Tadqiqot manbalari. Lutfiyning «Ozbek adabiyoti bo’stoni» turkumida
nashr etilgan «Sensan sevarim» to’plamidagi hamda shoirning turli yillarda nashr
etilgan devonlaridagi she’rlari tadqiqot manbalari vazifasini bajardi.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv – malakaviy ishida
Lutfiy hayoti va ijodiga doir ma’lumotlar, shoir lirikasi va uning mavzu hamda
g’oyalar olami, xususan, she’riy san’atlarni qo’llashdagi shoir mahorati masalalari
tadqiq etilgan. Shuningdek, manbalardagi ma’lumotlar umumlashtirilgan va
xulosalar chiqarilgan. Bular ishning nazariy ahamiyatini belgilaydi.
Bitiruv – malakaviy ishi natija va xulosalaridan oliygohlarda «O’zbek
mumtoz adabiyoti tarixi» fani bo’yicha o’tkaziladigan ma’ruza va amaliy
mashg’ulotlarda, maxsus kurslarda, shuningdek, akademik litsey va kollejlarda
adabiyot darslarida foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |