Namangan davlat universiteti ikromjon kuzikulov qo'qon xonligi


Qo'qon  xonligi  davrida  me'morchilik



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/50
Sana30.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#94727
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
Qo'qon xonligi tarixi. Kuzikulov I

Qo'qon  xonligi  davrida  me'morchilik.  Qo'qon  xonligi 

davrida  me'morchilik  san'ati  rivojlangan.  Madrasa,  masjid,  maq- 

bara,  karvonsaroy,  hammom  kabi  imoratlar  qurilishida  Turkiston 

me'morchiligiga  xos  uslublardan  foydalanilgan  bo'lsa-da,  ayrim 

o'ziga xos  xususiyatlari mavjud edi.  Bu mahalliy  sharoit,  qurilish 

materialliri,  qolaversa,  urf-odatlar ta'siridan kelib  chiqqan.  Masa- 

lan,  Qo'qonda  barpo  etilgan jom e'  masjidi  haqida,  bir  tomonga 

uzun  cho'zilgan,  ustunlari  ko'p  va  baland  joylashgan  ayvonli, 

yarim  yopiq,  derazalari  kam,  ya'ni  Farg'ona  vodiysiga  xos 

bo'lgan uslubda qurilgan, deb yozilgan.

Qo'qon  xonligida  bunyod  etilgan  eng  yirik  inshootlar  qato- 

riga  shahar  devori  va  xon  o'rdasini  kiritish  mumkin.  Shahaming 

ajralmas  qismi  bo'lgan,  muhim  me'moriy  yodgorlik  hisoblangan 

shahar devori hozirgi kungacha saqlanib qolmagan.  Shahar devori 

haqida  Qo'qonda  bo'lgan  F.  Nazarov,  I.  Potanin,  A.  Xoroshxin 

kabi  rus  elchilarining  esdaliklaridan  ma'lumot  olish  mumkin. 

Hozirgi kungacha saqlanib qolgan Xudoyorxon o'rdasi XIX asrga 

oid  bo'lgan  muhim  me'moriy  obida  hisoblanadi.  .O'rdaning 

qurilishida  Mir  Ubaydullo  usta,  Usta  Soli  hoji,  Mullo  Suyarqul, 

Fozilxoja,  Usta  So'fi  Yo'ldosh  kabi  qo'qonlik  yoki  boshqa 

hududlardan  taklif etilgan  usta  hamda  naqqoshlar  bilan  minglab 

xonlik aholisi vakillari ishtirok etganlar.

Xonlikning  Qo'qon,  Marg'ilon,  Andijon,  Namangan,  O'sh, 

Xo'jand  kabi  yirik  shaharlarida  yuzlab  madrasalar  qurilgan.  H. 

Bobobekov  “Qo'qon tarixi”  asarida madrasalaming bir nechasiga

- 8 0 -



ta'rif bergan.  Norbo'tabiy  madrasasi,  Madalixon  madrasasi,  Haz- 

rat Kalon Sohib madrasasi, Madrasai Oliy, Madrasai Hokim oyim, 

Madrasai  Kamol  qozi,  Madrasai  Tunqator,  Madrasai  Haqquli 

mingboshi,  Mohlar  oyim  madrasasi  kabilar  shular jumlasidandir. 

Madrasalaming ayrimlarigina hozirgi kungacha saqlanib qolgan.

Xonlik  davrida  barpo  etilgan  imoratlaming  yana  bir  turi 

maqbaralardir.  Maqbaralaming barchasi  bir necha  qismdan  iborat 

majmuadir,  ya'ni  go'rxonadan  tashqari  ziyoratxona,  masjid  kabi 

imoratlari  bo'lgan.  Dahmai  shohon,  Dahmai  Modarixon,  Xo'ja 

Amin, Maxdumi A'zam kabi maqbaralar qurilishining har biri  o'z 

tarixiga  ega.  Masalan,  Xo’ja   Amin  maqbarasi  XVIII  asrning 

ikkinchi yarmida bunyod etilgan bo'lib,  maqbarani bezashda XIV 

asr boshida O'rta Osiyolik me'morlar foydalangan rang-barang sir- 

kor  qoplamadan  siqib  chiqargan  o'yma  sopol  qo'llangan.  Tarixiy 

manbalarda  yozilishicha,  XVI  asrning  oxirlarida  Shayx  Hovandi 

Tahur avlodlaridan bo'lgan Iminxo'ja Eshon Toshkentdan Naman- 

ganga  kelib,  o'mashib  qoladi.  Unga  ixlos  qiluvchi  kishilar  ko'pa- 

yib  ketadi.  Iminxo'ja Eshon  qaynotasidan meros  qolgan  boyliklar 

evaziga  Ibrohimxo'ja  xotiralari  uchun  taxminan  XVII  asr  oxiri  -

XVIII asr boshlarida Ibrohimxo'ja qabrining oldi tarafiga maqbara 

bunyod  etgan.  Maqbara qurilishiga o'sha davming mohir me'mor- 

lari jalb qilinib, u juda nozik did bilan qurilgan.

Qo'qon xonligida bunyod etilgan jamoat inshootlari  qatoriga 

bozorlar, karvonsaroylar, ko'priklar kabi qurilmalami ham kiritish 

mumkin.  Bunday  inshootlar xonlikning  iqtisodiy,  ijtimoiy hayoti- 

da ham muhim o'rin tutgan.

Tayanch  iboralar: xalq maorifi, maktablar, madrasalar,  ilm, 

tariqat, san'at, tarixnavislik, adabiyot, me'morchilik.




Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish