Chust — Namangan viloyati Chust tumanidagi shahar, tuman markazi. Fargʻona vodiysining shimoliy chekkasida, togʻ etagidagi tekislikda, Chust soyi sohilida, Namangan shahridan 36 km gʻarbda, Chust temiryoʻl stansiyasidan 13 km shimmolda, dengiz sathidan 1000–1200 m balandlikda joylashgan. - Aholisi 63,8 ming kishi (2004). Chust Fargʻona vodiysining qadimiy shaharlaridan biridir. Chustning shimoliy chekkasidagi Buonamozor (Bibionamozor) manzilgohi hududidan Chust madaniyatiga oid materiallar topilgan. Chustning yoshi toʻgʻrisida bir qancha taxminlar mavjud. Bibiona manzilgohida 1953, 1957, 1959, 1961-yillarda olib borilgan arxeologik qazilma ishlari natijasida bu yerdagi madaniyat soʻnggi jez va ilk temir davriga mansubligi maʼlum boʻldi. Oʻrta asrlarda shahar harbiy qalʼa sifatida rivojlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |