorlik, kommunikativ, legitimlovchilik)

O‘zbekiston va chet el olimlarining Scorpus yoki Elsevier tizimlari asosida mavzuga oid maqolalar toppish va o‘rganish

2

3

Ilk diniy tasavvurlar

Mavzuni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish

2

4

Qadimgi Yunon va Misr xudolari. Qadimgi Misr ehromlari

Mavzu bo‘yicha axborot (referat) tayyorlash

2

5

Yahudiylik dinining xususiyatlari

Seminar mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish

2

6

Hinduiylikdagi uchlik (trimurti) xudolari

Nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash, dars ishlanmalarini tayyorlash

2

7

Meditatsiya – buddaviylikning muhim qoidalari. Buddaviylikdagi to‘rt haqiqat

nazariy bilimlar asosida chizmalar, diagrammalar tayyorlash

2

8

Xristianlik manbalari. Xristianlikdagi oqimlar

Amaliy mashg‘ulotda interfaol usullardan foydalanish

2

9

Islomning vujudga kelishi va tarqalishi. Islomdagi mazhablar

amaliyotdagi mavjud muammolarning echimini topish

2

10

Islom – ma’rifat dini. Qur’on Sharq xalqlarining diniy, ilmiy va ma’naviy merosi sifatida

Ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni tahlil qilish (respublika gazeta va jurnallarda chop etilgan maqolalarda ko‘tarilgan muammoning yechimi bo‘yicha ham o‘z fikrini bildirish

2

11

Hadislarda milliy va diniy kadriyatlarning aks etishi. Tasavvuf falsafasi

Mavzu bo‘yicha internet va axborot manbalaridan ma’lumotlari to‘plash

2

12

“Avesto” – zardushtiylikning mukaddas manbasi

Internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash

2

13

O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Diniylik va dunyoviylik muammosi

Qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish

2

14

Globallashuv va din.

Uy vazifa sifatida berilgan topshiriqlarni bajarish

2

15

Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash: O‘zbekiston tajribasi

Mavzu bo‘yicha internet va axborot manbalaridan ma’lumotlari to‘plash

2

Jami

30


NAZORAT SAVOLNOMALARI


  1. “Avesto” zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi

  2. Ahli Sunna val-jamoa (sunniylik oqimi)

  3. Animizm

  4. Avestoning tarkibiy qismlar

  5. Bibliya yahudiylik va xristianlik dinlari ta`limotiga ko`ra, Xudo tomonidan nozil qilingan muqaddas kitoblar majmuasi

  6. Buddaning ilk da`vatida ta`birlangan to`rt haqiqat

  7. Buddaviylik dini: vujudga kelishi, asoschisi, tarqalishi, manbalari

  8. Buddaviylik dinining oqimlari

  9. Buddaviylik diniy ta`limotining asoschisi

  10. Buddizm ta`limoti qismlari (Ahloq normalari – «Pancha shila», Meditatsiya, Donishmandlik)

  11. Din insoniyat ma`naviy hayotining tarkibiy qismi sifatida

  12. Din tushunchasi

  13. Diniy aqidaparastlik tushunchasi

  14. Diniy ekstremizm harakatlarini oldini olish

  15. Diniy ekstremizm tushunchasi

  16. Diniy tasavvurlarning paydo bo`lishi

  17. Dinlarni etnik jihatiga ko`ra tasniflinishi

  18. Dinlarni tarixiy-geografik jihatiga ko`ra tasniflinishi

  19. Dinlarning kelib chiqishi

  20. Dinning dastlabki ko`rinishlari

  21. Dinning funksiyalari

  22. Dinning ibtidoiy shakllari

  23. Dinning jamiyat hayotida tutgan o`rni

  24. Dinning ta`rifi, uning tarkibiy qismlari, diniy ong

  25. Dinshunoslik fanining amaliy ahamiyati

  26. Dinshunoslik fanining maqsadi va vazifalari

  27. Dinshunoslik fanining predmeti

  28. Ekstremistik guruhlarning maqsadlari

  29. Ekstremizm va terrorizmni global muammoga aylanishi

  30. Eng ashshaddiy ekstremistik harakat va tashkilotlar

  31. Fetishizm

  32. Fiqh – musulmon huquqi sifatida

  33. Hadis ilmining shakllanishi

  34. Hadislarni to`plash va kitob holiga keltirishning boshlanishi

  35. Hanafiya mazhabi

  36. Hinduizm dini

  37. Hozirgi davrdagi terrorizm va ekstremizmning tahdidi

  38. Hozirgi kunda din tipologiyasida dinlarning tasniflinishi

  39. Imon tushunchasi va uning yetti sharti

  40. Injil – xristianlik dinining muqaddas kitobi

  41. Islom dini

  42. Islom dinidagi fiqhiy mazhablar

  43. Islom dinining asosiy manbalari

  44. Islom dinining marosimlari

  45. Islom dinining O`rta Osiyoga kirib kelishi va tarqalishi

  46. Islom halifalik davlatini Muhammad (s.a.v)dan so`ng boshqargan halifalar

  47. Islom ma`naviyati va ma`rifatining shaxs va jamiyat munosabatlariga ta`siri

  48. Islom ta`limotining xalqlar madaniyatidagi o`rni

  49. Islom: Makka va madina davri

  50. Islomdagi oqimlar

  51. Islomdagi radikal oqim va guruhlar

  52. Islomga xos marosimlar va odatlar

  53. Islomgacha bo`lgan O`rta Osiyo madaniyati

  54. Islomiy qadriyatlar

  55. Iso Masih shaxsi haqida

  56. Jahon dinlari

  57. Jahon dinlarining kelib chiqishi

  58. Johiliya davridagi ko`p xudolik va arablar ma`naviyati

  59. Konfutsiychilikning Xitoyda tarqalishi

  60. Konfutsiyning falsafiy qarashlari

  61. Magiya (sehrgarlik)

  62. Markaziy Osiyo mintaqasida noqonuniy faoliyat olib boradigan ekstremistik guruhlar

  63. Milliy dinlar

  64. Milliy va islomiy kadriyatlarning tarixan mushtarakligi

  65. Monoteistik din tushunchasi

  66. Movarounnahrga sufiylik kirib kelishi

  67. Muhojirlar va ansorlar

  68. Mustaqil O`zbekistonda diniy hayot

  69. Mustaqilligimiz sharofati bilan madaniy va ma`naviy marosimlarni, diniy qadriyatlarimizni tiklanishi

  70. Mustaqillik sharoitida diniy munosabatlarning o`ziga xos tomonlari

  71. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda dinga yangicha qarash va munosabat bildirilishi

  72. Naqshbandiya tariqati

  73. O`rta Osiyo muhaddislarining hadisshunoslikka qo`shgan hissalari

  74. O`rta Osiyoda tarqalgan tasavvuf tariqatlari

  75. O`zbekiston Respublikasida davlat va din munosabatlari

  76. O`zbekiston Respublikasida vijdon erkinligining konstitutsion ta`minlanishi

  77. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida diniy e`tiqod erkinligi

  78. Politeistik dinlar

  79. Politeizmdan monoteizmga o`tish davridagi arablar ma`naviyati

  80. Pravoslav oqimida sirli rasm-rusumlar

  81. Qadimgi Hindiston milliy dinlari

  82. Qadimgi Xitoy milliy dinlari

  83. Qur`on karimni yahlit kitob shakliga keltirilishi

  84. Qur`oni karim – islom dinining muqaddas kitobi

  85. Qur`oni karimni o`zbek tiliga tarjima qilishi

  86. Qur`onning jamlanishi va tarkibi

  87. Salafiylar tushunchasi

  88. Shariat tushunchasi va manbalari

  89. Shialik ta`limotining sunniylikdan farqlanadigan asosiy jihatlari

  90. Shialik oqimi va uning kelib chiqishi bilan bog`liq tarixiy voqea

  91. Shomonizm

  92. Sintoizm dini

  93. Sobiq sho`rolar davrida mamlakatda ommaviy ateizmni joriy etish harakati

  94. Tasavvuf va uning tariqatlari

  95. Tasavvuf, sufiy yoki mutasavvif so`zlarining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar

  96. Terrorizmning mazmuni va vujudga kelishi sabablari

  97. Toshkentdagi “Mus`hafi Usmoniy” tarixi va Qur`on tarjimalari

  98. Totemizm

  99. Urug`-qabila dinlari

  100. Vahhobiylikning vujudga kelishi va uning ta`limoti

  101. Vedachilik dini

  102. Vijdon erkinligi tushunchasi

  103. Xalqaro terrorizm

  104. Xorijiylar (Xavorijlar) toifasining paydo bo`lishi

  105. Xristian cherkovining Katolik va Pravoslav (ortodoks) cherkovlariga ajralib ketishi

  106. Xristianlik dini

  107. Xristianlik dinini paydo bo`lishi

  108. Xristianlikdagi oqimlar

  109. Xristianlikning bayram va marosimlari

  110. Xristianlikning katolik oqimi

  111. Xristianlikning pravoslav (ortodoks) oqimi

  112. Xristianlikning protestantizm oqimi

  113. Yahudiy marosimlari va bayramlari

  114. Yahudiylik dinining manbalari

  115. Yahudiylik dinining muqaddas kitobi

  116. Yahudiylik dinining paydo bo`lishi

  117. Yahudiylik ta`limoti bo`yicha Muso payg`ambar Tur tog`ida Yahve bilan uchrashganda Yagona Xudo tomonidan tushirilgan 10 ta lavha

  118. Yahudiylik ta`limotiga ko`ra yahudiylar amal qilishi va bajarishi lozim bo`lgan buyruq hamda taqiqlar

  119. Yahudiylik ta`limotining to`rt asosi

  120. Yahudiylikdagi oqimlar

  121. Yaponiya milliy dini

  122. Yassaviya tariqati

  123. Zakot – islomda farz qilingan amallardan biri

  124. Zardushtiylik dinini vujudga kelishi

  125. Zardushtiylik: ta`limoti va axloqi


Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati

  1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017.

  2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017.

  3. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma'naviyat, 2008.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -Toshkent: O‘zbekiston, 2014. -76 b.

  5. O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi taxriri), 1998.

  6. O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish buyicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son farmoni / Xalq so‘zi, 2017 yil 8 fevral.

  7. Abdusamedov A.E. Dinlar tarixi. -Toshkent: O‘zMU, 2004

  8. Yuldoshxujayev X., Raximjonov D., Komilov M. Dinshunoslik. T. 2000-2004 y.

  9. Mo‘minov A. Dinshunoslik (darslik). -Toshkent: «Mehnat», 2004.

  10. Ochildiyev A. Dinshunoslik asoslari (o‘quv qo‘llanma). - Toshkent: “Toshkent islom universiteti” nashriyot matbaa birlashmasi, 2013.

  11. Xasanov A. Islom tarixi (darslik). - Toshkent: Toshkent islom universiteti matbaa-nashriyot birlashmasi, 2008.

  12. Asqar Maxkam. Avesto. Tarixiy-adabiy yodgorlik. Toshkent: Sharq, 2015.

  13. Adams D. The Sewille statement on violeme. Paris, UNESKO, 1991.

  14. Armstrong K. Islam. A Short History. London, 2002.

  15. Jabborov I., Jabborov S. Jaxon dinlari tarixi. Toshkent: O‘zbekiston, 2002.

  16. Imom Al-Buxoriy. Al-Jami as-saxix. IV jildlik. -Toshkent: Komuslar bosh taxririyati, 1991-1993.

  17. Munavvarov Z.I. Islom: Bag‘rikenglik va mutaassiblik. Toshkent, 1998.

  18. Zuxriddin Xusnidinov. Islom (ensiklopediya). - Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2004.

  19. Muxammad Yusuf M.S. Xadis va hayot. T.Z. -Toshkent: SHarq, 2003. - 255 b.

  20. Yablokova I.N. Osnovы religiovedeniya. Pod redaksii Izd. Vtoroe. - M., 1998.

  21. Tashanov A. Mutassiblikning ko‘rinishlari va oqibatlari. - Toshkent: Akademiya, 2011. -32 b.

  22. Abdulaziz Mansur. Qur’oni karim ma’nolarining tarjimasi. -Toshkent: Toshkent Islom Universiteti nashriyoti, 2001, 2007.

  23. Xusniddinov Z.M. Islom yo‘nalishlari, mazxablar, oqimlar. - Toshkent: Movarounnaxr, 2000.

  24. htpp:www.religioustoleranje.org/gld.htm

  25. htpp:www.alreligion.about.com

  26. htpp:www.islam.ru

  27. htpp:www.glossarist.com

  28. www.infoxs.uz

  29. www.turkistonsarkor.uz

  30. www.zivonet.uz


Dinshunoslik fanidan talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi
Ushbu talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i hamda shu buyruqqa asosan ishlab chiqilgan, Namangan davlat universitetining 2018 yil 10-oktyabrdagi 3-sonli Kengashida muhokama qilingan va ma’qullangan Namangan davlat universitetida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi bo‘yicha YO‘RIQNOMA asosida ishlab chiqildi.

Fan o‘qituvchisi tomonidan birinchi mashg‘ulotda Yo‘riqnoma talablari hamda nazorat turlari, soni, shakli va talabalar bilimini baholash mezonlari bilan tanishtiriladi.
Nazorat turlari:

Talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida hamda mashg‘ulotlardan keyin o‘tkaziladi.

Talabalar mashg‘ulotlardagi faolligi fan o‘qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Seminar mashg‘ulotlarida talabalar ishchi fan dasturida belgilangan mavzularning kamida 50 foizini o‘zlashtirishlari va baholanishlari shart. Talabalarning mashg‘ulotlarda olgan baholari barchasi qo‘shiladi va olinishi shart bo‘lgan baholar soniga bo‘lgan holda o‘rtacha baho keltirib chiqariladi.

Mashg‘ulotlar jarayonida talabalar mustaqil ta’limiga alohida e’tibor qaratiladi. Bunda talaba belgilangan TBBM asosida baholab boriladi.

Oraliq nazorat fan o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan yozma ish shaklida semestr davomida bir marta o‘tkaziladi. Yozma ish TBBM asosida baholanadi.

Talabani yakuniy nazoratga kiritilishi o‘quv mashg‘ulotlari (seminar mashg‘ulotlari, mustaqil ta’lim, ma’ruza mashg‘ulotlari yakunida olinadigan oraliq nazoratning yozma ish shakli)da olgan ballari asosida amalga oshiriladi. Bunda talabaning olgan barcha baholari umumlashtiriladi va o‘rtacha baho keltirib chiqariladi.

Talabaning yakuniy nazorat turigacha bo‘lgan o‘rtacha bahosi quyidagicha aniqlanadi:





O‘B =

bu yerda: O‘B- semestrda talabalarning olgan o‘rtacha bahosi;

MO‘B – mashg‘ulotlarda to‘plagan o‘rtacha bahosi;

MTB – mustaqil ta’limdan olgan bahosi;



ONB – oraliq nazorat turining yozma ish shaklida olgan bahosi.

3 – mashg‘ulotlar, mustaqil ta’lim va oraliq nazorat shakllari

Agar talabaning o‘rtacha bahosi 3 bahoga yetmasa yakuniy nazoratga kiritilmaydi.



Yakuniy nazorat turi semestr yakunida talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.

Yakuniy nazorat turini o‘tkazish shakli O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan belgilanadi va ishlab chiqish uchun fakultet dekaniga taqdim etiladi.

Nazorat turlari bo‘yicha materiallar 6 oy mobaynida saqlanadi.

Talabalar bilimini baholash mezoni (TBBM):

Baho

Talabalarning bilim darajasi

5 – “A’lo”

Talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilgandayu

4 – “Yaxshi”

Talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda.

3 – “Qoniqarli”

Talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda.

2 – “Qoniqarsiz”

Talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda.


Talabala bilimini baholash:

Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi. Bunda 5, 4 va 3 baholar nazorat turlariga kirish yoki talabalaga stipendiya tayinlash va kursdan-kursga ko‘chirish uchun asos bo‘lsa, 0, 1 va 2 baholar nazorat turlariga kirish uchun yetarli bo‘lmaydi va belgilangan muddatlarda talaba fandan qayta topshira olmasa akademik qarzdor hisoblanadi.

Oraliq nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Oraliq nazorat ballari yakuniy nazorat o‘tkaziladigan muddatdan kamida bir hafta muddatda umumlashtirilishi va talabalarga fan o‘qituvchisi tomonidan yetkazilishi shart.

Yakuniy nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan yoki markazlashgan holda axborot kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llagan holda amalga oshirilishi mumkin. Kafedra mudiri yillik yuklamadagi fanlar bo‘yicha yukuniy nazoratlarni o‘tkazadigan professor-o‘qituvchilar ro‘yxatini shakllantiradi va ro‘yxatni fakultet dekaniga tasdiqlatadi. Agar belgilangan fan bo‘yicha mashg‘ulot o‘tgan professor-o‘qituvchi(lar)dan boshqa fan bo‘yicha mutaxassis bo‘lmagan hollarda, tegishli kafedra mudiri o‘quv yilining boshida fakultet dekaniga mutaxassis bilan ta’minlash yuzasidan yozma murojaat qiladi. Ushbu holatlarda fakultet dekani mutaxassis yetishmaydigan fan(lar) bo‘yicha mutaxassis topish uchun bevosita mas’ul hisoblanadi.

Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi yakuniy nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etmaydi.

Talaba tegishli fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo‘lishlari shart.

Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.

Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

Talaba uzrli sabablarga ko‘ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.

Talabaga oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini qayta topshirish uchun berilgan muddat davomida talaba tomonidan qayta topshirishlar soni 2 martadan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

Talaba oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan o‘ta olmagan takdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchi va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.

Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini o‘tkazish va talabani baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Baholash natijasidan norozi bo‘lgan talabalar fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan Apellyasiya komissiyasiga apellyasiya berish huquqiga ega.

Apellyasiya komissiyasi tarkibiga talabani baholashda ishtirok etmagan tegishli fan professor-o‘qituvchilari orasidan komissiya raisi va kamida to‘rt nafar a’zo kiritiladi.

Talaba baholash natijasidan norozi bo‘lgan takdirda, baholash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyasiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan apellyasiya Apellyasiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida ko‘rib chiqilishi lozim.

Talabaning apellyasiyasini ko‘rib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega.

Apellyasiya komissiyasi talabaning apellyasiyasini ko‘rib chiqib, uning natijasi bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi. Qarorda talabaning tegishli fanni o‘zlashtirgani yoki o‘zlashtira olmagani ko‘rsatiladi. Apellyasiya komissiyasi tegishli qarorni fakultet dekani va talabaga yetkazilishini ta’minlaydi.

Baholash natijalarini qayd etish:

Talabalar bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan Talabalarning fanlarni o‘zlashtirishini hisobga olish jurnalida qayd etib boriladi.

Professor-o‘qituvchi qo‘shimcha ravishda talabalar bilimini baholashni elektron tizimda ham yuritishi mumkin.

Nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi “3” (qoniqarli) yoki “4” (yaxshi) yoxud “5” (a’lo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Talaba nazorat turi o‘tkazilgan vaqtda uzrli sabablarsiz qatnashmagan hollarda Jurnalga “0” belgisi yozib qo‘yiladi. Agar talaba sababsiz yoki uzrli sabab bilan mashg‘ulotlarga qatnashmasa, unga yo‘q (y yoki nb) qo‘yiladi. Uzrli sabablarga kasallik, uylanish va turmushga chiqish, yaqinlarini olamdan o‘tishi, boshqa joylarga rejalashtirilgan safar va shunga o‘xshash omillar kiritiladi.

Yakuniy nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan yoki Jurnalga “0” belgisi yozib qo‘yilgan hollarda ushbu baho yoki belgi talabaning Baholash daftariga yozilmaydi.



Download 215,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish