Namangan davlat univеrsitеti boshlang‟ich ta'lim mеtodikasi kafеdrasi



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/365
Sana31.12.2021
Hajmi2,14 Mb.
#261057
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   365
Bog'liq
Namangan davlat univеrsitеti boshlang ich ta'lim mеtodikasi kafе

qo„llanishi mumkin? 1) qotishma;   
2) moslama; 3) qazilma; 4) burama;  5) qatlama;  6) yuklama. 
A) 2,4,5,6    B) 2,3,4,6    C) 1,2,3,6   D) 1,2,3,4    
 
3-mavzu: Sinоnimlar. Antоnimlar. Paronimlar, ularning turlari. 
Reja: 
1. Sinonimlar (ma‘nodosh so‗zlar) va sinonimiya qatori. 
2.  Antonimlar.  
3. Paronimlar. 
4.  Omonim,  sinonim,  antonim  va  paronimlarning  asosiy  turlari  va  nutqda  qo‗llanish 
xususiyatlari. 
Sinonim so‗zlar. Shakli har xil, ma‘nosi bir-biriga  yaqin bo‗lgan so‗zlar sinonim 
deyiladi. Sinonim so‗zlar bir predmet hodisaning (taom, ovqat; baxt, iqbol, tole, saodat), 
belgining (sezgir, ziyrak, tuyg‗un; aniq, ochiq-ravshan, yorqin, oydin, ayon), harakatning 
(yordamlashmoq,  ko‗maklashmoq)  bir  necha  nomi.  Sinonim  so‗zi  grekcha  «bir  nomli» 
degan  ma‘noni  ifodalaydi.  Shuning  uchun  sinonimik  hodisa  bir  so‗z  turkumi  doirasida 
yuzaga keladi. 
Sinonim so‗zlar aynan bir predmet, belgi, harakat tushunchasini ham, qo‗shimcha 
ma‘no  ottenkalari  bilan  farqlanadigan  predmet,  belgi,  harakat  tushunchalarini  ham 
anglatadi.  Masalan,  tilshunoslik  –  lingvistika  sinonimlarining  ma‘nosi  aynan  bir  xil. 
Yig‗lamoq, yig‗lamsiramoq sinonimlarining ma‘nosida farq mavjud. 
Bir  ma‘no  atrofida  birlashgan  so‗zlar  guruhi  sinonimik  qatorni  tashkil  etadi. 
Masalan: odam – kishi – inson – bashar; davolamoq, tuzatmoq; yorug‗  - nurli - charog‗ 
on, yorqin – munavvar. 
Sinonimik qatorni tuzishda ma‘nodosh so‗zlar uchu nasos qilib olingan so‗z bosh 
so‗z  (dominanta)  deyiladi.  Sinonimik  guruhdagi  ma‘noli,  barcha  nutq  uslublarida 
qo‗llanadigan, adabiy tilga  mansub,  ma‘no doirasi keng bo‗lgan  so‗z  bosh  so‗z  sifatida 
tanlab olinadi: botir - qahramon – dov yurak - qo‗rqmas – jasur. 
Sinonimik  qatorni  belgilashda  so‗zlarning  yagona  umumiy  belgisiga  asoslanadi. 
Masalan: uy va bino so‗zlari bir-biriga  yaqin ma‘noli bo‗lsa ham, uy  so‗ziga xos asosiy 
tushuncha  bilan  (odam  yashaydigan  joy)  «bino» so‗zi  ifodalaydigan  tushuncha  (imorat) 
o‗rtasida umumiylik yo‗qligi uchun ular sinonim bo‗la olmaydi. 
Jins  va  tur  munosabatidagi  (daraxt  –  jins,  olma  –  tur),  predmet  yoki  harakatning 
bir  tomonini  obrazli  qilib,  bo‗rttirib  ifodalaydigan  so‗zlar  o‗sha  predmet  yoki  harakat 
tushunchasiga  kirishi  mumkin  bo‗lgan  tushunchani  ifodalasa  ham,  predmet  yoki 
harakatni  to‗laligicha  anglatmaganligi,  obrazlilik  asosiy  tushunchaga  nisbatan  kuchli 
bo‗lsa (chuldiramoq, ping‗illamoq, pichirlamoq, shipshitmoq, to‗ng‗illamoq, vag‗illamoq 
so‗zlari  gapirmoq  so‗ziga  sinonim  bo‗lmaydi),  mohiyat  jihatdan  bir-biridan  keskin  farq 
qiladigan sotsial tuzumlarga xos bo‗lgan tushunchalarni ifodalasa (mirshab – militsioner) 
ular o‗zaro sinonim bo‗la olmaydi
7

Sinonimlarning  quyidagi  turlari  mavjud:  1)  lug‗aviy  sinonimlar;  2)  grammatik 
                     
7
 M.Mirzayev va b. O`zbek tili.-T.O`qituvchi, 1978. 


25 
 
sinonimlar. 
1.  Lug‗aviy  sinonimlar:  1)  so‗zlar  doirasida  (bezak,  ziynat,  hasham);  2)  so‗z  va 
iboralar  doirasida  (ayyor  -  mug‗ambir  –  pixini  yorgan,  ilonning  yog‗ini  yalagan);  3) 
iboralar doirasida (og‗ziga talqon solmoq - og‗zida qatiq ivitmoq) bo‗ladi. 
2. Grammatik sinonimlar qo‗shimchalar doirasida bo‗ladi. 
Sinonim  so‗zlar  o‗zbek  tilining  ichki  taraqqiyoti  asosida  (kun  -  quyosh,  ish  – 
yumush, qari – keksa) va boshqa tildan so‗z olish natijasida (shox (o‗zbekcha)  – muguz 
(tojikcha),  orzu  (tojikcha)  –  tilak  (o‗zbekcha),  buloq  (o‗zbekcha)  –  chashma  (tojikcha), 
adabiy tilga xos so‗z bilan shevaga xos so‗zlar (go‗zal – suluv – ko‗xlik – xushro‗y) yoki 
shevaga oid bir necha so‗zlar doirasida (chelak – satil - paqir) yuzaga keladi. 
  Sinonimlar  (ma`nodosh  so`zlar)    -    grekcha  synonymos  yoki  synonymon  – 
―bir nomli‖ degan ma`noni bildirib,  shakli har xil bo`lsa ham, ma`nolari bir-biriga yaqin  
bo`lgan so`zlardir. Sinonim so`zlar bir xil predmetlarni (ovqat, osh, taom),  predmetning 
bir  xil  belgisini  (ishchan,  harakatchan,  tirishqoq),  bir  xildagi    harakatni  (asramoq, 
saqlamoq)  bildiradi.  Ma`nodosh  so`zlarda  umumiy  va  xususiy  ma`nolar  farqlanadi. 
Umumiy ma`no bir necha so`zni birlashtiruvchi ma`no: taom, emish, xo`rak so`zlarining 
umumiy  ma`nosi  ―ovqat‖dir.  Lekin  har  bir  so`zda  xususiy  ma`no  ham  mavjud.  Taom 
insonga nisbatan ishlatilsa, emish va xo`rak ko`proq hayvonlarga nisbatan qo`llanadi. 
   Ma`nodosh  so`zlar  ikki  yoki  undan  ortiq  so`zdan  iborat  bo`lgan  sinonimik  qatorni 
tashkil etadi. Bu qatordagi  ma`nosi betaraf bo`lgan, ko`p  qo`llanadigan so`z  asosiy so`z 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   365




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish