Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi burxonov jamoliddin husniddin o



Download 0,51 Mb.
bet3/6
Sana12.05.2023
Hajmi0,51 Mb.
#937660
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

Mavzuning o'rganilish darajasi. Tadqiqot uchun olingan mavzu hozirgacha alohida tadqiqot sifatida o'rganilmagan. Rossiya va Markaziy Osiyolik tadqiqotchilarning tadqiqotlarida ushbu mavzuga doir ayrim ma'lumotlar mavjud bo'lsa-da, ular umumlashgan yaxlit tarzda ishlanmagan. Manbalarni keng tarzda har tomonlama o'rganish olimlar tomonidan XIX - XX asrlarda amalga oshirilgan. Markaziy Osiyo tarixiga oid qadimgi va ilk o'rta asrlar manbalari tarixshunosligiga oid adabiyotlarni shartli ravishda guruhlarga bo'lish mumkin.
Birinchi guruhga manbalarni o'rgangan xorijlik olimlar: ingliz, frantsuz, nemis olimlari M. Sotude, Denison Ross, U. Morley, E. Braun, E. Bloshe, K. Yan, F. Tauer, Jak Oben, K. M. Maitra, G. R. Ryomer, Mayls, Ch. N. Seddon, B. Dornlarning manbalarni o'rganish va nashr etishdagi ishlarini kiritish mumkin3.
Ikkinchi guruhga Chor Rossiyasi va sovet davrida nashr etilgan adabiyot, risolalar, amalga oshirilgan tadqiqotlar va e'lon qilingan maqolalarni kiritish mumkin. Rus sharqshunos olimlari V. V. Bartol'd4, E. E. Bertel's5, A. G. Tumanskiy, V. F. Minorskiy, A. K. Arends6. V. V. Vyatkin, E. Denisov, V. G. Tizengauzen, A. Stori7, Z. M. Buniyatov va A. Yu. Yakubovskiylar tomonidan manbalar o'rganilgan va ular tomonidan ilmiy ishlar nashr etilgan8.
O'rganilayotgan davr manbalarini o'rganish tarixshunosligi adabiyotini uchinchi guruhiga yurtimiz tarixchilari: B. A. Ahmedov9, T. S. Saidqulov10, O. Bo'riyev, M. Hasaniy, I. Nizomutdinov va T. Fayziyev, Yu. Hakimjonov, G'. Karimov, N. Norqulovlar, S. Mirzayev, J. Esonov, A. Muxtorovlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar kiradi11.
Sifat jihatidan yangicha kontseptual tusda, umum qabul qilingan ilmiy printsiplar va milliy istiqlol mafkurasiga tayangan holda ilmiy ishlarni yaratishning real imkoniyatlari XX asrning 90-yillarda paydo bo'ldi. Natijada mustaqillik g'oyasi ruhida yozilgan bir qator ilmiy asarlar, ro'znomalar, risola va maqolalar chop etildi, ilmiy izlanishlar olib borildi. Bu ishlarda bizni qiziqtirgan muammolarga tegishli bo'lgan yangicha talqini ko'zga tashlandi. Manbalarda yurtimiz tarixini aksh etishi mavzusi qator maqola, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarida o'z aksini topdi. Umuman olganda, muammoga oid adabiyotlar tahlili shundan dalolat beradiki, manbalarni o'rganish muammosining ayrim jihatlarini tadqiq qilinishiga, to'plangan bilimlar va erishilgan natijalarning salmoqli ekaniga qaramay, bu davr manbalarini jiddiy tarzda qayta fikrlashni va keng miqyosda retrospektiv tahlildan o'tkazishni va tanlab olingan ilmiy tadqiqot mavzuiga bugungi kun nuqtai - nazaridan har tomolama xolis va yangicha yondashuvlar lozimligini ko'rsatadi.
Bundan tashqari respublikamizning tarixchi olimlari tomonidan yozilgan tarixiy adabiyotlarda mavzuga doir ilmiy faktlar keltirilgan. Mavzuni o'rganilmagan, yozilmagan va tadqiq etilmagan tomonlari bisyor.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish