5-Topshiriq: Nutqiy ko‘rsatma bo‘yicha topshiriqni bajarish malakasini aniqlash topshirig‘ini bajarish jarayonida o‘quvchiga namuna asosida kartondan quti yasash topshirig‘i berildi. Ko‘rsatma: “Namunani diqqat bilan qarab chiq va berilgan o‘lcham asosida kartonga quti andozasini chiz. So‘ngra quti andozasini qirqib olib, quti chetlarini yelimlab chiq”. Tadqiqotda ishtirok etgan Namangan viloyati Uchg’org’on tumani Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 46-sonli maxsus maktab internatining 9-sinf 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 10 (50%) nafari kartondan quti yasash vazifasini mustaqil bajardi. 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 8 (80%) nafari pedagog bolaga kartondan quti yasashni ko‘rsatib berib va bolaga shu xarakatni takrorlashni taklif etgandan so‘ng mazkur vazifani bajardi. 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 2 (20%) nafari kartondan quti yasash vazifasini bajara olmadi.
6-Topshiriq:Mehnat faoliyatini mustaqil rejalashtirish malakasini aniqlash topshirig‘ini bajarish jarayonida o‘quvchiga namuna asosida kartondan quti yasashni mustaqil rejalashtirish so‘raldi. Tadqiqotda ishtirok etgan Namangan viloyati Uchg’org’on tumani Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 46-sonli maxsus maktab internatining 9-sinf 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 10 (50%) nafari kartondan quti yasash rejasini tuzish vazifasini mustaqil bajardi. 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 8 (80%) nafari pedagog bolaga kartondan quti yasash rejasini ko‘rsatib berib va bolaga shu harakatni takrorlashni taklif etgandan so‘ng mazkur vazifani bajardi. 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 2(20%) nafari kartondan quti yasash rejasini tuzish vazifasini bajara olmadi.
7-Topshiriq:“Qishloq xo‘jaligi mashinalari” konstruktori detallarini namuna asosida yig‘ish malakasini aniqlash topshirig‘ini bajarish jarayonida o‘quvchiga “Qishloq xo‘jaligi mashinalari” konstruktori detallaridan qishloq xo‘jaligi mashinasini yasash so‘raldi. Tadqiqotda ishtirok etgan eshitishida nuqsoni bo’lgan 9-sinf 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 10 (50%) nafari “Qishloq xo‘jaligi mashinalari” konstruktori detallaridan qishloq xo‘jaligi mashinasini yasash vazifasini mustaqil bajardi. 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 10 (50%) nafari pedagog bolaga “Qishloq xo‘jaligi mashinalari” konstruktori detallaridan qishloq xo‘jaligi mashinasini yasashni ko‘rsatib va bolaga shu harakatni takrorlashni taklif etgandan so‘ng mazkur vazifani bajardi.
8-Topshiriq: “Transport va Qishloq xo‘jaligi mashinalari” konstruktori detallarini namuna asosida qo‘shimcha shart bilan yig‘ish malakasini aniqlash topshirig‘ini bajarish jarayonida o‘quvchilardan “Transport va Qishloq xo‘jaligi mashinalari” konstruktori detallaridan transport mashinasi va qishloq xo‘jaligi mashinasini yasash so‘raldi. Tadqiqotda ishtirok etgan eshitishida nuqsoni bo’lgan 9-sinf 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 10 (50%) nafari “Transport va Qishloq xo‘jaligi mashinalari” konstruktori detallaridan transport mashinasi va qishloq xo‘jaligi mashinasini yasash vazifasini mustaqil bajardi. 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 9 (90%) nafari pedagog bolaga “Transport va Qishloq xo‘jaligi mashinalari” konstruktori detallaridan transport mashinasi va qishloq xo‘jaligi mashinasini yasashni ko‘rsatib va bolaga shu harakatni takrorlashni taklif etgandan so‘ng mazkur vazifani bajardi. 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 1 (10%) nafari “Transport va Qishloq xo‘jaligi mashinalari” konstruktori detallaridan transport mashinasi va qishloq xo‘jaligi mashinasini yasash vazifasini bajara olmadi.