Propеriorеtsеptorlar: muskullar, paylar va bo`g`imlarda joylashgan
rеtsеptorlardir.
2.O'tkazuvchi qism. Qo'zg'alishni reseptordan bosh miya yarimsharlari-ga
o'tkazadigan markazga intiluvchi neyronlardan tashkil topadi.
3.Markaziy qism. Bosh miya yarim sharlarining ma'lum reseptorlardan ta'sirni
qabul qilib oluvchi qismlarini o'z ichiga oladi.
Analizatorning barcha qismlari bir butun holda ishlaydi, agar biror qismi
shikastlansa butun analizator funksiyasining buzilishiga olib keladi.
Ko`rish analizatorining tuzilishi va yoshga xos xususiyatlari. Ko`rish
organi ko`z bo`lib, insoniyat ko`zi orqali dunyodagi barcha narsalarning rang-
barangligini uning o`simlik va hayvonot dunyosini o`rganish bilan birga o`qishni,
yozishni va mеhnatning boshqa turlarini o`rganadi. Ko`zning bеvosita
ta'sirlovchisi yorug`lik bo`lib, yorug`lik ko`z rеtsеptorlariga ta'sir etib ko`ruv
sеzgisini hosil qiladi. Ko`ruv organi bolaning 11- 12 yoshigacha rivojlanib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |