54
5.
Maxsus egiluvchanlikni
oshiruvchi o’yinlar
“Uzoqqa to’p uloqtirish”, “Qovun uzatish”,
“O’rtada to’p” va boshqalar
Tanlab olinadigan harakatli o’yinlar bolalarning imkoniyatlariga qarab
me’yorlashtirilishi lozim.
II.3. Bitiruv malakaviy ishidan olingan natijalar va ularning tahlili.
10-11 yoshli futbolchilarbilan dars va darsdan tashqarida o`tkaziladigan
harakatli o`yinlarni tashkil qilish va o`tkazish bo`yicha qilinayotgan
ishlar tahlil
qilindi va umumlashtirildi.
10-11 yoshli futbolchilarning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarliklari
o`rganildi.
Amaliy tajribalarni umumlashtirish maqsadida guruh murabbiyi va
bolalarning fikrlari suhbat tariqasida aniqlandi.
Jismoniy tarbiya darslarida futbolchilarni jismoniy tarbiya darslarida yengil
atletika, gimnastika, harakatli va sport o`yinlari elementlari reja asosida olib
boriladi. Ob-havo, maktab sport bazasi va imkoniyatlari hisobga
olinib jismoniy
tarbiya darslari vazifalariga xos holda harakatli o`yinlar variantlari tanlanadi.
Harakatli o`yinlarni tanlashda ularning mazmuni muhim ahamiyatga ega.
Qoidalari murakkab butun diqqat talab qiladigan yoki qayta o`rganiladigan
o`yinlarni, texnik jihatdan murakkab mashqlar variantlarida soddalashtiriladi yoki
murakkablashishi ham mumkin.
O`qituvchi yosh murabbiy o`yin sharoiti, vazifasi va mazmunidan kelib
chiqib o`yin qoidalariga o`zgartirishlar kiritganda o`rgatish tomonlariga amal qilish
maqsadga muvofiq.
Yakunida qayd etilgan umumiy va
maxsus jismoniy tarbiyaning
ko’rsatkichlari mashg’ulotlarda qo’llanilgan harakatli o’yinlarni samaradorligini
kuzatildi. Ushbu samaradorlik darajasini olingan o’rtacha kuzatuv
ko’rsatkichlardan aniq va ravshan ko’rinib turibdi.
55
-.Jismoniy tarbiya tadbirlari jarayonida harakatli o`yinlarni tashkil qilish va
o`tkazish bolalarning jismoniy tarbiya bilan shug’ullanishlariga qiziqishni oshiradi.
- Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari turli xil shakllarga ega bo`lishi bilan
harakterlanadi.
Mashg’ulotlarning
dars shakli, darsdan tashqari shakllarida harakatli
o`yinlardan foydalaniladi. Bundan tashqari harakatli o`yinlardan katta
tanaffuslarda, kuni uzaytirilgan guruhlarda tashkil etiladi.
- O`tkazilgan tajriba ishlaridan ma`lum bo`ldiki, harakatli o`yinlarni
darsning har qanday shaklida o`tkazish bolalarni harakat sifatlarini oshirishda
muhim ahamiyatga ega ekan.
Mashg’ulotlar jarayonida harakatli o’yinlarni qo’llash yosh sportchilardagi
jismoniy
sifatlarini, intellektual qobiliyatlarini tarbiyalashda muhim o’rin tutadi.
Ayniqsa jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan harakatli o’yinlardan to’g’ri
foydalanish kutilgan natijalarni beradi. Buni biz o’tkazgan tajriba jarayonida
olingan natijalar isbotlab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: