XIX asrning boshlarida Qo'qon-Buxoro munosabatlari-
ning keskinlashuvi. Buxorodan ajralib chiqqan Qo'qon xonligi
XIX asr boshlarigacha bo'lgan davrda o'z mustaqilligini mustah-
kamlash va chegaralarini kengaytirishga erishdi. XIX asr bosh-
lariga kelib xonlikda markazlashish jarayoni kuchaydi. Olimxon
(1798-1810) aw al Farg'onani, so'ng Toshkent va Chimkentni
to'laligicha qo'l ostiga birlashtirishga erishdi. Olimxondan keyin
Umarxon davrida (1810-1822-y.y.) Issiqko'l, Ili vodiysigacha
bo'lgan yerlar hamda Sirdaryo etaklaridagi qozoq dashtlari ham
Qo'qon xonligiga bo'ysundirildi. Buxoro, Xiva va Toshkentni
tutashtiruvchi hududda Oqmachit qal'asi barpo etildi.
Umarxon Buxoro amiri bilan yaxshi qo'shnichilik aloqalarini
olib borgan, deyish qiyin. U avval Buxoro amiri Amir Haydar
bilan ittifoq tuzgan bo'lsa-da, 1815-yilda Buxoroga qarashli bo'l
gan Turkistonga yurish qilgan. Urush boshlanishining asosiy
sababi, Rossiyaga boradigan savdo yo'llariga egalik qilish edi.
1817-yilda O'ratepada xonlikka qarshi qo'zg'olon ko'taril-
gan. Xon qo'shinlari juda qiyinchilik bilan bo'lsa-da, qo'zg'olon-
ni bostirgan. Umarxonning buyrug'i bilan bir necha qo'zg'olon-
chilar qatl etilgan. 1821-yili qozoqlar qo'zg'oloni boshlangan.
Qo'zg'olonchilar vaqtincha Sayram va Chimkentni egallashga
erishganlar. Davlat chegaralarini mustahkamlash va kengaytirish-
da muvaffaqiyatga erishgan Umarxon 1822-yili kasallikdan vafot
etgan. Uning vafotidan so'ng Qo'qon taxtiga 12 yoshli (ayrim
manbalarda 15 yoshli) o'g'li Muhammad Alixon (Madalixon)
o'tirdi.
Madalixon taxtga chiqqanidan so'ng ishni otasi hokimiyati
davridagi norozi bo'lganlami qatl etishdan boshladi. Buning oqi-
-
3 9
-
batida xonga qarshi muxolifat vujudga kelgan. 1826-1832-yillarda
Madalixon Sharqiy Turkistonda Xitoy imperiyasiga qarshi urush
olib borgan. Bunga bahona bo'lgan voqea Xitoy hukumatining
Sharqiy Turkistonda xojalar va musulmonlarga tazyiqi edi.
Muhammad Alixonning Sharqiy Turkistonda musulmonlar
himoyasi uchun uyushtirgan yurishlari Buxoro amirining nazari-
dan chetda qolmagan. V. Nalivkinning yozishicha, amir Haydar
1826-yili xon huzuriga Ismatullabiy boshchiligidagi elchilami
sovg'a-salomlar bilan jo'natgan.
Muhammad Alixon Sharqiy Turkistondagi muvaffaqiyat-
lardan so'ng tog'li tojiklaming yerlarini bosib olishni reja-
lashtirgan.
1834-yilgacha
Qorategin,
К о 'lob
va
Daroz
viloyatlarini bo'ysundirgan hamda Vahon, Shug'on, Roshon
hududlariga qo'shin tortgan. Ma'lumki, bu yerlar Buxoro amirli-
giga qarashli yoki unga qaram hududlar edi. Y. Qosimovning
ta'kidlashicha, 1745-1746-yillarda qalmoqlaming Farg'ona vodiy-
siga hujumi va qo'qonliklaming qalmoqlar ustidan g'alabasidan
so'ng Buxoro xonligi Qo'qon xonligini mustaqil davlat sifatida
tan olishga majbur bo'lgan. Shunday bo'lsada, Buxoroning Qo'
qon xonligiga nisbatan munosabati yaxshilanmadi. Qo'qon
xonining Qorategin, К о 'lob, Daroz, Vahon, Shug'non, Roshon
hududlariga yurishi, O'ratepa hamda Jizzax yerlariga da'vosi
munosabatlami yanada chigallashtirgan.
Madalixon tashqi siyosatda bir qator muvaffaqiyatlarga
erishgan bo'lsa-da, Qo'qon xonligida xondan norozi guruhlar
harakati pasaymagan. Bosib olingan hududlardagi norozilik,
xonlikdagi etnik xilma-xillik masalaning chigallashishiga yordam
berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |