Namangan davlat universiteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi


  Reklama faoliyatida ta'limni joriy qilinishi



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/117
Sana30.12.2021
Hajmi1,46 Mb.
#193968
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   117
Bog'liq
ijtimoiy-madaniy faoliyat sohasida reklama.

1.  Reklama faoliyatida ta'limni joriy qilinishi  
2.  Reklama faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy vazifalari 
3.  Reklama faoliyatining ta'limiy vazifalari  
 
Iqtisodiy  sohaning  bugungi  bozor  munosabatlari  sharoitidagi  muvaffaqiyatni 
ta`minlovchi  vositalardan  biri-reklamaning  kundalik  hayotimizdagi  mavqei 
sezilarli  ahamiyatga  ega.  Global  miqtosdagi  har  qanday  islohotlar,  yangiliklar  va 
tub  burilishlar  jamiyatning  har  bir  faol  bo`g`iniga  o`z  ta`sirini  ko`rsatgani  kabi 
reklamaning  oilaviy  munosabatlarga  idrok  va  tasavvurlarga  ta`sirini  o`rganish 
bugungi kunda muhim muammodir. Xususan o`zbek oilalarida reklama faoliyatiga 
bo`lgan munosabat reklama qilinayotgan mahsulotlarni turlicha idrok qilinishining 
jins 
hususiyatlariga 
bog`liqligi, 
reklamaning 
yangi 
ustanovkalarini 
shakllantirishga,  oilaviy  qadriyat,  an`ana  va  ijtimoiy  o`zaro  munosabatlarni 
mustahkamlashga,  shaxsdagi  estetik  did,  keng  tab  va  dunyoqarashni 
shakllantirishga  bo`lgan  ta`siri  tobora  iqtisodiy  islohotlarning  kundalik  hayotimiz 
mazmuniga aylanib borayotganligini  ifodalaydi. 
Avvalo,  har  bir  reklama  mazmun-mohiyatiga  ko`ra  ma`lum  guruh  yoki  doiraga 
yo`naltirilgan  tarzda  beriladi.  Ammo  u  qanchalik  samarali,ta`sirchan  bo`lishiga 
aniq psihologik qonuniyatlar tizimiga asoslanadi. 
Bugungi  kunda  reklama  bozor  munosabatlari  muvaffaqiyatini  ta`minlovchi 
,yangicha turmush tarzini shakllantiruvchi vosita bo`lib xizmat qilmoqda. Reklama  
bu-turli  yangi  mahsulotlar  haqida  ma`lumotlar  olish,  yangi  xizmatlar  va  firmalar 
faoliyati haqida turli manbalar orqali tanishish jarayoni yotadi. 
XX  asrga  kelib  reklama  faoliyati  aniq  psixologik  qonuniyatlarga  asoslangan 
yangicha  mazmunga  ega  bo`lgan.  Bu  esa  reklama  psixologiyasi  sohasida  yangi 
psixologik  muammolarni  ilmiy  asoslash,  reklamaning  inson  ongiga  ta`sir  etish 
qonunlarini nazariy va amaliy mukammaliklarni talab etdi. 
Reklama sohasidagi olib borilgan ilmiy izlanishlar uni ilmiy fan yo`nalish sifatida 
shakllantirib,  XX  asrda  dastlab  Amerikada,  keyinroq  Yevropadagi  oliy  o`quv 
yurtlari  tizimida  o`qitila  boshlandii.  Bu  davrda  reklamaning  emperik  o`rganish 
sohasi  ancha  jadallashgan  bo`lib,  asosan  unda  ijtimoiy-xususiyatlarga  bo`lgan 
ta`siriga ham e`tibor qaratila boshlangan. 
Nemis psixologi T.Kening va M.Bauxlar reklama mahsulotlarining inson irodasini 
tayyorlashga  va  psixikasiga  rejali  ta`sir  qilishga  qaratilgan  faoliyat  sifatida  baho 
beradi. Ular reklamani psixologik ta  sir  etish  mehanizmlardan  biri  sifatida  –
singdirishni  ta`kidlaydilar  ,shuningdek  ,  samarali  reklama  inson  ruhiyatiga  
yo`naltirilgan  bo`lishi  lozimligini  aytib  o`tadilar.Amerikalik  psixolog  U.Skott 
reklama  e`lonlari  hajmining  ahamiyatini  o`rgangan  .U  yuz  betdan  iborat 
kitobchaga turli hil jurnallardan olingan e`1lonlardan yopishtirib chiqdi ,so`ng uni 
50  ta  odamga  ko`rsatdi  va  e`lon  qilingan  axborotlarning  hajmiga  nisbatan 
takrorlanuvchi reklama axborotlari yaxshiroq ta`sir etishni aniqladi. 


Amerikalik  psixolog  D.Starch  reklama  e`lonlarini  gazeta  va  jurnallarning  qaysi 
betide  berish  samarali  bo`lishini  o`rgangan.  Aniqlanishicha  ,e`lonlar  turli 
sahifalarda bo`lsa 50 % , birinchi va oxirgi sahifalarda bo`lsa 100 % e`tiborni jalb 
qilar ekan .Demak, reklama ma`lumotlarning idrok etilishida matnning sahifalarda 
joylashtirilishi  ,  reklama  axborotlarining  takrorlanishi  ham  ahamiyatga  ekanligi 
aniqlandi  .  Bundan  tashqari  ommaviy  axborot  vositalari  orqali  ma`lumotlar  bilan 
tanishuvchilar yosh xususiyatlariga ko`ra tafovutlanishi N.Bogomolova tomonidan 
o`rganilgan  .  Unga  ko`ra  ,  gazeta  ma`lumotlari  bilan  asosan  katta  yishdagilar  , 
radio  ma`lumotlari  bilan  yoshlar  va  kattalar,  televideniya  orqali  uzatiladigan 
ma`lumotlar  bilan  barcha  yoshdagilar  ,aynan  bolalar  hamda  keksalar  tanishishi 
ta`kidlangan 
.Olima 
N.Bogomolova 
bolalarda 
ijtimoiy 
hayot 
haqidagi 
tasavvurlarning  shakllanishida  televideniya  uchinchi  ota-ona  hisoblanib  ,ular 
dunyo  qadriyatlari  haqidagi  birlamchi  tasavvurlarni  televidiniya  ko`rsatuvlari 
orqali  oladilar  degan  fikrni  qayd  etadi  .  Tadqiqotchi  A.Azlarova  esa  gazeta 
ma`lumotlari bilan asosan erkaklar qiziqishlarini qayd etib o`tgan . Shuningdek , u 
aholi o`rtasidagi reklama axborotlari bilan qiziquvchilarni ham o`rganib , aholining 
4 % va o`rta yoshdagilarning 20 % gina reklama axborotlari bilan qiziqishini , 24 
%  aholi  esa  o`zi  uchun  muhim  bo`lgan  tanlangan  axborotlarni  izlashini  va  52  % 
esa 
reklamalarga 
umuman 
qiziqmasligini 
ta`kidlaydi 
.Demak 
reklama 
ma`lumotlarining  adekvat  idrok  qilinishida  ommaviy  axborot  vositalari 
muxlislarining  yosh  hususiyatlari  ham  e`tiborda  tutilishi  ham  muhim  ahamiyat 
kasb etadi . 
O`zbekistonda  reklamalarining  ijtimoiy  sohadagi  ta`sir  xususiyatlari  muammosi 
V.M.Mosin  ishlarida  ham  o`rganilgan  bo`lib  ,  u  reklamaning  shahs  ruhiy-axloqiy 
tarbiyasidagi  o`rni  masalasiga  e`tabor qaratgan  . Tadqiqotda  reklama  orqali shahs 
tarbiyasiga  ta`sir  etish  ,  ommaviy  axborot  vositalarining  bu  boradagi  o`rni  , 
iste`molchilarining  reklamaga  nisbatan  munosabat  motivlari  ,  shaxsning 
ijtimoiylashuv  jarayoniga  kommunikatsiyaning  ta`siri  ilmiy  asoslar  bilan  tahlil 
qilingan . 
Mamlakatimizda  reklama  faoliyatining  psixologik  talqini  ,shahs  ijtimoiy 
tasavvurlariga  va  ustanovkalariga  reklamaning  ta`siri  ,reklama  idrok  qilinishining 
etnopsihologik xususiyatlarga bog`liqligi muammosi ijtimoiy psihologik muammo 
sufatida  L.I.Karimova  tomonidan    tadqiq  etilib  ,  O`zbekiston  sharoitida  reklama 
faoliyati ilk bor ijtimoiy-psihologik izlanishlar predmetiga aylantirilgan va reklama 
psihologiyasi  sohasida  ilmiy  asoslanilgan  hulosalar  ,  tahlillar  keltirilgan  .Muallif 
tadqiqot  davomida  reklamaga  bo`lgan  munosabatlarning  shaxs  ijtimoiy 
ustanovkalari tizimida baholanishni turli yoshdagilar iste`molchilar guruhida-yosh 
yigit qizlar va ularning ota-onalarida o`rganishga muvaffaq bo`lgan . 
Shuningdek  ,  reklama  qilinayotgan  mahsulotlarning  idrok  qilinishi  jins 
hususiyatlariga  va  ehtiyojlar  tizimiga  ko`ra  tafovutlanishini  muallif  tomonidan 
ilmiy  yoritib  berilgan  .Tadqiqotda  oila  sohasiga  ham  qismsn  to`xtalingan  bo`lib  , 
unda  oiladagi  iste`molchilik  faolligi  o`rganilgan  .L.I.Karimova  o`z  tadqiqotlarida 
o`zbek  oilalarida  reklamaning  ko`proq  iste`molchilari  ayollar  hisoblanishini 
ta`kidlab  ,  shunday  izoh  beradi  “Birinchidan  ,  xo`jalik  ishlari  bilan  ko`proq 
mashg`ul bo`lgan ayol xo`jalik uchun pul sarflash masalalarida ko`proq faol bo`lib 


qoldi  ;  ikkinchidan  ,  bozor  sharoitida  erkaklar  ko`proq  vaqtlarini  pul  topishga 
ajratadi ; uchinchidan sharq an`analariga ko`ra erkak kishi ko`proq vaqt mobaynida 
oiladan tashqarida bo`ladi .Ayollarning esa ko`p vaqt uy ishlari bilan band bo`lishi 
va  reklama  axborotlari  manbai  bo`lgan  televizor  va  radio  eshitish  imkoniyatlarini 
kengaytiradi “
57 

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish