Tajriba №8. Amidopirinreaksiyas i.Asbob va reaktivlar: Shtativ probirkalari bilan, amidopirin, temir (III)xlorid, 1 % li eritma.
Ishning bajarilishi:Probirkaga amidopirinning kristallaridan bir necha dona solib ustiga 2-3 tomchi suv va 1 tomchi temir (III)-xloridning 1% li eritmasidan qo`shsak ko`kimtir-binafsha rang hosil bo`ladi. Bu rang tezda uchib ketadi. Temir (III) - xloridning eritmasidan bir necha tomchi qo`shganimizda yana rang paydo bo`ladi va asta-sekin rangsizlana boradi.
Amidopirinda pirazolon xalqasida vodorod atomlari bo`lmaganligi uchun antipirin kabi enol formasiga o`ta olmaydi. Shu sababli temir (III)- xlorid bilan turoq rangli birikma hosil qilmaydi. Tezda uchib ketadigan rang aminogruppaning temir (III)-xlorid bilan oksidlanishi hisobiga hosil bo`ladi. Amidopirin ham antipirin kabi issiqni pasaytiruvchi va og`riqni qoldiruvchi vosita sifatida ishlatiladi:
Amidopirin
Do'stlaringiz bilan baham: |