Namanagan davlt universitetiespublikasi informatika kafedrasi


-mavzu. Elektron ta’lim va uni tashkil qilish asoslari/



Download 21,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/95
Sana24.11.2022
Hajmi21,7 Mb.
#871572
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   95
Bog'liq
TAT Nazariy mavzu дарслик Г.Юнусова (1)

11-mavzu. Elektron ta’lim va uni tashkil qilish asoslari/ 
Kalit so’zlar: Elektron ta’lim, elektron ta’limni boshqarish tizimi, LMS, CMS, 
Moodle, Canvas, GoogleClassroom. 
Reja: 
1.Elektron ta’lim va uning bosqichlari.Elektron ta’limning tashkil etishning dasturiy 
vositalari.
2.Elektron ta’limni boshqarish tizimi (LMS)lari va ularning imkoniyatlari.
3.Elektron 
ta’limni 
boshqarish 
tizimlari: 
Moodle, 
Canvas, Blackboard ва Google Classroom веб-хизмати. 
4.Ommaviy ochiq onlayn kurslar
Asosiy matn: 
Hozirgi davrda ta’limning elektron shakli jadal rivojlanib borayotganligining guvohi 
bo‘lmoqdamiz. Bu holat elektron ta’lim tizimi va ko‘plab boshqa ishlab chiqarish 
vositalarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Elektron ta’lim tizimi foydalanuvchiga 
o‘quv materiallari va ulardan olingan bilimlarni test topshiriqlaridan foydalanib, 
tekshirish imkoniyatini taqdim etadi. Zamonaviy talablarga muvofiq, o‘quv jarayoni 
murakkablashib borayotgan bir vaqtda, ta’limda o‘quv vositalaridan foydalanish 
o‘zlashtirishni osonlashtirib, qiziqarlilik jihatini oshirmoqda. 
Elektron ta’lim texnologiyasining rivoji elektron o‘qitish tizimida ta’lim 
strategiyasining tuzilishi va har bir o‘quvchi uchun o‘quv materiallarini yakka 
tartibda taqdim etish kabi imkoniyatlarni bermoqda. Shunga muvofiq ishlab 


235 
chiqarishga sarf-xarajatlar, doimiy talablarning o‘sishi va elektron ta’lim tizimini 
amalga oshirishda zaruriy baholash va boshqarish sifatlari shakllandi. Hozirgi 
avtomatlashtirilgan ta’lim tizimi sifatini baholash uslublari o‘qish jarayoni natijalari 
nuqtai nazaridan, o‘qitish tizimlarini baholashga, shuningdek, ushbu uslublar 
umumiy bo‘lib, paydo bo‘lgan va elektron ta’lim tizimi hayot siklining turli 
bosqichlari sifatini boshqarishga yetarli darajada imkon bermaydi. 
Shu sababli ham elektron ta’lim tizimi sifatini baholash mezonlari va usullari 
o‘qitish jarayoni sifatini boshqarishni amalga oshirishga imkon beruvchi, joriy etish 
va foydalanish bosqichlarini ishlab chiqish zarur. O‘qitishning barcha xususiyatlari 
mujassamlangan ishlanmaning uslubi va o‘rganilayotgan fan bo‘yicha 
o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini baholashda darajalarga ajratish tizimining 
ishlashi hamda o‘lchov xususiyatlarini aniqlashtirish zarurati yuzaga keladi. Mazkur 
qoidalar birinchi navbatda, tizim bilan uning ishlash natijalari bo‘yicha o‘qitish 
modelining o‘zidagi o‘zgarishlarni kuzatishni talab etadi. 
O‘qitish modeli quyidagi: ta’lim maqsadi haqida; o‘quv kursi doirasida 
o‘rganuvchining bilimi haqida (o‘quv kursining joriy holati); nazorat savollari va 
vazifalar tanlovi hamda o‘quv materiallarini uzatish asoslari haqida; o‘quvchilar 
bilan ishlash natijalari bo‘yicha o‘qitish modelining o‘zgarishi qoidalari haqida 
axborotlarni jamlashi kerak. Har bir o‘rganuvchiga tizimning boshlang‘ich 
sozlanishni ajratish va o‘rganuvchi bilan kelajakda ishlash uchun baza paydo 
qilishda ko‘plab o‘quv materiallari va tizim bilan ishlashda o‘ziga maqsad berilgan 
bo‘lishi zarur. Keng tarqalgan o‘qitish modellari quyidagi: overleyli; har xillilik; 
o‘zgarishlilik jihatlaridan iborat. 
Bunday modellarni qurishda ikki asosiy yo‘nalishni ajratib ko‘rsatish mumkin. 
Ekspert o‘qitish tizimlaridagi o‘qitish modellari mazmunida o‘rganuvchilar bilan 
tizim muloqoti jarayonini boshqarish xususiyatlari ahamiyatiga asoslangan barcha 
qoidalar va ko‘rsatkichlar majmuasi tushuniladi. Boshqa turdagi o‘qitish 
tizimlaridagi o‘qitish modellarida o‘qitilayotgan fan bo‘yicha o‘quvchilarning 
o‘zlashtirish darajasini ajratish va o‘quvchilarning tizim bilan ishlash ko‘rsatkichlari 


236 
majmuasi tushuniladi. Shunga qaramay, o‘qitish modelini ko‘rsatkichlar majmui 
sifatida tushunish — bu juda ham tor tushuncha bo‘lgan bo‘lardi. Ushbu 
xususiyatlar majmui uslublarsiz o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Shunday qilib, o‘qitish 
modelini mazkur majmuaning barcha uslublari va o‘qitish xususiyatlari 
yig‘indisining yaratilishi sifatida ta’riflash mumkin. 
Ekspert o‘qitish tizimlarida bu qoidalar ushbu soha mutaxassislari bilan o‘quvchilar 
muloqotining yuqori sifatda imitatsiya qilishga imkon beruvchi aniq dasturiy 
ta’minotiga bog‘liq. Biroq adaptiv o‘qitish tizimlari aniq dasturiy ta’minotga 
mo‘ljallangan bo‘lmasligi mumkin, chunki o‘qitish modelida ko‘rsatilgan qoidalar 
boshqacha bo‘lishi kerak. Birinchi navbatda, bu qoidalarga muvofiq tizim bilan 
ishlash natijalari bo‘yicha o‘qitish modeli o‘z o‘zgarishlarini namoyon etishi kerak. 
Bu o‘qituvchilarga mazkur modellarni shakllantirishni boshqarishga, shuningdek, 
dasturlashni algoritmik sozlanishlarsiz amalga oshirishga imkon beradi. 

Download 21,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish