Namangan davlat universiteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/117
Sana30.12.2021
Hajmi1,46 Mb.
#193968
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   117
Bog'liq
ijtimoiy-madaniy faoliyat sohasida reklama.

 
 
 
 
 
 
 


REKLAMA DA  RANGLI  SURATLARNING  O‘RNI  VA AHAMIYATI 
Reja:  
1.  Reklamada rangli suratlardan foydalanish 
2.  Reklamada rangli suratlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari  
 
 Reklamada  rangli  rasmlarning  berilishi  mehnat  to‘lovlari  uchun  emas,  balki  gazeta 
sahifalari  uchun  juda  kimmatga  tushadi.  Reklama  kompaniyasining  uchdan  bir 
yoki yarim byudjeti illyustratsiya uchun sarf qilinadi. Barcha qimmatbaho narsalar 
samarali  bo‘lishi  kerak,  aks  holda  pullar  havoga  ketadi.  Shuning  uchun  tasviriy 
sanatda reklama - birinchi bo‘lib o‘rganilishi kerak bo‘lgan fandir.  
Illtostrapiyalar shunchaki qizikarli bo‘lishi kerak emas, balki shunchaki ko‘zga 
ilinadigan  bo‘lishi  kerak.  Reklama  e'lonlari  qiziqtirish,  ko‘ngilni  ochish  yoki 
ko‘tarish,  ommani  ovutish  uchun  yozilmaydi,  balki  jiddiy  sabab  bois,  ya'ni, 
kelgusidagi  pul  harajatlari  sababli  yoziladi,  hamda  cheklangan  kamchilikka 
murojaat qilinadi. 
 Faqat shunday illyustratsiyalardan foydalaningki, odamlarni jalb qila oladigan, 
hattoki buj oy matn bilan band bo‘lganda ham surat asos bilan tasvirlangan bo‘lsin.  
Pochtada  buyurtmali  mahsulotlar  reklamasi  bilan  shug‘ullanadiganlarga 
eslatib  o‘tganimizdek  illyustratsiyani  o‘rganishni  fan  darajasiga  ko‘tardilar, 
Ba'zilar  katta  illyustratsiyalardan  foydalanadilar,  ba'zilar  kichik,  ba'zilar  esa 
ulardan  umuman  foydalanmaydilar.  Shuni  qayd  etib  o‘tish  joizki,  hyech  kim 
ulardan  qimmatbaho  san'at  asari  sifatida  foydalanmaydi.  Ishonavering,  reklama 
uchun  foydalanilgan  illyustratsiyalar  ko‘p  marotaba  javoblar  va  to‘g‘ri 
qaytarishlar bilan tekshirilgan. 
Har  qanday  reklamist  shunday  prinsiplarni  qo‘llaydi.  Yoki  qaysidir  tovarni 
yoki  xizmat  turini  sinovdan  o‘tkazish  orqali  bajariladi.  Ikkilantiruvchi  g‘oyalar 
hali katta xarajatga sabab bulmaydi. Illyustratsiya reklamaning ko‘p  yo‘nalishida 
element  bazasi  hisoblanadi.  Reklamadan  ba'zi  tovarlarning  illyustratsiyalarini 
olib  tashlashga  harakat  qilib  ko‘rinshi-hamma  tuzi  yo‘qoladi.  Ba'zi  reklama 
turlarida,  jumladan  kiyim  sotish  jarayonida  shu  isbotlanganki,  faqat  birgina 
tasvirlar  ishontirishga  qodir.  Shu  bilan  birga  faqat  yoqa  yoki  pidjak  cheti 
tasvirlangan bo‘lishi kerak emas, odamlarni shunday kiyimda tasvirlash kerakki, 
ularga  qarab  o‘quvchining  havasi  kelsin,  ularni  shunday  hashamatli  narsalar 
qamrab olgan bo‘lsinki, barcha o‘quvchilar o‘zlarida bo‘lishini xohlashsin. 
 Sirli  yuborilgan  illyustratsiyalar  o‘quvchini  shunga  ishontiradiki,  faqat  shu 
kiyim  insonni  ishda  va  umumiy  ravnaq  topishda  yuqori  darajaga  ko‘tarilishiga 
yordam  beradi.  Unda  o‘zining  ishida  uzoqqa  borgan  va  zafarlarga  erishgan 
insonlar tasvirlanadi. 
O‘rtacha  va  umumiylik  ham  san'atdir,  Lekin  hamma  vaqt  ham  bunday 
bo‘lavermaydi.  Shuning  uchun  reklamaning  alohida  ko‘rinishlari  uquvni  talab 
qiladi. Tasvirlar mahsulotning sotilishiga yordam berishi kerak. Agar tasvirlarning 
keragi  yo‘q  bo‘lsa  boshqa  tomonlardan  ham  foydalansa  bo‘ladi.  Ko‘p  rasmlar 
tushirilgan tasvirlar matnlarga qaraganda ko‘p narsani aytishi mumkin. Reklamada 


rasmlar  hyech  qanday  o‘ylantiradigan  buyumlar  emas,  fakatgina  rasmlar 
tushirilgan parchali tasvirlar bilan eng katta olqishlarga sazovor bo‘lgan. 
Ba'zi  iste'mol  qilinadigan  mahsulotlar  rangli suratlari  bilan  chiroyli ko‘rinadi. 
Bulardan  apelsinlar,  desertlar  va  boshqalar  xaridorni  o‘ziga  jalb  etadi.  Rang 
reklama  qilinayotgan  tovar  hakida  anik  ma'lumot  beradi.  Ba'zida  esa  rangli 
mahsulotlar  shunkachi  xaridorning  diqqatini  tortish  uchun  quroldir.  U  mahsulot 
ko‘p  sondagi  xaridorlarning  diqqatini  tortishi  mumkin,  lekin  sotuvini 
kengaytirishga kafolat bermaydi. 
 Reklama  matnlariga  doir  ko‘plab  izlanishlar  natijasida  reklama  xabarlarini 
qabul  qilishda salbiy  ta'sir ko‘rsatadigan bir qator  xatoliklar  aniqlandi.  Ommaviy 
axborot 
vositalari 
orqali 
berilayotgan 
reklamalarning 
axborot 
uchun 
qo‘llaniladigan  matnlarini  takomillashtirish  uchun  quyidagi  tavsiyalarni  berish 
mumkin: 
-fikrni  soddalashtirish  va  charxlash.  Sodda  va  aniq  fikrni  aytish.  Kundalik 
turmush  tarzida  ishlatiladigan  so‘zlardan  foydalanish.  Uning  mazmunini  har  bir 
kishi anglab yetishi lozim. Texnik va boshqa istalgan jargonlardan foydalanish, 
-axborotni qizikarli va ehtiros bilan o‘qish. Berilgan matn o‘quvchi qiziqishini 
orttirsa  yana  ham  yaxshi.  Zerikarli  ta'kidlardan  qochish  muhimdir.  G‘ayri  oddiy 
tushunchalarning  qo‘llanilmagani  maqsadga  muvofiq,-qat'iy  va  ishonchli  tarzda 
fikrni yetkazish kerak, Savol shaklida tuzilgan jumlani ishlatmagan ma'qul.  
-haqiqatgo‘y  va  adolatli  bo‘lish.  Yolg‘on  ma'lumotlar  tezda  bilinib  qoladi  va 
qayta buyurtma olish haqida gap ham bo‘lishi mumkun emas; 
-odob-axlok 
chegarasidan 
chiqmaslik. 
Kishi 
diqqatini 
hayosiz 
illyustratsiyalarga  jalb  etish  yaxshi  natija  bermaydi.  Chunki  bunday  holatda 
iste'molchida  mahsulot  yoki  xizmat  turi  uchun  shubha  paydo  bo‘lishi  mumkin. 
Negaki u bu holat reklama beruvchining eng so‘nggi najoti bo‘lishi mumkin, deb 
o‘ylaydi;  
-fikrlar obrazlarini yaratishga xizmat kiluvchi so‘z va jumlalardan foydalanish, 
-o‘quvchiga,  tamoshibinga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  sotish  holatida  savdo-  sotiqni 
qachon  va  qanday  yakunlash  to‘g‘risida  nihoyatda  ishochli  ma'lumotlar  berish 
zarur bo‘ladi. Ruhiyat nuqtai- nazaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo-sotik holati juda 
nozik  jihat  hisoblanadi.  Mijoz  ikki  o‘t  orasida  qolgan  holatda  uning  mahsulotni 
sotib olishga bo‘lgan jur'atini tezlashtirish va yakuniga yetkazish uchun sotuvchida 
ta'sirli  va  kuchli  vosita  bo‘lgan  mijozni  oxirgi  harakat  sotib  olishga  undaydigan 
qat'iyatli undov bo‘lishi lozim.  
Reklama  matnini  tayorlashga  oid  umumiy  tavsiyalar  Reklama  matnini  tuzish 
psixotexnologiyasi.  
1-bosqich.  Reklama  matnini  yaratishgacha  ayni  paytda  qaysi  axboratlar 
oqimini odamlarni yetkazishni tahlil qilish. Iste'molchilar tomonidan o‘ziga kulay 
qilishning qaysi yo‘llarini tanlashni tavsiya etish. 
Imkoniyati mavjud bo‘lgan iste'molchi reklama beruvchining qaysi jihatlaridan 
xhyratlanish mumkinlagini tushunish. Iste'molchida reklama xabarnomasining eng 
avvalo  qanday  jihatlari  esda  qolishini  aniqlash.  Reklama  xabarnomasida  qancha 
miqdorda  emotsional  xarakterdagi  xususiyatlar  bo‘lishini  hisoblab  ko‘rish, 


boshqacha  kilib  aytganda  emotsional  tuygularni  qaysi  o‘rinlarda  qanday 
joylashtirilishi masalasini xal qilish.  
Reklama  kompozitsiyasini  tanlashda  iste'molchi  ta'biga  ta'sir  qiluvchi 
omillardan foydalanish. Reklama berilishining davriyligi, qabul qilib olish tezligi, 
reklama  xabarnomasini  yetkazuvchi  ob'ekt  o‘rni  to‘g‘ri  tanlangani  masalalarini 
tekshirish.  
2-bosqich.  Reklama  matnini  tuzish.  Birinchi  tavsiya-matnni  yozishga 
shoshilmaslik.  Tashqi  hodisalarni  o‘ziga  qabul  qilish  va  unga  bo‘lgan 
munosabatlar  dastlab, tanqidiy  xarakterda buladi.  Bundan  tashkari, shunday  ruhiy 
ta'sir  ham  ma'lumki,  biror  ishni  amalga  oshirib,  deylik,  matnni  yozganimizdan 
keyin  undan  darhol  voz  kechish  juda  qiyin  kechadi.  Shuning  uchun  xam  matnni 
yozish  ishtiyoqi  kuchayib  borsa,  ruhiy  holatdan  chiqish  uchun  o‘zingizda  paydo 
bo‘lgan  fikrni  kichik  bir  varakda  ifodalab,  tezda  uni  uzoqroq  bir  joyga  tashlab 
qo‘yish  kerak.  Shundan  so‘ng  varaqni  vertikal  holatda  teng  ikkiga  bo‘lib,  chap 
tarafiga reklama xabarnomasining barcha bo‘linmalarini, o‘ng tarafiga xabarnoma 
har bir bo‘limiga tegishli masalalar variantlarini yozib chiqish tavsiya etiladi.  
 3  bosqich  .  Reklama  xabarnomasining  birinchi  variantini  tuzgandan  keyin  u 
kuyidagi savollarga javob izlashi lozim: 
 - jumla uzunligi qancha? 
 - tanlangan jumlalarda ohang mavjudmi? 
 - reklama axboroti iste'molchiga qanday ruhiy ta'sir eta oladi?  
 -  qaysi  haqiqiy  yoki  abstrakt  tushunchalarni  iste'molchi  o‘zi  qabul  qiladigan 
boshqa tushunchalarga almashtirish kerak. 
    Mahsulot  mohiyati  va  uning  shunday  boshqa  mahsulotlardan  ustunligi  bir 
qarashdayoq sezilib turishi kerak.  
 Iste'molchida  tushuncha  paydo  bo‘lish  holatini  yaratish,  hissiyoti  va  sezgisiga 
ta'sir  kilish,  qahrli  va  qora  yumordan  uzoqda  bo‘lish,  maqsadga  qaratilgan 
mavzuning  aniqligi  va  reklama  matni,  mazmuni  muvofiqligini  ta'sinlash  talab 
etiladi. 

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish