Namangan davlat universiteti ikromjon kuzikulov qo'qon xonligi


XIX  asrning  boshlarida  Qo'qon-Buxoro  munosabatlari-



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/50
Sana30.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#94727
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50
Bog'liq
Qo'qon xonligi tarixi. Kuzikulov I

XIX  asrning  boshlarida  Qo'qon-Buxoro  munosabatlari- 

ning  keskinlashuvi.  Buxorodan  ajralib  chiqqan  Qo'qon  xonligi

XIX  asr boshlarigacha bo'lgan davrda o'z mustaqilligini mustah- 

kamlash  va  chegaralarini  kengaytirishga  erishdi.  XIX  asr  bosh- 

lariga  kelib  xonlikda  markazlashish jarayoni  kuchaydi.  Olimxon 

(1798-1810)  aw al  Farg'onani,  so'ng  Toshkent  va  Chimkentni 

to'laligicha  qo'l  ostiga birlashtirishga  erishdi.  Olimxondan  keyin 

Umarxon  davrida  (1810-1822-y.y.)  Issiqko'l,  Ili  vodiysigacha 

bo'lgan  yerlar  hamda  Sirdaryo  etaklaridagi  qozoq  dashtlari  ham 

Qo'qon  xonligiga  bo'ysundirildi.  Buxoro,  Xiva  va  Toshkentni 

tutashtiruvchi hududda Oqmachit qal'asi barpo etildi.

Umarxon Buxoro amiri bilan yaxshi qo'shnichilik aloqalarini 

olib  borgan,  deyish  qiyin.  U  avval  Buxoro  amiri  Amir  Haydar 

bilan  ittifoq tuzgan bo'lsa-da,  1815-yilda Buxoroga qarashli bo'l­

gan  Turkistonga  yurish  qilgan.  Urush  boshlanishining  asosiy 

sababi, Rossiyaga boradigan savdo yo'llariga egalik qilish edi.

1817-yilda  O'ratepada  xonlikka  qarshi  qo'zg'olon  ko'taril- 

gan.  Xon qo'shinlari juda qiyinchilik bilan bo'lsa-da,  qo'zg'olon- 

ni  bostirgan.  Umarxonning  buyrug'i  bilan  bir  necha  qo'zg'olon- 

chilar  qatl  etilgan.  1821-yili  qozoqlar  qo'zg'oloni  boshlangan. 

Qo'zg'olonchilar  vaqtincha  Sayram  va  Chimkentni  egallashga 

erishganlar.  Davlat chegaralarini  mustahkamlash va kengaytirish- 

da muvaffaqiyatga erishgan Umarxon  1822-yili kasallikdan vafot 

etgan.  Uning  vafotidan  so'ng  Qo'qon  taxtiga  12  yoshli  (ayrim 

manbalarda  15  yoshli)  o'g'li  Muhammad  Alixon  (Madalixon) 

o'tirdi.

Madalixon  taxtga  chiqqanidan  so'ng  ishni  otasi  hokimiyati 

davridagi  norozi  bo'lganlami  qatl  etishdan  boshladi.  Buning  oqi-

-

3 9

-



batida xonga qarshi muxolifat vujudga kelgan.  1826-1832-yillarda 

Madalixon  Sharqiy  Turkistonda  Xitoy  imperiyasiga  qarshi  urush 

olib  borgan.  Bunga  bahona  bo'lgan  voqea  Xitoy  hukumatining 

Sharqiy  Turkistonda  xojalar  va  musulmonlarga  tazyiqi  edi. 

Muhammad  Alixonning  Sharqiy  Turkistonda  musulmonlar 

himoyasi  uchun  uyushtirgan  yurishlari  Buxoro  amirining  nazari- 

dan  chetda  qolmagan.  V.  Nalivkinning  yozishicha,  amir  Haydar 

1826-yili  xon  huzuriga  Ismatullabiy  boshchiligidagi  elchilami 

sovg'a-salomlar bilan jo'natgan.

Muhammad  Alixon  Sharqiy  Turkistondagi  muvaffaqiyat- 

lardan  so'ng  tog'li  tojiklaming  yerlarini  bosib  olishni  reja- 

lashtirgan. 

1834-yilgacha 

Qorategin, 

К о 'lob 

va 


Daroz 

viloyatlarini  bo'ysundirgan  hamda  Vahon,  Shug'on,  Roshon 

hududlariga  qo'shin tortgan.  Ma'lumki,  bu  yerlar Buxoro  amirli- 

giga  qarashli  yoki  unga  qaram  hududlar  edi.  Y.  Qosimovning 

ta'kidlashicha,  1745-1746-yillarda qalmoqlaming Farg'ona vodiy- 

siga  hujumi  va  qo'qonliklaming  qalmoqlar  ustidan  g'alabasidan 

so'ng  Buxoro  xonligi  Qo'qon  xonligini  mustaqil  davlat  sifatida 

tan  olishga  majbur  bo'lgan.  Shunday  bo'lsada,  Buxoroning  Qo'­

qon  xonligiga  nisbatan  munosabati  yaxshilanmadi.  Qo'qon 

xonining  Qorategin,  К о 'lob,  Daroz,  Vahon,  Shug'non,  Roshon 

hududlariga  yurishi,  O'ratepa  hamda  Jizzax  yerlariga  da'vosi 

munosabatlami yanada chigallashtirgan.

Madalixon  tashqi  siyosatda  bir  qator  muvaffaqiyatlarga 

erishgan  bo'lsa-da,  Qo'qon  xonligida  xondan  norozi  guruhlar 

harakati  pasaymagan.  Bosib  olingan  hududlardagi  norozilik, 

xonlikdagi  etnik xilma-xillik masalaning chigallashishiga yordam 

berdi.


Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish