1.2 Neftni atmosfera – vakuumli haydash texnologik tizimi tavsifi
Yuqori quvvatdagi zamonaviy neftni atmosfera – vakuumli sharoitda haydash qurilmalari quyidagi bloklardan tuzilgan holda quriladi:
Neftni issiqlik almashtirgichlarda dastlabki qizdirish;
Neftni elektr tuzsizlantirish va suvsizlantirish (ELOU);
Issiqlik almashtirgichlarda navbatdagi qizdirish;
Neftni benzinsizlashtirish;
Atmosfera kolonnasi;
Mazutni vakuum ostida fraksiyalash;
Benzinni barqarorlashtirish va uni qisqa fraksiyalar olishda ikkilamchi haydash1.
Qurilmaning texnologik sxemasi 13-rasmda keltirilgan:
Xom ashyo neft bir necha parallel oqimlarda 7, 8, 9, 10, 11, 12 va 13 issiqlik almashtirgichlar guruhidan o’tib 100–1300C gacha qizdiriladi va to’rt parallel oqimda 14-elektrogidratorlarga tushadi. Elektrogidratorlardan chiqib, 15 va 16 issiqlik almashtirgichdan o’tib, 18-issiqlik almashtirgichda qo’shilgan holda qizdiriladi. Neft 200–2500C gacha qizdirilib, 19-benzinsizlantirish kolonnasiga tushadi. Bu kolonna yuqorisidan gaz, benzin va suv bug’lari chiqariladi.
Benzinning sirkulyatsiyalanuvchi qismi 25-nasos yordamida kolonnaga qaytariladi, balansdan ortiq qismi benzinni barqarorlashtiruvchi 59-kolonnaga beriladi. Kolonna 19 ni pastidagi temperaturani saqlash uchun benzinsizlantirilgan neft pechda 250 – 3700C da qizdirilib, kolonna pastki qismiga qaratib turiladi. Benzinsizlantirilgan neftning balans qismi 26-nasos yordamida 27-pechga beriladi va 370 – 3800C da qizdirilgan holda 30-chi atmosfera kolonnasiga beriladi.
Atmosfera kolonnasi 30 yuqorisidan og’ir benzin va suv bug’lari, shuningdek, neftni 27-pechda qizdirish vaqtida hosil bo’lgan parchalanish gazlari chiqariladi. Olingan gaz–benzin–suv aralashmasi 33-separatorda ajratiladi. Og’ir benzin fraksiyasi kondensati yengil benzin bilan birgalikda barqarorlashtirish kolonnasiga beriladi. Atmosfera kolonnasi yuqorisiga beriladigan sovutilgan quyilish kolonnadagi uchinchi tarelkadan chiqarilib, 34havoli sovitkich, 37-suvli sovutkichlarda sovutilib, 43-nasos yordamida kolonnaga qaytariladi.
Kerosin fraksiyasi 35-bug’latish kolonnasi pastki qismidan 42-nasos yordamida 7 va 6-sovitkichlar orqali qurilmadan chiqariladi.
Dizel yoqilg’i fraksiyasi 36-bug’latish kolonnasidan nasos 41 yordamida chiqariladi. Chiqayotgan dizel yoqilg’isi issiqligi 68- issiqlik almashtirgich– qizdirgichda, so’ngra 9-issiqlik almashtirgichdan foydalaniladi. Dizel yoqilg’isini olishni ko’paytirish uchun 30-kolonna pastda o’ta qizdirilgan (4000C) suv bug’i kiritiladi, shuningdek, 35 va 36 bug’latish kolonnalarida ham yengil fraksiyalarni ajratish uchun qizdirilgan suv bug’i kiritiladi.
Atmosfera kolonnasi 30 da yana ikkita cirkulyaciya quyilishi mavjud, ya`ni o’rta va quyi sirkulyatsiyalardir. Atmosfera kolonnasi pastidan 40-nasos yordamida mazut, 56-zmeevikli vakuum pechida qizdirilib, 380–4000C da 48vakuum kolonnasiga beriladi.Kolonna 48 yuqorisidagi quyilishda I moy fraksiyasidan foydalaniladi, ya`ni 51-nasos yoramida 12-issiqlik almashtirgich orqali o’tib, 47-chi havoli sovitkichda sovitilib, 48-kolonnaga qaytariladi.Balansdan tashqari miqdori qurilmadan chiqariladi.
Vakuum kolonnasi yuzasidan kondensiyalanmagan komponentlar(parchalanishda hosil bo’lgan gazlar, yengil fraksiyalar, suv bug’lari va havo aralashmalari) 46-havoli sovitkichda va qobiq tipli suvli sovitkich 45da sovitilgandan so’ng gaz-suyuqlik aralashmasi vakuum hosil qilish tizimiga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |