341
shakllantirilgan. I chaqiriq Oliy Majlis ko‗ppartiyaviylik asosida 1994-yildan beri 5
marotaba saylovlar bo‗lib o‗tdi. Bir palatali parlament 250 deputatdan iborat bo‗lib, u
ishlagan davrda 10 ta kodeks, ikkita milliy dastur, 240 ta qonun, 468 ta qaror qabul
qilingan, qonun hujjatlariga 1573 ta qo‗shimcha va o‗zgartirishlar kiritilgan. Bu yillarda
parlament, o‗z konstitutsiyaviy vakolatlariga asoslanib, demokratik jamiyatning huquqiy
asoslarini
shakllantirish, bozor iqtisodiyoti prinsiplarini rivojlantirish bo‗yicha muayyan
ishlarni amalga oshirdi. Qonunchilik, davlat boshqaruvi, o‗tish davri muammolarini
echishda muayyan tajribaga ega bo‗ldi. 2002-yil 27-yanvarda o‗tkazilgan
referendumda
ikki palatali parlamentni tuzish masalasi O‗zbekiston xalqi tomonidan qo‗llab-
quvvatlandi. O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatining huquqiy asosini
O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ―Referendum yakunlari hamda davlat
hokimiyatini tashkil etishning asosiy prinsiplari to‗g‗risida‖ (2002-yil 4-aprel),
―O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‗g‗risida‖ (2002-yil
12-dekabr), ―O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‗g‗risida‖ (2002-yil 12-
dekabr)gi Konstitutsiyaviy qonunlar, ―O‗zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasining Reglamenti to‗g‗risida‖ (2003-yil 29-avgust), ―O‗zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‗g‗risida‖ (2003-yil 29-avgust) kabi
qonunlar tashkil etadi. O‗zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi hududiy, bir
mandatli saylov okruglari bo‗yicha ko‗p partiyalilik asosida saylanadigan 150 (shundan,
15 deputatlik o‗rni O‗zbekiston Ekologik harakati tomonidan shakllantiriladi.)
deputatdan iborat. Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy, teng va to‗g‗ridan to‗g‗ri
saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‗li bilan saylanadi. O‗zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi bo‗lib, Senat a‘zolari
(senatorlar)dan tarkib topadi. Senat a‘zolari Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahridan teng miqdorda - 6 kishidan saylanadi. Senatga saylov
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jo‗qorg‗i Kengesi, viloyatlar,
tumanlar va shaharlar
davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‗shma majlislarida mazqur
deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‗li bilan o‗tkaziladi. Senatning 16 nafar a'zosi
fan, san‘at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining
boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‗lgan hamda alohida xizmat qo‗rsatgan
eng obro‗li fuqarolar orasidan O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
tayinlanadi. Har ikkala palataning vakolat muddati – 5 yil. O‗zbekiston parlamenti keng,
ko‗p qirrali vakolatlarga ega. U hokimiyatning qonun chiqaruvchi,
ijro etuvchi va sud
hokimiyatiga bo‗linish prinsipiga asoslanib, davlatning boshqa idoralari bilan hamkorlik
qilib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Qonunchilik, davlat
boshqaruvining muhim masalalarini ko‗rib chiqishda va hal etishda ishtirok etadi, davlat
budjetini tasdiqlaydi, parlament nazoratini amalga oshiradi hamda qator davlat
organlarini shakllantirishda qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: