Namangan davlat universiteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi


Kommunikatsiyalar  nazariyasining  asosiy  qonuniyatlari



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/117
Sana30.12.2021
Hajmi1,46 Mb.
#193968
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   117
Bog'liq
ijtimoiy-madaniy faoliyat sohasida reklama.

Kommunikatsiyalar  nazariyasining  asosiy  qonuniyatlari.  Biz  esa  o’z 
oldimizga  cheklanganroq  maqsad  – kommunikatsiyaning  mohiyati  muammolarini 
belgilab  olish  va  ijtimoiy  kommunikatsiyalar  tizimini  ko’rib  chiqish  va  unda 
reklama  qanday  o’rin  tutishini  aniqlab  olish  maqsadini  qo’yamiz  Shuningdek, 
bizning  vazifamizga  reklama  kommunikatsiyasining  eng  oddiy  sxemasini  tahlil 
qilish va uning asosiy tarkibiy qismlarini ko’rib chiqish ham kiradi.  
«Kommunikatsiya»  termini  (lotincha  communicatio  —  umumiylashtiraman, 
bog’layman)  XX  asr  boshidan  buyon  ilmiy  atama  sifatida  qo’llanib  kelmoqda. 
Hozirgi vaqtda kommunikatsiya  – turli kommunikativ vositalar yordamida har xil 
kanallar  orqali  shaxslararo  va  ommaviy  aloqa  sharoitlarida  ijtimoiy  shartlangan 
axborot uzatish va qabul qilish jarayoni sifatida izohlanadi. 
Ushbu  kategoriyani  tushunishga  nisbatan  kamida  uchta  asosiy,  eng  keng 
tarqalgan yondashuvni ajratib ko’rsatishadi. 
1.  Moddiy  olam  har  qanday  obyektlarining  aloqa  vositasi.  Bu  yondashuv 
doirasida  transport,  energetik,  suv  yo’llar  orqali  va  boshqa  turdagi 
kommunikatsiyalarni ajratib ko’rsatish mumkin.  
2.   Muloqot. Axborotni odamdan odamga berish.  
3.   Jamiyatga  ta’sir  ko’rsatish  maqsadida  jamiyatda  axborotlarni  berish  va 
almashish.  
Aytib  o’tilganlaridan  ikkinchisi  va  uchinchisining  mohiyati  insonlar  jamiyati 
doirasida  bilimlar,  mazmunga  ega  hissiyotlar,  irodaviy  impulslarlarni  uzatish 
hisoblanadi.  Shuning  uchun  ijtimoiy  kommunikatsiyalarning  ushbu  ikki  turi, 
transport  va  energetik  kommunikatsiyalardan  farqli  ravishda,  mazmunga  ega 
hisoblanadi.  
Shunisi  ayonki,  reklama  kommunikatsiyasini  o’rganish  nuqtai  nazaridan 
ko’rsatilgan  yondashuvlardan  uchinchisi  eng  dolzarb  hisoblanadi.  Reklama 
kommunikatsiyasining  o’zi  ijtimoiy  kommunikatsiyaning  turlaridan  biri  sifatida 
ta’riflanishi  lozimligi  shubhasiz.  Chunki  insonlar  jamiyati  doirasidan  tashqarida 
reklama mavjud bo’lishi mumkin emas.  


Agar 
ijtimoiy 
kommunikatsiya 
asosiga 
kommunikativ 
jarayondagi 
ishtirokchilar  roli  qo’yiladigan  bo’lsa,  u  holda  uning  quyidagi  turlarini  ajratib 
ko’rsatish mumkin: 
*   muloqot (teng huquqli sheriklar dialogi);  
*   taqlid  qilish  (jamiyat  ba’zi  a’zolari  xulq-atvori,  muloqoti,  turmush  tarzi 
namunalari va usullarining boshqa odamlar tomonidan o’zlashtirilishi);  
*   boshqarish  (jo’natuvchining  xabarni  oluvchiga  maqsadga  yo’naltirilgan 
holda ta’sir ko’rsatishi).   
Qabul  qiluvchining  jo’natuvchilardan  obyektiv  mustaqilligiga  qaramay, 
reklama  boshqaruv  vositalaridan  biri  hisoblanadi.  Taqlid  qilish  murojaatni 
oluvchiga ta’sir ko’rsatish vositalaridan biri sifatida qo’llanilishi mumkin.  
Bir  qator  belgilarga ko’ra(verbal-noverbal-sintetik,  rasman-norasmiy,  og’zaki-
yozma-bosma, 
bir 
mamlakat 
ichida-xalqaroG‘bir 
madaniyat 
ichida-
madaniyatlararo va h.k.) kommunikatsiya tasniflari ko’p. Ular orasida reklamaning 
kommunikatsiya tizimidagi o’rnini aniqlash uchun muhim mezon kommunikatsiya 
ishtirokchilarining  soni  hisoblanadi.  Bunda  uning  quyidagi  turlari  ajratib 
ko’rsatiladi: 
– ichki kommunikatsiya (insonning o’z-o’zi bilan muloqoti);  
– shaxslararo kommunikatsiya (2 kishi);  
– kichik guruhlardagi kommunikatsiya (ishtirokchilar soni 3-8 kishi);  
– jamoat kommunikatsiyasi (taxminan 10 dan 30-100 tagacha ishtirokchi). Bu 
bosqichda faol kommunikator va passiv auditoriya ajratiladi;  
–  tashkiliy  kommunikatsiya  (qoida  tariqasida,  100  tadan  ko’p  ishtirokchi 
bo’ladi, lekin ular soni kamroq bo’lishi ham mumkin, masalan, kichik korxonalar 
va  tashkilotlarda).  Bu  bosqichda  kommunikatsiyalar  pog’onasi  (ierarxiyasi)  – 
yuqori  boshqaruv  pog’onasidan  pastki  (bo’ysunuvchilar)  pog’onasigacha  paydo 
bo’ladi); 
–  ommaviy  kommunikatsiya  (ishtirokchilar  soni  1000dan  ortiq)  – 
odamlarning  ko’p  to’planishi  (masalan,  mitinglar,  namoyishlar,  tomosha 
tadbirlari va h.k.), ommaviy axborot vositalari va h.k.  

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish