Namangan davlat universiteti fizika fakulteti fizika yo`nalishi fz/bu 17/18 guruh talabasi kamoliddinova shahnozaning lazerlar fizikasi fanidan mustaqil ishi
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA FAKULTETI FIZIKA YO`NALISHI FZ/BU 17/18 GURUH TALABASI KAMOLIDDINOVA SHAXNOZANING LAZERLAR FIZIKASI FANIDAN MUSTAQIL ISHI
REJA:
Erkin elektronli lazerlar haqida tushuncha.
Elektron to`dasini hosil qilish.
Elektron lazer sxemasi.
Erkin elektronli lazer haqida tushuncha
Elektron to`dasi oqimining ilgarilanma xarakati kinetik energiyasi yordamida majburiy elektromagnit nurlanishi olish mumkin. Ushbu nurlanish klassik qurilmalar hisoblanuvchi “yuguruvchi to`lqin lampasi” tezlatkichlar, tsiklotronlar, klistron va magnetron kabi qurilmalarda amalga oshiriladi. Majburiy nurlanishni olishni amalga oshirgan qurilmalarni lazer deb ataganimiz uchun bu kabi qurilmalarni “erkin eletronli lazer” yoki “elektron oqimli lazer” va yoki sodda qilib “elektron lazer” deb ataladi. O`ta yuqori chastotali vakuum elektronikasi qurilmalarining asosi y qismlarining o`lchamlari hosil qilinadigan nurlanish to`lqin uzunligi bilan solishtirarli bo`ladi..
Elektrodinamik rezonator strukturasining tebranish sistemasining bir xil qismida elektron to`dasi yuqori chastotali elektr yoki magnit maydoni bilan o`zaro tasirlashib, elektron kinetik energiyasini nurlanishga beradi. Elektronlarning rezonans strukturani bir elementidan o`tish vaqti
hosil bo`lgan nurlanish davri T tartibida bo`ladi. O`ta yuqori chastotali vakuum elektronikasi generatorlarida energiyasi damlanayotgan elektromagnit to`lqini va elektronning fazodagi siljishi orasida sinxronlik (bir xillik) holatiga
erishiladi. Sinxronlikka erishilganda elektronlar oqimibilan eletromagnit to`lqini o`zaro tasirlashishi natijasida elektronlar to`dasi “elektronlarning fazoviy guruhi” hosil bo‟ladi.
Elektron to’dasini hosil qilish
Elektron to‟dasi keyingi xarakati davomida olgan energiyasini u bilan sinxronlashgan elektromagnit to`lqini komponentasiga beradi. Bu majburiy (induktsion) nurlanish bo`ladi. Elektron to`dasi hosil bo`lishi barcha qta yuqori chastotali elektronlarga xos bo`lsada, ular orasida yugiruvchi to‟lqinli lampa tuzilishi soddaroqdir. Bu lampada to`g`ri chiziqli tarqaluvchi yuguruvchi elektromagnit to`lqini maydoni bilan elektron to`dasi bir qancha vaqt o‟zaro
ta‟sirlashadi. Qurilmalarda ma’lum yo`nalishda sekinlatilgan elektromagnit to`lqini olinib, uning bu yo`nalishdagi tezligi elektronlar to`dasi tezligi bilan birxillashadi.
Eng sodda sekinlatuvchi sistema spiraldir. Agar spiral a=R radiusi, uning qadami
deb olsak, spiral o‟qi bo‟ylab elektromagnit to‟lqinining faza tezligi
bo`ladi. Elektron oqimi yo‟nalishi U bilan mos bo`lganda to`lqinning tezlatuvchi va tormozlovchi
Ta`siri natijasida elektron to`dasi hosil bo`ladi.
Elektron lazerini tuzilish sxemasi ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT