Nаmаngаn davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi kаfеdrаsi


Internet xavfsizligiga oid bir nechta oddiy maslahatlar



Download 0,56 Mb.
bet4/29
Sana21.01.2022
Hajmi0,56 Mb.
#395622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Metodik tavsiya 2019

Internet xavfsizligiga oid bir nechta oddiy maslahatlar
Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, qolaversa, yoshlarni Internetda himoya qilishni nazarda tutgan holda, Internet xavfsizligiga oid bir nechta oddiy maslahatlarni tavsiya qilmoqchimiz. Biroq, har bir bola o‘ziga xos alohida individual shaxs ekanligi va ularga alohida yondoshuv kerakligi bois, mutaxassislar bolalar va o‘spirinlarni qu­yidagi toifalarga ajratishdi:

1) 7–10 yosh - bu yoshda bolaning farqlash hissi juda faol bo‘lgani bois, unga to‘g‘ri axborotlarni berishni nazorat qilmoq lozim. Chunki shu yoshda axborotni anglash qobiliyati shakllana boshlaydi. Ushbu yoshdagi foydalanuvchilarning aksariyat qismi endigina o‘qishni o‘rgangani, qaysi saytga kirgani va qanday muammolarga duch kelishi mumkinligini oxirigacha tushunib yetmaydilar. Multfilm va rang-barangligi bilan jalb qiluvchi o‘yinlarga qiziqish bo‘lgani bois, bolalar ko‘p hollarda shu kabi axborotlarni izlashadi. Shu sababli 7–10 yoshdagi bolalarning Internetdan foydalanishini ota-onalar yoki kattalar tomonidan doimo nazorat qilinishi zarur. Internet tarmog‘ida tarqalayotgan va yosh avlodga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan axborotlarni filtrlash yoki zararli resurslarni cheklash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ushbu yoshdagi bolalarga muvofiq keluvchi veb-saytlar ro‘yxatini tuzish yoki filtrlash dasturlaridan foydalangan holda, Internetga kirishlarini nazorat qilib bo­rish zarur. Maqsad - ushbu yosh vakillariga Internetdan foydalanishda xavfsizlikka rioya qilishning asoslari, muloqot etiketi va u yoki bu axborotning to‘g‘riligini idrok qilishga o‘rgatish.



2) 10–13 yosh- Mazkur davr o‘ta muhim bo‘lib, bola uchun o‘tish davrining eng murakkab payti hisoblanadi. Ushbu yoshdagi bolalar ko‘p narsani tushunishga harakat qiladigan va qiziquvchan bo‘ladilar. Internet tarmog‘ida o‘yinlar va axborotlarni izlash bilan bir qatorda, ushbu yoshdagilar do‘st va tanishlar topish maqsadida ijtimoiy saytlar va chatlardan faol foydalanishadi.

3) 13–16 yosh - Mazkur toifa o‘smir­lardan iborat. Ushbu toifadagi o‘smirlar, shaxs sifatida va jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida aynan shu yoshda shakllanishi bois, faoliyat doirasining qamrovi kengligi va alohida e’tibor talab etishi bilan ajralib turadi. Bu toifadagi o‘smirlar Internetdan faol foydalanadilar. Internet ular uchun ulkan axborot manbasi, tengdoshlari va do‘stlari bilan muloqot vositasi, shu jumladan, vaqtichog‘lik qilish imkoniyati hamdir. Yoshlarning aksariyat qismi ijtimoiy tar­moqlardan va tezkor xabarli ilovalar (messen­jerlar)dan foydalanadi.

Mazkur yoshdagi eng katta muammo — bu ota-onalar tomonidan «bolalarimiz ulg‘aydi» qabilida ularni to‘la nazorat qilmaslikdir. Bu yoshni yana «axborot ochligi» yoshi, deb ham atash mumkin. Bu davrda bolalar ulg‘ayib, barcha narsalar haqida ko‘proq bilishni xohlaydilar. Onlayn muloqotga kirish ular uchun kundalik hayotining bir qismi hisoblanadi.

Bugungi kunda bolalar va o‘smir­larlarning Internet tarmog‘idan foydalanish vaqtini tartibga soluvchi norma ishlab chiqilmagan. Mutaxasissislarning fikrlari bir-biridan farq qiladi. Aksariyat ruhshunoslar, shifokorlar va pedagoglarning fikricha, Internet tarmog‘idan foydalanish vaqti qu­yidagicha taqsimlanishi lozim:


  • 7 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar — kuniga 1 soat

  • 10 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar — kuniga 1,5 soat

  • 13 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar — kuniga 2 soat

Ta’kidlash joizki, bu vaqt oralig‘ida ekran qarshisidagi bola kamida 10 daqiqa tanaffus qilishi kerak. O‘smirlar va bolalarni kompyuter qarshisida, jumladan, Internet tarmog‘ida vaqt o‘tkazishining yuqoridagi kabi taqsimlanishidan maqsad «Internetga qaramlik», ko‘rish qobiliyatining pasayishi («quruq ko‘z» sindromi), umurtqa pog‘o­nasining qiyshayishi (skalioz), qomatning buzilishi (bukchayish) kabi kasalliklardan asrashdir.

7–10 yosh toifasidagilar uchun himoyalanish bo‘yicha takliflar



  • qidiruv xizmatidan foydalanishdan avval sizga qanday ma’lumot kerakligi haqida o‘zingiz aniq tasavvurga ega bo‘ling;

  • notanish saytlarga kirmang, notanish havolalarga o‘tmang, bunday veb-saytlar havolalarini boshqalar bilan bo‘lishmang;

  • agarda siz bilmay yoki adashib, sizda salbiy munosabat uyg‘otadigan, katta yoshdagilarga mo‘ljallangan kontentdan iborat saytga kirib qolsangiz, tezda chiqib keting;

  • fayllarni yuklamang va joylashtirmang (bu o‘rinda katta yoshdagilar yordamiga tayaning);

  • shartlarni qabul qilmang, anketa to‘ldirmang, boshqa talablar so‘ralganda esa rad eting;

  • siz tez-tez foydalanayotgan to‘g‘ri va haqqoniy kontentga ega resurslarni «tanlanganlar»ga qo‘shing;

  • sizga notanish kishilar va saytlardan qo‘pol, beadab mazmunidagi xabarlar kela boshlasa, ularni javobsiz qoldirib, blokirovka qiling.

Har qanday vaziyatda, agarda siz nimadandir xavotirlansangiz, buni ota-onangiz bilan muhokama qiling.

Mazkur toifadagi bolalarning ota-onalariga tavsiyalar:



  • bolalarga Internetdan foydalanish jara­yonida nima qilish mumkin va nima qi­lish mumkin emasligini tushuntiring;

  • bolangizning tarmoqda bo‘lish vaqtini cheklang, u kompyuter qarshisida bo‘lgan paytda mumkin qadar birga bo‘ling;

  • nomaqbul saytlarni brauzerning «qora ro‘yxat»iga kiritib qo‘ying. Ko‘pchilik dasturiy mahsulotlar (shu jumladan, brauzerlar) antivirus himoyasiga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, ota-onalar nazorati funksiyasiga ham egadir. Shu bois, ular bolalaringiz Internetda bo‘lgan chog‘­la­rida himoyachi vazifasini bajara oladi;

  • agarda farzandingizga Internet-chatga kirish yoki xabarlarning tezkor almashi­nuvi dasturlari (messenjerlar)dan foydalanishga ruxsat bergan bo‘lsangiz, unga notanish yoki ishonib bo‘lmaydigan kishilar bilan muloqot qilish yoki xabarlar yuborishning xavfli tomonlari, Internetdan foydalanganda jiddiy xavf-xatarlarga duch kelishi mumkinligi haqida uqtiring;

  • Internetdan foydalanish jarayonida bolalaringizga nimalar noqulaylik tug‘di­rayotgani yoki kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida sizni xabardor qilib borishini so‘rang.

10–13 yosh toifasidagilar uchun himoyalanish bo‘yicha takliflar

  • qidiruv xizmatidan foydalanishdan avval sizga qanday ma’lumot kerakligi haqida o‘zingiz aniq tasavvurga ega bo‘ling;

  • notanish saytlarga kirmang, ishonchsiz manbalar manzillaridan va notanish odamlardan kelgan xat va taklifnomalarning havolalariga o‘tmang, bunday veb-sahifalar havolalarini boshqalar bilan bo‘lishmang;

  • agarda siz bilmay yoki adashib, «bolalarga mo‘ljallanmagan» ma’lumotlar, video, audiomateriallar (hayosizlik, zo‘ravonlik, yovuzlik) mavjud bo‘lgan saytga kirib qolsangiz, tezda chiqib keting;

  • notanish fayllarni yuklamang va ularni ota-onangiz ruxsatisiz o‘rnatmang;

  • kam tanish bo‘lgan sayt yoki turli xil havolalar tomonidan muayyan talablar so‘ralganda, ularni rad eting, anketani to‘ldirmang, shartlarini qabul qilmang;

  • shaxsingizga oid ma’lumotlarni maxfiy saqlang. O‘zingizga tegishli bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarni (F.I.Sh., manzil, telefon, tug‘ilgan sana) ochiq foydalanish mumkin bo‘lgan tarmoqlarda joylashtirmang;

  • parolni sir saqlang, oshkor qilmang, do‘stlar va tanishlaringizga bermang. Parolingiz murakkab, ya’ni son, harf va belgilardan iborat bo‘lsin;

  • agarda o‘yin o‘ynayotgan bo‘lsangiz yoki ko‘p sonli notanish foydalanuvchilar bo‘lgan chatda haqiqiy ismingiz o‘rniga «nik»dan foydalaning;

  • onlayn muhitda kim bilan tanishayotgan va suhbatlashayotgan bo‘lsangiz, ehtiyot bo‘ling. Agar notanish yoki ikkilantirayotgan shaxs sizga do‘stlik taklif qilsa, qabul qilmang. Suhbatdoshingiz o‘zi haqidagi haqiqiy ma’lumotlarni yashirib, o‘zini boshqa shaxs sifatida ko‘rsatayotgan bo‘lishi mumkin;

  • sizga notanish kishilar va saytlardan qo‘pol, beadab mazmunidagi xabarlar kela boshlasa, haqoratli va tahdidli murojaatlarni javobsiz qoldirib, blokirovka qiling. Ularning ta’siriga tushib qolmang.

Har qanday vaziyatda, agarda siz nimadandir xavotirlansangiz, buni ota-onangiz bilan muhokama qiling.


Mazkur toifadagi bolalarning ota-onalariga tavsiyalar:

  • bolangiz bilan suhbatlashib, unga Internetdan nazoratsiz foydalanishning salbiy oqibatlari, Internetdan foydala­nish jarayonida nima qilish mumkin va nima qilish mumkin emasligi haqida tushuntiring;

  • bolaning tarmoqda bo‘lish vaqtini cheklab qo‘ying, u kirayotgan resurslarni nazorat qiling yoki u kompyuter qarshisida bo‘lgan paytda mumkin qadar birga bo‘ling;

  • agarda farzandingizga Internet-chatga ki­rish yoki xabarlarning tezkor almashinuvi dasturlari (messenjerlar)dan foydala­nishga ruxsat bergan bo‘lsangiz, unga notanish yoki ishonib bo‘lmaydigan kishilar bilan muloqot qilish yoki xabarlar yubo­rishning xavfli tomonlari, Internetdan foydalanganda jiddiy xavf-xatarlarga duch kelishi mumkinligi haqida uqtiring;

  • agarda bolangiz ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmoqchi bo‘lsa, unga o‘zingiz akkaunt yaratib bering (login va parolini bilgan holda), sahifasiga qanday ma’lu­motlarni joylashtirishini nazorat qiling;

  • bolangizning virtual olamdagi barcha do‘stlari haqida xabardor bo‘lib boring. Onlayn do‘st bilan haqiqiy hayotda yolg‘iz uchrashish mumkin emasligini unga uqtiring;

  • zararli saytlarni brauzerning «qora ro‘y­xati»ga kiritib qo‘ying yoki kompyu­terga ota-ona nazorati funksiyasini o‘rnating. Ushbu dastur siz bo‘lmagan chog‘da ham bolangiz tomonidan zararli saytlarga kirish holatlarini cheklaydi;

  • Internetdan foydalanish jarayonida bolalaringizga nimalar noqulaylik tug‘di­rayotgani yoki kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida sizni xabardor qilib borishini so‘rang.

13–16 yosh toifasidagilarni himoyalash yuzasidan takliflar

  • qidiruv tizimidan foydalanayotganingizda faqat o‘zingiz uchun kerakli bo‘lgan axborotni izlang;

  • ishonchli manbalar va tekshirilgan sayt­larning axborotlaridan foydalaning. Axborotni boshqa ishonchli manbalar orqali ikki karra tekshirib ko‘ring;

  • kam tanish bo‘lgan yoki sizda shubha uyg‘otayotgan veb-saytlarga kirmang;

  • notanish saytlarga kirmang, ishonchsiz manbalar manzillaridan va notanish odamlardan kelgan xat va taklifnomalarning havolalariga o‘tmang, bunday veb-sahifalar havolalarini boshqalar bilan bo‘lishmang;

  • agarda siz bilmay yoki adashib, sizda salbiy munosabat uyg‘otadigan nomaqbul kontent (video, audio, foto yoki boshqa ma’lumotlar)ga ega saytga kirib qolsangiz, tezda chiqib keting;

  • kam tanish bo‘lgan yoki tekshirilmagan resurslardagi fayllarni yuklamang va ota-onangiz ruxsatisiz o‘rnatmang;

  • oxirigacha o‘qimay turib, taklif etilayotgan shartlarga rozi bo‘lmang va qabul qilmang;

  • kam tanish bo‘lgan sayt yoki turli havo­lalardagi anketa va boshqa talabnomalarni to‘ldirmang;

  • o‘zingizga tegishli shaxsiy ma’lumotlarni (F.I.Sh., manzil, telefon, tug‘ilgan sana) ochiq foydalanishdagi tarmoqlarda joylashtirmang. Shaxsiy ma’lumotlar maxfiy saqlanishi lozim;

  • esingizda bo‘lsin, Internet bu sizning «qoldirgan raqamli izingiz». Bu yerda siz joylashtirgan barcha shaxsiy ma’lumotlar, video, audio roliklar yoki tasvirlar doimiy saqlanadi. Boshqa foydalanuvchilar tomonidan mazkur ma’lumotlaringiz g‘a­razli maqsadlarda foydalanishi mumkin;

  • do‘stlaringiz va tanishlaringizga parol va loginingizni oshkor qilmang. Ularni sir saqlang. Parolingiz murakkab, ya’ni son, harf va belgilardan iborat bo‘lsin.

  • agarda o‘yin o‘ynayotgan bo‘lsangiz yoki ko‘p sonli notanish foydalanuvchilar bo‘lgan chatda haqiqiy ismingiz o‘rniga «nik»dan foydalaning;

  • onlayn muhitda kim bilan tanishayotgan va suhbatlashayotgan bo‘lsangiz, ehtiyot bo‘ling. Agar notanish kishi sizga do‘stlik taklif qilsa, qabul qilmang.

  • agarda sizga notanish kishilardan yoki saytlardan spam-xabarlar kela boshlasa, ularni ochmasdan va o‘qimasdan o‘chi­rib tashlang. Ularda viruslar bo‘lishi mumkin;

  • agarda sizni tarmoqda kimdir haqorat­lasa yoki tahdidli xabarlarni jo‘natsa, ularning ta’siriga berilmang, murojaatla­rini javobsiz qoldirib, blokirovka qiling.

Har qanday vaziyatda, agarda siz nimadandir xavotirlansangiz, buni ota-onangiz bilan muhokama qiling.

Mazkur toifadagi bolalarning ota-onalariga tavsiyalar:



  • imkon qadar bolaning tarmoqda bo‘lish vaqti va u kirayotgan resurslarini nazorat qiling yoki u kompyuter qarshisida bo‘lgan paytda birga bo‘ling;

  • bolangiz bilan suhbatlashib, unga Internetdan nazoratsiz foydalanishning salbiy oqibatlari, Internetdan foydala­nish jarayonida nima qilish mumkin va nima qilish mumkin emasligi haqida tushuntiring;

  • farzandingizga uning onlayn do‘sti aslida, o‘zi tasvirlayotganday emas, butunlay boshqa shaxs bo‘lib chiqishi mumkin ekanligini tushuntiring;

  • agarda bolangiz virtual do‘sti bilan real hayotda uchrashishni xohlasa, bunday holatda, ehtimoliy dilxiralikning oldini olish maqsadida, biror-bir yaqin (katta yoshdagi) kishi bilan birga uchrashuvga chiqishi lozimligini tushuntiring;

  • katta yoshdagilar bilan maslahatlashmasdan Internet-magazin orqali xarid qilmaslik kerakligini bolangizga tu­shuntiring;

  • agarda bolangiz ijtimoiy tarmoqlardan foydalansa, o‘z akkauntiga joylashtirib borayotgan ma’lumotlar bilan tanishti­rib borishini so‘rang, login va parolidan xabardor bo‘ling, o‘z sahifasiga qanday axborotlarni joylashtirayotgani va foydalanayotganini nazorat qiling;

  • Internetdan foydalanish jarayonida bolalaringizga nimalar noqulaylik tug‘di­rayotgani yoki kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida sizni xabardor qilib borishini so‘rang.

Voyaga yetmaganlarning axborot xavfsizligi ta’minlash davr talabi


Mobil Interneti rivojlanishi bilan mamlakatimizda kun sayin foydalanuvchilar soni ko’payib bormoqda. Hozirgi kunda boshlang’ich sinf o’quvchilari ham Internetdan foydalana olishlari ko’pchilikkka ma’lum. Allaqachon 8 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan maktab o’quvchilari ham internet tarmog’ining faol foydalanuvchiga aylangan.

Ma’lumki, 14 yoshgacha bo’lgan foydalanuvchilar ko’proq kompyuter o’yinlari bilan shug’ullanadilar. Afsuski, o’yinlar orasida ta’limiy, ko’ngilochar mazmundagilardan tashqari, jangovor ruhdagi, tajovuzkorlik mavzusidagi o’yinlar ham talaygina. Bugungi kun zamonaviy bolalarining kompyuter o’yinlari o’tgan asr 90-yillaridagi o’yinlardan keskin farq qiladi. Yosh bolalarning juda sezgirligi va qiziquvchanligi sababli tarmoqlardagi erkin ser­fing ular uchun katta xavf tug’dirishi mumkin. O’yinlar orqali turli axborotlar targ’ib qilinishi va bolajonlar ongiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ma’lumki, bolalar axborotlarni doim ham to’g’ri baholay olmaydilar. Shu sababli ham ota-onalar va o’qituvchi, tarbiyachilar bolalar uchun internet tarmog’ining quyidagi asosiy xavfli omillari ro’yxatiga alohida e’tiborli bo’lishlari zarur:



  • Kiberbulling yoki kibermobbing - bu internet tarmog’ida foydalanuvchiga ruhiy ta’sir o’tkazish, inson qadr-qimmatini kamsitish uchun yaratilgan axborotlardir. Ko’p hollarda bu axborotlar mazmuni shavqatsiz shaklda bo’ladi. Masalan, maktabda o’quvchini o’qituvchi tomonidan kamsitilishi, qo’rqitish kabi munosabatlarning oqibatlari jiddiy psixologik muammolarga sabab bo’lishi mumkin. Internetda ham shunday usuldan - kiberbezorilik mazmunidagi maxsus ishlab chiqilgan dasturiy ta’minotdan foydalaniladi. Ayrim mamlakatlarda ota-onalarga farzandlarining bunday xavfga duch kelmasliklarining oldini olish, ularga jiddiy e’tibor qaratish majburiyati yuklatiladi. Bu sohada psixologlar ham maxsus ish olib boradilar. Kiberbulling turli jiddiy salbiy holatlarga sabab bo’lishi mumkin.

  • Shaxsiy ma’lumotlarni o’g’irlash. Bolalar internetda, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarga o’z shaxsiy ma’lumotlarini kiritishlari kiberjinoyatchilar uchun qurilmalarga virus kiritish va boshqa maqsadlarni amalga oshirishlarida ayni muddao bo’ladi, bu esa ota-onalarga katta tashvish keltiruvchi muammoga aylanishi mumkin. «Kasperskiy Laboratoriyasi» tadqiqotlariga muvofiq, bolalar ijtimoiy tarmoqlarda uy manzillari, oilalarining ijtimoiy mavqei, ota-onalarining daromadlari haqida ham ma’lu­motlarni qoldiradilar. Bunday holatning oldini olish uchun ham ota-onalar va o’qituvchilar o’quvchilarga bu borada tushin­tirishlari shart.

  • Ijtimoiy tarmoqlarda xavfli ijtimoiy munosabatlar. Ijtimoiy tarmoqlarda turli o’ziga jalb etuvchi takliflar ko’plab topiladi. Ularda bolalardan telefon raqami va boshqa muhim ma’lumotlar talab etiladi. Bu esa salbiy oqibatlarga sabab bo’lishi mumkin.

  • Bolaning rivojlanishi va ijtimoiylashuvini buzuvchi holatlar. Internet ayrim bolalar uchun do’stlari, yaqinlari va hatto ota-onalari o’rnini egallay boshlash xavfiga ega. Bolalar o’zlarining ko’pgina savollariga javobni ota-onalaridan, kitoblardan emas, balki Google yoki Yandeks kabi tarmoqlardan izlashga odatlanadilar. Ilgari ochiq havoda birga o’ynagan do’stlarini ijtimoiy tarmoqlarga almashadilar. Internet tarmog’i bolalarning aqliy rivojlanishi uchun katta imkoniyatlarni ochib bersada, foydali bilimlardan ko’ra, ularga ko’proq zarar yetkazishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlardagi onlayn muloqot, baribir, hech qachon jonli muloqot o’rnini bosa olmaydi. Tarmoqdan foydalanib, hattoki, kattalar ham gadjetlardan zarar ko’rishi mumkin. Bu borada bolajonlar uchun katta xavf mavjudligi hech kimga sir emas.

  • Yomon odatlarning targ’ib qilinishi. Bolalarning internetdan foydalanishini nazoratga olmaslik oqibatida, ular yomon odatlarni targ’ib qiluvchi xavfli ma’lumotlarga ulanib qolishlari ehtimoldan holi emas.

  • Xavfli begona shaxslar bilan tanishish. Bolalarni Internetda yovuz niyatli kimsalar tomonidan aldab, o’z tuzoqlariga ilintirishlari ehtimoli ham kuchli. Umuman olganda, inson uchun oziq-ovqat kabi zarur bo’lgan mehrli e’tibor va jonli muloqot mavjud bo’lmasa, uni tarmoq orqali izlab, qandaydir xavfli tuzoqlarga tushib qolish hech gap emas.

  • Tarmoqda ayrim yomon niyatli shaxslar tomonidan turli virusli dasturlar tarqatilishi, oqibatda esa nafaqat qurilmaning ishiga, balki kattaroq doirada, o’ziga, oilasiga, jamiyatga zarar yetkazilishi mumkinligi haqida tushunchalar berish zarur.

O’sib kelayotgan yosh bolajonlarni barkamol inson bo’lib voya­ga yetishlarida sanab o’tilgan zararli axborotlardan himoya qilish maqsadida quyidagilarga alohida e’tibor qaratish lozim:

  • Axborot resurslarida bolalar uchun tushunarli axborotlar bilan ta’minlash, foydalanilayotgan axborotning ishonchliligini nazorat qilish;

  • Bolalarga zarar yetkazuvchi axborotlardan ularni himoya qi­lish;

  • Bolalar hayot faoliyati uchun muhim axborotni saqlash, ular­ning tarmoqda yomon niyatli kishilar tomonidan foydalani­lishiga yo’l qo’ymaslik.

Yuqoridagi vazifalarning hal etilishi bo’yicha faoliyat — axborot xavfsizligini ta’minlash, muammoning o’zi esa “axborot xavfsizligi” deb ataladi. Axborot texnologiyalari jadal rivojlanib borgani sari mamlakatimizda ham mazkur muammoga katta e’tibor qaratilmoqda. Internet tarmog’ida yosh bolajonlar ongiga va sog’lig’iga salbiy ta’sir etuvchi axborotlardan himoya qilish davr talabi bo’lib hisoblanadi. Buni 2017-yil 9-sentabr kuni rasman e’lon qilingan va keng muhokama etilib, e’lon qilinganidan olti oy o’tib, 9-martdan kuchga kirgan «Bolalarni ularning sog’lig’iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining qonunining mazmun-mohiyati tasdiqlaydi.

Qonunga ko’ra, yoshga oid tasnifni belgilash axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilar va tarqatuvchilar tomonidan, shu jumladan, ekspertlarni jalb etgan holda, mamlakat hududida tarqatish boshlangunga qadar amalga oshiriladi. Qonun kuchga kirishi bilan har bir axborot tarqatuvchi fuqaro bu sohadagi ekspertlarning xulosasiga ko’ra tarqatilayotgan axborotga yosh toifasini qo’yishlari shart bo’ladi. Umuman olganda, qonunda bolalarni ularning sog’li­g’iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish faoliyatini amalga oshiruvchi va ushbu faoliyatda ishtirok etuvchi tashkilot hamda organlar, ularning vakolatlari, roli aniq belgilab berilgan.

Xulosa qilib aytganda, axborot texnologiyalari tobora rivojlanib borayotgan bugungi kunda bolajonlar tomonidan ham internetga bog’lanib qolish holatlari kuzatilmoqda. Shuning uchun ta’lim-tarbiya maskanlari, oila va umumiy o’rta ta’lim muassasalarida bolalarni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan to’g’ri tarbiyalanishi, huquqiy ongini shakl­lantirish, ruhiy va jismoniy rivojlanishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish muhim ahamiyatga molik vazifadir.

Internetdan foydalanish madaniyati virtual tarmoqlardagi tahdiddan asraydi


Internetdagi global tarmoqlarda foydali ma’lumotlar bilan bir qatorda foydalanuvchilarning ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan axborotlar ham tarqatilmoqdaki, ular bugun xalqaro hamjamiyatni tashvishga solayotir.
Bularning keng tarqalgani hayosiz mazmundagi materiallar bo‘lib, shunday mazmundagi veb-saytlar soni 4,2 milliondan oshdi. Ayrim kimsalarning ushbu daromad manbaidan dunyodagi 42 foiz bolalar va o‘smirlar onlayn tarzda foydalanishmoqda.

Jahonning 38 foiz yoshlari shafqatsizlik, zo‘ravonlikni targ‘ib etuvchi materiallar ta’siriga tushayotgan bo‘lsa, yana bir qanchasi o‘z joniga qasd qilishni targ‘ib qiluvchi 9 mingdan ziyod saytlar orqali osongina jon taslim qilish "saboq"larini o‘rganishyapti.

So‘nggi yillarda terrorchi tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ib qilishga qaratilgan veb-saytlarning soni 7000 dan oshdi. Ular millatchilik ruhidagi va ma’lum bir davlatning amaldagi tuzumiga qarshi qaratilgan noxolis axborotlarni tarqatish bilan mashg‘ul bo‘lyapti.

Fikrimizcha, internet tarmog‘ida foydalanuvchilar xavfsizligini ta’minlashning eng maqbul yo‘li undan foydalanish madaniyatini rivojlantirish hisoblanadi. Vaholanki, bugun internet olamida keng uchrayotgan kiberjinoyatlar, g‘oyaviy va texnik (xakerlik) buzg‘unchiliklar foydalanuvchilarning aynan internet madaniyati me’yorlariga rioya qilmasligi oqibatida yuzaga kelmoqda.

Yoshlarda har qanday fikr va axborotlarni o‘zaro taqqoslash, ma’lumotlarni filtrlay olish qobiliyati, avvalo, oilada, keyin ta’lim dargohida shakllanadi. 
Shu o‘rinda taklif kiritish mumkinki, mahallalarda, ta’lim muassasalarida axborot xavfsizligi, internetdan foydalanish madaniyati targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbatlari o‘tkazish, onlayn muhitda yoshlarni asrashga doir qo‘llanmalarni yoshlar hamda oilalarga bepul tarqatish maqsadga muvofiq.

Ommaviy axborot vositalari orqali mutaxassislar ishtirokida maxsus teleradio dasturlar, tahliliy maqolalar berib borish lozim. Qolaversa, axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi ekspert komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish tavsiya etilmagan kompyuter o‘yinlari va filmlar ro‘yxatini joylardagi internet-kafelar va klublarga taqdim etib borish ham foydadan xoli bo‘lmaydi.

Shuningdek, o‘quvchi-talabalar o‘rtasida "Eng yaxshi internet-blog" nominatsiyasi bo‘yicha tanlov o‘tkazish, aholi gavjum bo‘ladigan maskanlarda internet xavfsizligiga qaratilgan shiorlar, bannerlar joylashtirish ham katta ahamiyatga ega.

Yoshga oid toifa belgisi bo’lmagan axborot mahsulotini tarqatish taqiqlandi


“Bolalarni ularning sog’lig’iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Axborot mahsulotining yoshga oid tasniflarini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq bolalar o’rtasida tarqalishi cheklangan axborot mahsulotlariga:



  • shafqatsizlik, jismoniy va ruhiy zo’ravonlik, jinoyat yoki jamiyatga qarshi boshqa harakatlar tasvirlangan;

  • qo’rquv, vahima va sarosima uyg’otadigan;

  • jinsiy munosabatlar tasvirlangan yoki bayon etilgan;

  • uyatli so’zlar jumlasiga kirmaydigan haqoratli so’zlar va iboralarni o’z ichiga olgan axborot mahsulotlari kiradi.

Yoshga oid toifa belgisi bo’lmagan axborot mahsulotini tarqatish taqiqlanadi.


Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish