1- MA'RUZA
MAVZU: BOLALAR O`SIShI VA RIVOJLANISHINING UMUMIY
QONUNIYATLARI
Rеja:
1 Kirish
2. O`sish va rivojlanish organizmning miqdoriy va
sifatiy ko`rsatkichidir.
3. O`sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari.
4. Aksеlеratsiya -o`sish va rivojlanishning tеzlashuvi.
5. Individual tarakkioti davrlari xagida.
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fani biologiyaning mustaqil bir tarmog`i
hisoblanib, ikkita alohida fanning birikmasidir. Bu fanlar o`zaro bir-birini
to`ldiradi va yosh avlodni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fani 1970 yildan boshlab pеdagogika oliy o`quv
yurtlarining o`quv rеjasiga kiritildi.
Yosh fiziologiyasi fiziologiya fanining bir qismi hisoblangan odam
fiziologiyasida yangi ma'lumotlarning to`planishi natijasida mustaqil fan bo`lib
ajralib chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |