Namangan davlat universiteti Jismoniy madanyat fakulteti Jismoniy madaniyat yo’nalishi



Download 22,65 Kb.
bet1/2
Sana14.07.2022
Hajmi22,65 Kb.
#797683
  1   2
Bog'liq
баённома № 23 24.02.2022


Namangan davlat universiteti
Jismoniy madanyat fakulteti
Jismoniy madaniyat yo’nalishi


Jismoniy madaniyat JSM-GR-21 -guruhi talabalari
2022-yil 24-fevral kuni o'tkazilgan “Mustaqillik darsi”


BAYONNOMASI № 23


Mavzu: Kamoliddin Behzod ijodi va portretlari.

Movarounnahr va Xurosonda XV asrdagi Renesans (Uyg‘onish davr) vakillaridan biri, “Sharq Rafaeli”, ulug‘ musavvir va miniaturasoz Kamolliddin Behzoddir. Nafaqat musulmon Sharqi xalqlari, balki butun dunyo xalqlari san’ati tarixida sezilarli iz qoldirgan, uning taraqqiyotiga o‘zining barakali hissasini qo‘shgan zabardast musavvir Kamoliddin Behzod 1455-yilda Hirotda kambag‘al hunarmand oilasida dunyoga kelgan. Behzod ota-onadan erta ajraladi. Uni bolaligidayoq Hirotning mashhur musavviri Amir Ruhillo (Mirak Naqqosh) o‘z tarbiyasiga olib, tutingan otasi bo‘ladi va har tomonlama ilmli qilib voyaga yetkazadi. Yosh Kamoliddin Mirak Naqqosh tarbiyasida uning Hirotdagi Nigoristonida(san’at akademiyasida) naqqoshlik va miniaturasozlik hunarining sir-asrorlarini o‘rganadi. Behzodning buyuk musavvir, naqqosh va miniaturasoz bo‘lib yetishuvining muhim omillaridan biri – bu uning XV asrning ikkinchi yarmida mashxur shoir Alisher Navoiyning nazariga tushib, badiiy g‘oyaviy va estetik jihatdan ulug‘ mutafakkir va homiy dahosidan bahramand bo‘lganligidadir.


San’at va nafosatga ishtiyoqi nihoyatda kuchli bo‘lgan Behzod g‘oyatda mehnatsevarligi, zahmatkashligi, o‘tkir aqlu-zakovati tufayli iste’dodi kundan-kunga ortib boradi va tez orada Hirotda mashhur musavvir bo‘lib taniladi. Alisher Navoiy maktabdoshi va do‘sti, podshoh Sulton Husayn Boyqaro Behzodni o‘z huzuriga saroyga jalb qiladi, unga saroydan maxsus joy ajratib, ijodiy ishlar bilan shug‘ullanishi uchun barcha sharoitlarni muhayyo qilib beradi. 1487-yilda esa Behzod Sulton Husayn Boyqaroning shaxsiy farmoni bilan Hirotdagi saltanat kutubxonasiga boshliq etib tayinlanadi.
XV asr oxirlariga kelib Hirotdagi Temuriylar saltanati avj olib borayotgan toju-taxt uchun o‘zaro janggu-jadallar tufayli asta-sekin yemirila boshladi. Bu davrga kelib Behzodnoing Hirotdagi eng sevimli homiysi Mavlono Abdurahmon Jomiy, so‘ng ustozi Alisher Navoiy birin-ketin olamdan o‘tadi. 1506-yilda Hirotdagi Temuriylar sulolasining so‘nggi qudratli vakili Sulton Husayn Boyqaro vafot etadi. Shundan keyin shahzodalar Hirot saltanatini halokat yoqasiga olib keladilar. 1507-yilda ko‘chmanchi o‘zbek qabilalarining xoni Shayboniyxon Hirot taxtini osonlik ila ishg‘ol etadi. Bunday beayov to‘qnashuvlar toju-taxt uchun uzluksiz qonli ur-yiqitlar sharoitida ham Kamoliddin Behzod Hirotda qolib, o‘zining ijodiy faoliyatini davom ettiradi.
Behzod 3 yilcha Hirotda Shayboniyxon saltanatiga qarashli saroyda ish olib borarkan, Behzod san’ati oldida lol qolgan Shayboniyxon uning ijodiy ishlariga to‘sqinlik qilmaydi, aksincha bu ulug‘ miniaturasozga ishlashi uchun qulay sharoit yaratib beradi. Behzod Shayboniyxonning tasvirini aynan o‘sha yillari chizgan bo‘lishi kerak.
1510-yilda Shayboniylar lashkari bilan Erondagi kuchayib borayotgan Safaviylar lashkari o‘rtasida Marv yonidagi Tohirobod degan joyda shiddatli jang bo‘ladi. Jang maydonida Shayboniyxon qo‘shnilari tor-mol etiladi. Shunday qilib, 1510-yilda Hirot Safaviylar qaramog‘iga o‘tadi.
Shoh Ismoil Safaviy 1512-yilda Hirotdagi bir-nechta iste’dodli san’atkorlarni saltanat poytaxti Tabrizga olib keladi. Hirotdan Tabrizga olib ketilganlar orasida zabardast san’atkor Kamoliddin Behzod va uning bir guruh iste’dodli shogirdlari ham bor edi. Bu paytga kelib, Behzod va uning Hirotdagi musavvirlik maktabining dovrug‘i butun Sharqqa tarqalgan edi. Behzodning san’atini yuksak qadrlagan shoh Ismoil Safaviy ham naqqoshga ijod qilmoq uchun Tabrizda barcha zarur sharoitlarni yaratib beradi.
Behzod va uning shogirdlari Tabrizda o‘zgalarining ijodiy ishlarini samarali ravishda davom ettiradilar. Behzod Tabrizda Hirotdan keyingi nafis tasviriy san’atning yana bir ulkan maktabini yaratadi. O‘sha paytlarda Tabrizda umuman Eron san’atida ham ichki siyosiy ahvol yaxshi emas edi. Usmonli Turk sultoni Salim Poshsho Eronga ketma-ket tahdid solib turadi. Behzodning boshiga yana og‘ir musibatlar tushadi. 1512-1522 yillar Behzod hayotida og‘ir va musibatli yillar bo‘ldi. Bu yillar orasida u ahyon-ahyonda ona yurti Hirotga ham borib kelib turgan. 1522-yilda Shoh Ismoil Safaviy maxsus farmon chiqarib, Behzodni Tabrizdagi saltanat kutubxonasiga boshliq etib tayinlaydi. Sekin asta og‘ir kunlarni boshdan kechirib, 1537-yilda Hirotda olamdan o‘tadi. Uni ham Hirot aholisi chuqur iztirob ila, Ko‘hi Muxtor tog‘i yonbag‘riga, jiyani va shogirdi Rustam Alining qabri yoniga dafn qiladilar. Behzod miniatura san’ati tarixida maxsus maktab “Behzod maktabini” yaratdi. U real hayot hodisalari va tabiatni tasvirlash uslubi, bo‘yoqlardan foydalanish vositalari, rasmga olinayotgan voqealarni nozik chiziqlarda ifodalash yo‘llari, inson kayfiyati va xarakatini aks ettira bilishdagi ustaligi, rasm kompozitsiyasining kengligi va turli-tuman hodisalarni qamrab ola bilishi, ajoyib estetik zavq uyg‘otishi bilan miniatura san’atini yangi bosqichga ko‘tardi, uning tarixida yangi davr yaratdi.
Behzod ijodi va merosini o‘rganuvchi mutaxassislar fikricha, uning hozirgacha ma’lum bo‘lgan asarlari tahminan 30 ta rasm va rasmlar turkumidan iborat, ulardan eng mashxurlari quyidagilar: 1.Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”siga ishlangan miniaturalar. 2. Husayn Boyqaroning majlislari tasvirlangan muraqqa’dagi 40 dan ortiq go‘zal miniaturalar. 3.Abdurahmon Jomiyning “ Solomon va Ibsol” asariga ishlangan miniaturalar. 4.Amir Xusrav Dehlaviyning “Xamsa”siga ishlangan 33 ta ajoyib miniatura. 5.Sa’diyning “Bo‘ston” asariga ishlangan miniature. 6.Nizomiy Ganjaviyning “Hamsa” asariga chizilgan noyob va benazir miniaturalar. 7.Abdulloh Xotifiyning “Temurnoma” asariga chizilgan miniatura. 8.Sa’diyning “Guliston” asariga ishlagan miniatura. 9. Abdurahmon Jomiy tasviri. 10.Husayn Boyqaro tasviri. 11. Shayboniyxon tasviri. 12.Shox Taxmas tasviri. 13.Shoir Abdulloh Xotifiy tasviri. 14. Tuyalar janggi. 15.Raqsi darvish. (darvishlar raqsi). 16.Samarqandda madrasalar qurilishi. Bulardan tashqari hozir jahonning turli qit'alaridagi muzey va ayrim kishilarning shaxsiy kolleksiyalarida saqlanayotgan Kamoliddin Behzod qalamiga mansub «Oriflar zikri», «Bir kampir va yigit», «Bahrom Go'r ovda», «Sulton Husayn saroyida ziyofat» asarlari va shoir Abdurahmon Jomiylar portret-tasvirlari realistik uslubdagi shoh asarlar tariqasida allaqachon umumjahon madaniy mulkiga aylanib ulgurgan. K.Behzodning Darvesh portreti 1500 yilda yaratilgan. Behzod qadimgi estetika uchun begona – aniq hissiy ko‘rinish dan voz kechgan. U o‘zining obrazlarida tasvirlangan ruhiy holatlarni va ichki xususiyatlarni yetkazishga harakat qiladi. Asarning o‘ziga xos jihati uni talqin qilishdagi umumiy tarkibiy qism XV-XVI asrlardagi Yevrjpa badiiy an’analari bilan rasmiy emas, balki tarkibiy-semantik aloqasi mavjudligini anglatadi.
Xulosa yakunida demak, Kamoliddin Behzod uzoq va sermahsul hayot yo‘lini bosib o‘tdi. Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Shoh Ismoiy Safaviy, Shox Tahmasb Safaviylar hukmronlik qilgan turli-tuman, bir-biriga g‘oyatda ziddiyatli to‘rt saltanatni ko‘rdi. Temuriylar sulolasi poytaxti Hirotda va Safaviylar poytaxti Tabrizda yashab, o‘z davrining barcha azob-uqubatlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib mushohada qildi, o‘z atrofini o‘rab turgan ijtimoiy borliqdan olgan o‘ta boy va rang-barang taassurotlarini, ichki kechinmalarini, latif va nozik kayfiyatlarini o‘zining sermahsul va go‘zal ijodida zo‘r mahorat hamda kuchli zavq va ishtiyoq bilan tasvirladi. Behzod nafaqat Sharq xalqlari musavvirchiligi tarixida, balki jahon rasm san’at tarixida o‘chmas iz qoldirgan, o‘zining ajoyib va qimmatbaho miniatura durdonalari bilan butun dunyo madaniyati tarixida salmoqli o‘rin olgan buyuk va zabardast san’atkordir.



Download 22,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish