REKLAMA NING INSON RUHIYATIGA TA'SIR ETISH USULLARI
Reja:
1. Reklama va inson ruxiyati
2. Reklamaning ruxiyatga ta'sir etish usullari
Reklama-ijtimoiy ruhiy xususiyatga ega. U ko‘p xususiyatli tovar bo‘lib, hozirgi
zamon kishisi ruhiyatiga eng sirli ta'sir qiluvchi omildir. Biznes olamida reklama
iste'molchilar e'tiboriga katta ko‘lamdagi axborotlar tizimini tavsiya qiladi. Inson
reklama axborotlarini qabul qilar ekan, o‘zida uning, albatta, ruhiy ta'sirini sezadi.
Iste'molchida reklamaning ma'lum bir aniq yo‘nalishi bo‘yicha ta'sir-sezgi paydo
bo‘ladi. Bu insonning o‘sha reklamaga bo‘lgan munosabatida seziladi. Uning
ongida ijobiy yoki salbiy bo‘lgan munosabat tug‘iladi. Reklama jarayonida
berilayotgan axborotlarni inson o‘ziga qabul qilar ekan unga nisbatan o‘zining
sezgisini, qanday qabul qilishini, bor diqqatini, e'tiborini, ma'lum xotiralarini va
boshqa bir qator xususiyatlarini tiklaydi.
Boshqa jihatdan, reklama axborotlarini o‘ziga qabul qilish jarayonida
berilayotgan axborotlarga nisbatan kishining unga bo‘lgan munosabatida ham
shunga yarasha turli psixologik vaziyatlar yuzaga keladi. yetkazilgan axborot
mazmunidan qoniqish hosil qilishi, undan ijobiy ta'sirlanishi, yoki uning
mazmuniga unchalik ahamiyat bermasdan reklama axboroti mohiyat-mazmunini
e'tibordan chetda qoldirishi mumkin.
Bunday holatlarni ko‘p kuzatgan ruhshunoslarning ta'kidlashlaricha, reklama
axborotlarini o‘zida idrok qilish va unga nisbatan bo‘lgan munosabatlarda juda
ko‘p omillar ta'sir ko‘rsatadi. Shunday omillardan uchtasi doimiy tarzda ishtirok
etishi kuzatilgan. Bular: bilishga xos omil, emotsional omil, xabarlash omillari.
1.Reklama ta'sirining bilishga doir omillari.
Reklama axborotlarini inson o‘ziga qay tarzda qabul qilishini kognitiv omil
ko‘rsatib beradi.Kognitiv omillarni o‘rganishda axborotlarni o‘zida qabul
qilishning turli omillarini tahlildan o‘tkazish lozim bo‘ladi. Bular his qilish va
idrok etish, xotira, tasavvur qilish, fikrlash, nutq va boshqa xolatlar.
Reklama mahsuloti yuqori darajada, yoki aksincha, past darajada tayyorlanishi
mumkin. Bular insonning qabul qilish jarayoniga turli ta'sir o‘tkazadi. Berilgan
reklama axboroti kishi tomonidan turlicha qabul qilinishi va esda qolishi, shunga
qarab o‘z harakat yo‘nalishini belgilab olishi mumkin. Reklama axboroti ta'sirining
eng asosiysi - reklama qilinayotgan mahsulot yoki xizmatlarining asosiy
xususiyatini belgilab olishdan iborat. Xususan, reklama axborotiga iste'molchi
e'tiborini jalb etish, buning uchun kognitiv jarayonlar ruhiyatini chuqur tahlil qilish
nihoyatda muhimdir. Reklama beruvchilarning reklama mahsulotlari o‘zlari
reklama qilayotgan mahsulotlar va turli xizmatlar raqobatidan ham o‘ta kuchli
raqobat ekanligi hyech kimga sir emas. Shu jihatdan ularning o‘ziga xos
xususiyatlariga to‘xtalib o‘tish juda muhimdir.Qisqacha ushbu holatlarga to‘xtalib
o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |