29- mavzu:
Yordamchi so‟zlar. Ko‟makchi, bog‟lovchi, yukalamalar.
Reja:
1. Yordamchi so„z turkumlari. Ko‟makchi.
2. Bog„lovchi
3. Yuklama
Yordamchi so„z turkumlari
Yordamchi so‗z turkumlari mustaqil so‗z turkumlaridan farqlanadi. Ular lug‗aviy
ma‘noga ega emas, morfologik jihatdan o‗zgarmaydi, gapda sintaktik vazifa bajarmaydi,
yasalish xususiyatiga ega emas.
Mustaqil lug‗aviy ma‘noga ega bo‗lmay, gap bo‗laklari va gaplarni o‗zaro
bog‗lash, xilma-xil munosabatlarni ko‗rsatish yoki ularga qandaydir qo‗shimcha ma‘no
qo‗shishga xizmat qiladigan so‗z turkumlari yordamchi so‗z turkumlari deyiladi.
YOrdamchi so‗z turkumlariga bog‗lovchi, ko‗makchi va yuklama kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |