55
norasmiy aloqaga o`tish, va aksincha) o`zgartirilishi, aloqada o`z yetakchiligining ta`minlanishi
(ya`ni aloqani o`z qo`lida saklab turysh imkoniyati) boshqalar.
b)aloqani jonlantnrish mahorati: Bu-mahorat ham ko`pqirralidir.
Rejalashtirish mahorati - keng tushunchadir. U o`z ichiga masalay, ma`ruza - yoki doklad
boshlanguncha bo`ladigan ishlar (mingbarga qanday chiqish, zaldagi shovqin - so`ron
boshlanishini oxirigacha kutib tufish yoki shivir - shivirlash tugamasdanoq ma`ruzani boshlab
yuborish) rejasi "aloqa uslubini (nutqnint sur`ati, ovozning baland va pastlik darajasidan
boshlab to qaerda turib gapirishgacha va boshqa shu kabilarni), tanlab olish. Mana shunday
oldindan rejalashtirilgan ma`ruzaga quydagi misolni keltirish mumkin Tinglovchilar notiqqa
yozib o`zatadigan savollar orasida deyarli har doim ma`ruzachidan topqirlikni talab qiladiganlari
ham bo`ladi. Bunday savolta osongana javob berib bo`lmaydi, shuningdek, uni
murakkablashtirib savolga chalkash javob berish ham mumkin emas. Bunday savolga javob.
berish uchun muayyan vaqt va vaziyatni yuzaga keltirish yoki paytini topish zarur bo`ladi.
Xullas, lektorning har bir javobi tinglovchilarning fikrini chalg`itmasligi, kalavaning uchini
yo`qotib qo`ymasligi" kerak.
v) Aloka urnatish rejasini amalga oshirish mahorati. Xuddi mana shu mahoratni
shakllantirish tashviqotchini professional faoliyatiga tayyorlashning asosiy, hatto yagona
mazmunini tashkil etadi, deya xisoblaydi U qo`yidagi tarkibiy qismlardan iborat bo`ladi.
.
Birinchidan, muayyan bir stilistik uslubni (registrni) tanlabolish va unga izchil ravishda,
roiya qilib borish kerak. Bu targ`ibotchining o`zi turli auditoriyada hal hil mavzularda va hatto
bitta mavzuda ma`ruza o`qigan vaqtida gog`o'akademiklarday" viqor bilan turib rasmiy
ishchanlik normalariga roiya qiladi yoki ilmiy uslubini ta`kidlab ko`rsatadi, goho esa
so`zamollik elementlariga yo`l qo`yib tinglovchilar bilan erkin zuhbat olib borayottanday
bo`ladi. Bunda notiqning mahorati shundan iborat bo`ladiki, samarali ta`sir ko`rsatishni
eng ko`p darajada ta`min etuvchi zarur usul va shaklini adashmay topib olish i kerak
bo`lady.
Ikkinchidan, zarur til vositalari - leksik, grammatik, fonetik va boshqa vositalarni to`liq
egallab olish va ulardan differentsial tarzda foydalanish kerak. Tilning bunday
vositalaridan to`la ravishda maksimum darajada faol foydalana bilish mahoratini egallab
olish zarur. Bu vositalardan har tomonlama differentsial tarzda foydalanish deganda mazkur
auditoriyaga ta`sir ko`rsatish nuqtai nazaridan qaraganda ko`proq samara beradigan hamda
lektorning fikri va kayfiyatini hammadan ko`ra ravshanroq ifoda eta oladigan vositalarni
tanlay olish va foydalana bilish
mahorati tushuniladi.
Uchinchidan, ovozni balandlatish, mantiqiy urg`u, intonattsiya va pao`zalar, imo -
ishoralar va boshqa vositalardan ongli ravishda va aniq maqsadni ko`zlab foydalanish
zarur. To`rtinchidan
kishining o`z_ovozini o`zi boshqara olish mahorati muhum ahamiyat
kasb etadi. Bu alohida juda katta masala bo`lib, buni egallash ko`p mehnat va istedod talab
qiladi. g)
Do'stlaringiz bilan baham: