jismoniy kamolotini ta‘minlash hamda yer yuzida tinchlikni saqlash zarur edi.
11
Bunday sharoitda Xalqaro Olimpiya Qo‗mitasining tashkil etilishi va Olimpiya
Harakatining targ‘ib qilinishi o‗ziga xos ahamiyat kasb etdi.Olimpiya O‗yinlari va
u bilan bog‘liq tushunchalarning (masalan, Olimpiya Harakati, Olimpiya g‘oyalari,
Olimpiya ta‘limoti kabilar) yuzaga chiqishi butun bir takrorlanmas tizimning amal
qilishini ko‗rsatdi.
Olimpizm borasidagi fikr va mulohazalar keng qamrovlidir. Uni fan sifatida
o‗rganish imkoniyati ham mavjud. Bugungacha qator adabiyotlar, maqolalar va
boshqa ilmiy-uslubiy nashrlar chop ettirilgan. Dunyo miqyosida Olimpiya
Harakatini tadqiq qilishga doir izlanishlar olib borilgan va bu jarayon izchil amalga
oshirilmoqda. Shu bilan birga, Olimpizmning ijtimoiy-pedagogik jihatlari ham
mavjud. Buni biz Olimpiya g‘oyalari mazmuni yoki Olimpizm printsiplarida
nazarda tutilgan vazifalarda ko‗rishimiz mumkin.
Olimpizm bir so‗z bilan aytganda Olimpiya O‗yinlarini targ‘ib qilish
to‗g‘risidagi g‘oyalar va qoidalar tizimi. Olimpizmni rivojlantirish, uni xalqlar
orasida targ‘ib qilish va rivojlantirishning katta ahamiyati bor. Zamonaviy
Olimpiya O‗yinlari tashkil qilingan davrda aynan shunday tizimni joriy qilish
lozim edi. Kubertenning uzoq yillar davomidagi kuzatishlari va xulosalari
jamiyatda sportni rivojlantirish orqali qandaydir ijobiy natijaga erishish
mumkinligini ko‗rsatdi. Havaskorlik va professional sportni rivojlantirish borasida
o‗zining aniq takliflarini bildirdi.
Sport faqatgina jismoniy rivojlantirish, inson jismoniy imkoniyatlarini
oshirish omili bo‗libgina qolmay uning ma‘naviy, falsafiy va ilmiy asoslari
mavjudligi hamda uni xalqlar orasida rivojlantirish lozimligi to‗g‘risidagi fikrlar
Pier de Kuberten tomonidan ilgari surildi.
Kuberten tomonidan bunday g‘oya va takliflarning bildirilishi kutilmaganda
katta qiziqish va hayrat bilan qarshi olindi. O‗sha davrning ijtimoiy-psixologik
holati, millatlar, xalqlar va davlatlar orasidagi o‗zaro ziddiyatlar, irqchilik,
milatchilik va boshqa shunga o‗xshash muammolarning yechimi sifatida Olimpiya
O‗yinlarining tashkil etilishi o‗z samarasini bera boshladi. Keyinchalik Olimpiya
O‗yinlari takomillashib bordi. Ammo bir narsa muhimki Olimpizm g‘olari
zamonlar o‗tsa ham mohiyatan o‗zgarmadi. Unda dunyoni yaxshi tomonga
o‗zgartirish, tinchlik va insonparvarlikni ta‘minlash doimo birinchi o‗rinda turadi.
Olimpizmni targ‘ib qilish borasidagi ishlar keyinchalik yanada ommalashib
ketdi. Olimpiya O‗yinlari tarkibiga yangi sport turlarining kiritilishi, sportchilar
tarkibining kengayishi va boshqa sabablar evaziga Olimpizm g‘oyalari tobora
kengayib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: