Ma`sum muhabbatning oppoq peshanasiga
Toshma bo`lib toshadi-yu shundoq turadi.
Va muqaddas nikoh ahdu paymonlarini
Qimorbozning savdosiga aylantiradi. (318-bet)
Ma`sum va oppoq so`zlari poklik, begunohlik semalariga ega bo`lib, bir-birini mazmunan to`ldiradi, keyingi misra esa salbiy ma`noli bo`lib, birinchi misra bilan antiteza hosil qiladi.
Sifatlashlar asarda shaxslar xarakterini ochib berishga xizmat qilgan. Asarda marhum qirol tilidan xiyonatkor qirolga nisbatan fosiq, riyokor, tuban, past, noloyiq sifatlashlari qo`llanadi.
Arvoh: Ha, o`sha fosiq, riyokor banda,
Makr bilan xushomadga qobil sharmanda.
(Shundoq iflos oqibatga etaklar ekan La`nat bo`lsin unday tug`ma qobiliyatga!) Xullas, turfa nayrang bilan, xushomad bilan Malikani xiyonatga boshladi bezbet,
Qanday og`ir bir razolat ro`y berdi, Hamlet! (241-bet)
Sifatlashlar voqea-hodisalar mohiyatini to`laroq ochishga ham xizmat qiladi.
Horatsio:
Tunning so`ngsiz sukunati ichra u ro`yo
68
Surunkasi ikki kecha ko`rinish bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |