SAYLOV JARAYONI
—
saylovlarni tashkil etish va o‗tkazish yuzasidan amalga
oshiriladigan tadbir va choralar yig‗indisidir. Saylov jarayoni quyidagi bosqichlarda
amalga oshiriladi: a) saylov kunini belgilash; b) saylov okruglarini belgilash va ularda
saylov uchastkalarini tashkil etish, saylovchilar ro‗yxatini tuzish; v) siyosiy partiyalar
tomonidan nomzodlarni ko‗rsatish va ro‗yxatga olish; g) nomzodlar va siyosiy partiyalar
tomonidan saylovoldi tashviqotini olib borish; d) ovoz berish va ovoz berish natijalarini
aniqlash; e) saylov natijalarini e‘lon qilish.
SAYLOV KAMPANIYASI
— (O‗z.R.da) saylov kampaniyasi boshlanganligi
haqidagi Markaziy saylov komissiyasi qarori rasmiy e‘lon qilingan kundan boshlab
saylov natijalari rasmiy e‘lon qilinadigan kungacha bo‗lgan oraliqdagi davr. Ushbu davr
oralig‗ida maxsus ijtimoiy - siyosiy vazifani amalga oshirish uchun (parlamentda vakillik
o‗rinlarini egallash va hakazo) uyushtiriladigan va olib boriladigan kurashlar.
SAYLOV KOMISSIYASI
— (O‗z.R.da) mamlakat prezidenti va vakillik
organlariga o‗tkaziladigan saylovlarni tashkil etuvchi maxsus kollegial organ. Saylov
komissiyalari tizimi, ularni tashkil etish tartibi va vakolatlari, odatda, saylovlar
to‗g‗risidagi qonunlar bilan belgilanadi. Mas., ―O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti
saylovi to‗g‗risida‖gi qonunga ko‗ra, O‗z.R. Prezidenti saylovini tashkil etish va uni
o‗tkazish quyidagi saylov komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi: O‗z.R. Markaziy
S.k.; O‗z.R. Prezidenti saylovini o‗tkazuvchi okrug S.k.; O‗z.R. Prezidenti saylovini
o‗tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasiga saylov o‗tkazuvchi saylov komissiyalari tizimi quyidagicha:
Markaziy S.k.; okrug saylov komissiyalari; uchastka saylov komissiyalari. O‗zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining yuqori palatasi — Senatga saylov o‗tkazish uchun
Qoraqalpog‗iston Respublikasi va har bir viloyatda Markaziy S.k. tomonidan bittadan
faqat okrug S.k. tuziladi. Xalq deputatlari, viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov
o‗tkazish uchun xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‗tkazuvchi viloyat S.k.; xalq
deputatlari tuman Kengashiga saylov o‗tkazuvchi tuman S.k.; xalq deputatlari shahar
Kengashiga saylov utkazuvchi shahar S.k.; shuningdek, shahar va tuman xalq deputatlari
Kengashlariga saylov o‗tkazuvchi okrug va uchastka saylov komissiyalari tuziladi.
Fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlariga saylovlar vaqtida fuqarolar yig‗inlariga
amaliy yordam ko‗rsatish vaqtida saylovni tashkil etish va o‗tkazishga ko‗maklashuvchi
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyat, tuman va shahar komissiyalari, shaharcha,
mavze, qishloq, ovul, mahalla ishchi guruhlari tuziladi. O‗zbekistonda Markaziy S.k.
doimiy ishlovchi organ. Boshqa komissiyalar faqat saylov o‗tkazish uchun tuziladi va
saylov tugagach, faoliyati to‗xtaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |