Namangan davlat univеrsitеti boshlang‟ich ta'lim mеtodikasi kafеdrasi



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/365
Sana31.12.2021
Hajmi2,14 Mb.
#261057
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   365
Bog'liq
Namangan davlat univеrsitеti boshlang ich ta'lim mеtodikasi kafе

Elektron ta‟lim resurslari: 
3. www. Ziyonet. uz 
4. www. edu. uz 
8-mavzu: Frazeologiya. Frazeоlоgik birikmalar. Ularning turlari. 
Reja: 
1.Frazeologiya haqida ma‘lumot.  
2. Frazema til va nutq birligi sifatida.  
3. Frazemalarning ma‘no xususiyatlariga ko‗ra asosiy belgilari va turlari. 
Nutqda  ikki  yoki  undan  ortiq  so‗zlarning  o‗zaro  ma‘no  va  grammatik  jihatdan 
bog‗lanishidan tuzilgan birikmalar qo‗llaniladi. 
 
Bunday  birikmalarning  ayrimlari  nutq  jarayonida  tuziladi,  ayrimlari  esa  tilda 
tayyor  birikma  shaklida  mavjud  bo‗ladi.  Ular  bir-biridan  o‗ziga  xos  belgilari  bilan  farq 
qiladi. 
Nutq jarayonida tuzilgan birikma kamida ikkita mustaqil so‗zdan tashkil topadi va 
murakkab  tushuncha  ifodalaydi.  Bunday  so‗z  birikmasi  ifodalaydigan  tushuncha 
tarkibidagi  so‗zlarning  ma‘nosi  asosida  yuzaga  keladi:  qiziqarli  asar.  Bunday  so‗z 
birikmasi tarkibidagi so‗zlar ayrim-ayrim so‗zlarga ajrala oladi: qiziqarli asar – zerikarli 
asar. Shuning uchun ular erkin so‗z birikmasi deb yuritiladi. 
Tilda  ko‗p  vaqt  bir  qolipda  qo‗llanaverib,  bo‗linmaydigan  holga  kelib  qolgan 
birikmalar  mavjud:  og‗zi  qulog‗ida.  Demak,  so‗z  birikmalari  ikki  xil:  a)  erkin  so‗z 
birikmasi;  b) turg‗un so‗z birikmasi.  Turg‗un birikmalar ikki xil: a) birikmali atamalar;   
b) iboralar. 
Tilda  ikki  yoki  undan  ortiq  so‗zdan  tarkib  topib,  ko‗chma  ma‘no  ifodalaydigan, 
ma‘nosi bir so‗zga teng keladigan turg‗un birikmalar ibora (frazeologik birlik) deyiladi. 
Birikmalargina  emas,  ayrim  gaplar  ham  ibora  holiga  kelib  qolishi  mumkin: 
Ishtahasi ochildi. Dili siyoh bo‗ldi. 
Iboralarning  barchasi  ko‗chma  ma‘no  ifodalaydi  va  ularda  emotsionallik  so‗zga 
nisbatan kuchli bo‗ladi. Shuning uchun iboralar nutqning ifodalaligini va ta‘sirchanligini 
oshiradi. 
Tilning  iboralarni  o‗rganadigan  bo‗limi  frazeologiya,  iboralar  yig‗indisi  esa 
frazeologizm deb yuritiladi. 
Iboralar o‗rtasida ham o‗zaro sinonimlik, antonimlik, omonimlik hodisasi bo‗lishi 
mumkin. (Qarang: -§. So‗zlarning shakl va ma‘no munosabatiga ko‗ra turlari.) 
  Ikki  va  undan  ortiq  so`zdan  tarkib  topgan  va  yaxlit  bir  ko`chma  ma`no 
ifodalaydigan,  ta`sirchanlikka  ega  bo`lgan  til  birligi  ibora  (frazeologik  birlik)  deyiladi: 
qo`y  og‟zidan  cho`p  olmagan  (yuvosh),  kapalagi  uchib  ketdi  (cho`chidi),  og‟zing  qani 
desa qulog‟ini ko`rsatadi (lapashang) va h. Iboralarning quyidagi xususiyatlari mavjud:  
   1. Iboralar ahamiyati va qo`llanishi jihatidan, odatda, so`zga teng keladi.  
   2.    Iboralar  ko`chma  ma`no  ifodalaydi  va  ta`sirchanlikka,  obrazlilikka    ega 
bo`ladi.  
   3.    Iboralar  gap  tarkibida  yaxlit  ko`rinishda  bitta  so`roqqa  javob  bo`ladi  va  bitta 
gap bo`lagi vazifasini bajaradi. 
   4.  Ayrim  iboralar  tarkibiga  boshqa  so`zlarni  kiritish  yoki  tarkibidagi  so`zlarni 
o`zgartirish  mumkin:  ko`zi  tushdi  –  ko`zi  menga  tushdi;  burni  ko`tarilgan    -  burni 
ko`tarilib ketibdi – burni ko`tarilibdi va h.  
   5.    Iboralar  ko`proq  so`zlashuv  va  badiiy  uslubda  ishlatiladi.  Ulardan  unumli 
foydalanish nutqning ta`sirchanligini oshiradi.  
  Til fanining iboralarni o`rganadigan bo`limi frazeologiya deb ataladi. 


42 
 
   Iboralar  o`rtasida  ham  o`zaro  omonimlik,  sinonimlik,  antonimlik  va  paronimlik 
bo`lishi mumkin: Omonim iboralar: dam bermoq (yel haydamoq) – dam bermoq (hordiq 
bermoq); ko`z yummoq – o`lmoq, ko`z yummoq – e`tibor bermaslik; boshiga ko`tarmoq – 
e`zozlamoq, boshiga ko`tarmoq – to`polon qilmoq; sinonim iboralar: tegirmonga tushsa 
butun  chiqadi  -  suvdan  quruq  chiqadi;  antonim  iboralar:  yerga  urmoq  -  ko`kka 
ko`tarmoq;  paronim  iboralar:  yuragi  tars  yorilib  ketayozdi  -  sabr-chidami  tugamoq    q  
yuragi qoq yorila yozdi -  sevinganidan qattiq hayajonlanmoq.   

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   365




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish