Namangan davlat univеrsitеti boshlang‟ich ta'lim mеtodikasi kafеdrasi



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/365
Sana31.12.2021
Hajmi2,14 Mb.
#261057
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   365
Bog'liq
Namangan davlat univеrsitеti boshlang ich ta'lim mеtodikasi kafе

Qo„shimcha adabiyotlar: 
1.H.Jamolxonov.  Hozirgi o`zbek adabiy tili. 2005,  ―Talqin‖  nashriyoti 
2. Sh.Rahmatullayev.  Hozirgi adabiy o`zbek tili.  2006,―Universitet‖ nashriyoti. 
3.R.Yunusov. O`zbek tilidan  praktikum. 1-qism, 2006,  TDPU. 
4.U.  Tursunov,  J.  Muxtorov.  Sh.Rahmatullayev.  Hozirgi  o‗zbek  adabiy  tili. 
«O‗zbekiston», Toshkent. 1992-yil. 
5. Yule G. The Study of Language. 4th  edition. Cambridge: CUP, 2010. 
Elektron ta‟lim resurslari: 
3. www. Ziyonet. uz 
4. www. edu. uz 
5. tdpu-INTRANET. Ped 
 
3-mavzu:  So‟zlarning  shakl  va  ma‟no  munosabatiga  ko‟ra  turlari. 
Оmоnimlar. 
Reja: 
1. Ona tilida so‗zlarning shakl va ma‘no munosabatlariga ko‗ra turlari haqida ma‘lumot. 
2.Omonimlar, ularning ko‗p ma‘noli so‗zlardan (polisemantizmlardan) farqi.  
3. Omonimlarning asosiy turlari va nutqda qo‗llanish xususiyatlari. 
So„zlarning shakl va ma‟no munosabatiga ko„ra turlari 
Tildagi  so‗zlar  shakl  va  ma‘no  xususiyatlariga  ko‗ra  o‗zaro  turli  munosabatda 
bo‗ladi.  So‗zlarning  ayrimlari  shakl  jihatdan,  ayrimlari  ma‘no  jihatdan,  ba‘zilari  esa 
talaffuzi  jihatidan  o‗xshash  bo‗ladi.  Shu  xususiyatlariga  ko‗ra  so‗zlar  quyidagi 
guruhlarga bo‗linadi: 
1.Omonim  so‗zlar.  Shakli  (yozilishi  va  aytilishi)  bir  xil,  ma‘nosi  har  xil  so‗zlar 
omonimlar deyiladi. Omonim so‗zi grekcha «bir xil» degan ma‘noni ifodalaydi. Masalan: 
ot - hayvon, ot - uloqtirmoq, ot - ism; og‗iz - insonning tana a‘zosi, og‗iz - yangi tuqqan 
sigir  sutidan  tayyorlanadigan  taom;  chang  -  to‗zon,  gard,  g‗ubor,  chang  –  to‗rtburchak, 
yassi quti shaklidagi torlar tortilgan qo‗sh cho‗p bilan chalinadigan musiqa asbobi; qovoq 
- insonning tana a‘zosi, ot, qovoq - poliz ekini, ot. 
Omonim  so‗zlar  turkumiga  (yuz  –  insonning  tana  a‘zosi,  ot;  yuz  -  miqdor 
bildiruvchi son) oid bo‗ladi. 
Omonimlar  2  turga  ajratiladi:  1)  lug‗aviy  omonimlar;  2)  grammatik  omonimlar. 
Lug‗aviy omonimlar:  
1) so‗zlar doirasida; 2) iboralar doirasida bo‗ladi. 


21 
 
1.Omonimlik  hodisasi  so‗z  bilan  so‗z  doirasida  bo‗lsa,  leksik  omonim  deyiladi. 
Masalan: kul (ot) – biror narsaning yonishi natijasida hosil bo‗ladigan kukun. U oshxona 
oldida  turgan  kul  chelakni  olishga  buyurdi.  (P.Tursun)  Kul  (fe‘l)  -  zavq  shovqini, 
xursandchilik  bildiruvchi  tovushlar  chiqarmoq.  Nega  Aziz  bu  qadar  shod:  Yuzi  kuladi, 
ko‗zlari yonadi? (HG‗ulom) 
2.Omonimlik  hodisasi  ibora  bilan  ibora  doirasida  bo‗lsa,  frazeologik  omonim 
deyiladi.  Masalan:  bosh  ko‗tarmoq  -  qarshi  qo‗zg‗  olon  ko‗tarmoq,  bosh  ko‗tarmoq  - 
tuzalmoq, sog‗aya boshlamoq. 
Grammatik omonimlar qo‗shimchalar doirasidagi shakliy tenglikdir. Shakli bir xil, 
ma‘nosi  har  xil  qo‗shimchalarga  grammatik  omonimlar  deyiladi.  Masalan:  -im 
qo‗shimchasi  bilim  –  ot  yasovchi  qo‗shimcha,  fe‘ldan  ot  yasaydi.  Kitobim  –  I  shaxs, 
birlik  qo‗shimchasi;  -ki  (tepki)  –  ot  yasovchi  qo‗shimcha,  -ki  (kechki)  –  sifat  yasovchi 
qo‗shimcha. 
Ba‘zi  omonim  so‗zlar  qo‗shimchalar  olganda  ham  omonimlik  shaklini  saqlab 
qoladi. Masalan, terQim, terQim. Birinchi so‗z –ter ot turkumiga oid so‗z bo‗lib, I shaxs, 
birlik  egalik  qo‗shimchasini  olgan,  ikkinchisi  fe‘l  turkumiga  oid  so‗z  ot  yasovchi  –im 
qo‗shimchasini olgan. Bu so‗zlar bir xil shaklini saqlab qolgan. 
Qo‗shimchalar  qo‗shilganda  ham  omonimlik  shaklini  saqlab  qoladigan  so‗zlar 
omoformalar  deyiladi.  Omoformalar  bir  xil  so‗z  turkumiga  ham,  boshqa-boshqa  so‗z 
turkumiga  ham  oid  bo‗ladi.  Masalan,  1)  bog‗    -  mevazor  (ot);  2)  bog‗    -  bog‗ich  (ot). 
Ularning qo‗shimcha olgandan keyingi grammatik shakllari: 
1) bog‗ ni, bog‗ ning, bog‗ dan; 
2) bog‗ ni, bog‗ ning,bog‗ dan. 
Qiyoslang: oq (sifat)Qar – fe‘l yasovchi qo‗shimcha; 
oq (fe‘l)Qar – sifatdosh hosil qiluvchi qo‗shimcha. 
Omonimlar  badiiy  adabiyotda  tuyuq  janrida,  og‗zaki  so‗zlashuv  nutqida  so‗z 
o‗yinlari, askiyalarda qo‗llanadi. 
Omonimlar  ko‗p  ma‘noli  so‗zlar  ma‘nosidagi  bog‗lanishning  yo‗qolishi, 
so‗zlardagi  fonetik  o‗zgarishlar  va  boshqa  tildan  so‗z  o‗zlashishi  jarayonida  yuzaga 
keladi. Masalan: 1) bog‗  (mevazor) tojik tilidan kirgan, bog‗  (bog‗ich) o‗zbekcha so‗z; 
2)  dam  –  nafas  (o‗z  ma‘nosi),  dam  -  bosqon  (ko‗chma  ma‘no),  dam  -  xordiq  (ko‗chma 
ma‘no). 2-misolda polisemiya hodisasi yo‗qolib, omonimiya hodisasi yuzaga keldi. 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   365




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish