iSpring Sute dasturi.
iSpring paketi dasturlarini faollashtiramiz va ekranda quyidagi vkladkadan
iSpring Pro dasturini tanlaymiz.
iSpring Pro dasturi:
iSpring Pro dasturi ishga tushganda Power Pointni ishga tushiring yozuvi
75
chiqadi va uni bosib, biz dasturni ishga tushiramiz. Dasturda taqdimotni yaratib,
unga o’z ovozingiz bilan video-ma’ruza yozishingiz, Youtubedan kerakli filmni,
video-larni qushishingiz mumkin.Bu dastur video-lavhalarni taqdimotga quyish
uchun va kameradan o’zingizni ma’ruza o’qishingizni ovozli video tariqasida
yozishi mumkin.
2.
Bilimni baholash tizimlari haqida tushuncha.
3.
Bilimlarni baholashga mo’ljallangan dasturiy vositalar haqida
ma’lumot va ularning Test yaratish va o’tkazish dasturlari: Mytest,
EasyQuizzy.
EasyQuizy dasturida test yaratish:
Avval ishchi stoldan Q EasyQuizy piktogrammani topib, uni ishga solamiz.
Bu piktogrammaga burkangan dastur test yaratish uchun mo’jallangan dasturlardan
biridir. Test yaratuvchi dasturning bosh menyusi quyidagicha: “Informatsiya o teste”
,“ “Voprosы i otvetы”, “Nastroyki testa”.
76
Ekranda dasturning ichki ko’rinishi ochiladi, uning menyularini ko’rib, test
yozadigan sohasini topiladi va u erga test kiritiladi. Buning uchun avval “Prosmotret
testirovanie” bo’limini bosamiz, ekranda test yaratish uchun oyna namoyon bo’ladi,
unga test kiritiladi.
“Prodoljit skanirovanie” bo‘limini bosiladi va testni kiritish uchun boshqa oynasi
chiqqandan so‘ng uning sohalarini sinchiklab qarab chiqiladi:
77
Testning nomini va uning mazmuni bo‘yicha izoh berbkflb. Test kimga, qaysi
yo‘nalishga mo‘ljallanganligini yoziladi.
Bu narsalarni “Informatsiya o teste” bo‘limiga kirib, amalga oshiriladi.
“Avtor” sohasiga test yaratgan muallif ismini yoziladi. “Opisanie testa” qismiga test
qaysi fanga oidligini va kimga, qaysi kurs talabalari uchun, qaysi yo‘nalishga oid
tuzilganligini yoziladi. Qanday mavzu va modullarni, nechta modulni qamrab
olagnligi haqida ma’lumot kiritiladi. Keyingi menyuga ya’ni “Voprosы i Otvetы”
bo‘limiga kiramiz. Savol va unga javoblarni kiritamiz. To‘g‘ri javobning pastida
78
tugmani belgilab, to‘g‘ri javobligini aniqlab qo‘yamiz. Undan so‘ng “Dobavit”
tugmasini bosib, savollarga javoblar variantlarini ko‘paytirish mumkin. SHu tariqa
savolga javoblarni 4tagacha ko‘paytirib olamiz.
Chap tomondagi panelda paydo bo‘lgan “Dobavit” sohasini bosib, yangi
savolni xosil qilish va uni to‘ldirish kerak. O‘ng tomondagi panelga esa savolning
javoblarining variantlarini kiritamiz. Savolga javob variantlari ko‘payib ketsa, uni
“Udalit otvet” sohasini bosib, uchirishimiz mumkin. SHu tariqa biz Testni
yaratishimiz mumkin. Testda savollar 200ta bo‘lishi kerak. 100talik yoki 200talik
savol va ularga 4 tadan javoblarni tuzib, uni Fayl-Soxranit kak sohasini bosib, biror
nom bilan Ishchi stolga saqlab qo‘yamiz. Savollarga berilgan tug‘ri javoblar uchun
ball quyiladi, 100 ta savolga misol uchun, 100 ball, xar bir tug‘ri javobga 1 balldan,
200 ta savolga 100 ball, xar bir tug‘ri javobga 0,5 balldan.
Yuqoridagi rasmdan Vopros sohasiga savolni va “VAriantы otvetov”
sohasiga javoblarni kiritiladi. Tug‘ri javob belgilanadi. Javoblar variantlarini
ko‘paytirish mumkin, ya’ni ularni qushish mumkin yoki ko‘payib ketgan bo‘lsa,
uchirib tashlash imkoniyati mavjud. Tayyor bo‘lgan testni, uni qaerga saqlangan
bo‘lsa, o‘sha erdan piktogrammasini topib, ishga tushiriladi, uning piktogrammasida
savol rasmi paydo bo‘ladi. Uni ishga tushirib, tayyor testni ishlash mumkin.
79
Familiya va ism kiritiladi va “Nachat testirovanie” bo‘limini bosiladi.
Natijada ekranda test chiqadi, quyidagi testni ishlashni boshlaymiz. Ekranda birinchi
savol va unga javolar variantlari ko‘rsatiladi. Ulardan tug‘rijavobni topib, uni
belgilanadi va “Prinyat otvet” klavishasi bosiladi va navbatdagi savolga o‘tiladi. Aga
savolga javobnitanlay olmasangiz, vaqtni o‘tkasmazlik uchun, uni tashlab
ketishingiz mumkin va keyinroq unga qaytib, ishlab quyishingiz mumkin bo‘ladi.
Bu vaqtni tejash maqsadida amalga oshiriladi. Testni vaqtga bog‘lab quyish mumkin
bo‘ladi.
80
81
Kirish va xulosa sohasidan tashqari “iSpring Kinetics dasturida nima
kiritiladi?” degan savolga-“Sozdat Razvorot” javobini tanlab, “Prinyat otvet” sohasi
bosiladi.Ekranda keyingi savol chiqadi, uni uqib, navbatdagi javob tanlanib, yaa
“prinyat otvet” sohasi bosiladi.
82
Talabalar Savolga javobni tanlab, keyin “Prinyat otvet” sohasini bosishadi.
Hisobotni ko‘rib chiqish mumkin. Hisobotni faylga saqlash mumkin va chop etish
imkoniyati bu dasturda mavjud, buni mos ravishda “Soxranit fayl”, “Pechat”
tugmalarini bosib, amalga oshiramiz. Savollarga javoblarni belgilab, oxirida ballni
yoki bahoni ko‘rish mumkin bo‘ladi.Hisobotni o‘qib, unda notug‘ri topilgan
javoblrning tug‘ri javob variantini ko‘rish va testni takrorlab ishlash mumkin, shu
tariqa takrorlab, 100talik testni 100%ga chiqarish mumkin bo‘ladi.
83
MYTEST DASTURIDA TEST YARATISH USLUBIYOTI
Ta’lim jarayonida talabalar bilimini nazorat qilishda, oraliq va yakuniy
nazoratlarni o’tkazishda, tashkil qilishda vaqtni tejovchi, adolatli va haqqoniy testni
o’tkazish vositasi-test olish hisoblanadi. Testlarni electron tarzda olish, kompyuter
vositasida test dasturlari yordamida o’tkazish esa maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi kunda juda ko’p test dasturlari yaratilgan.Bu sohada horijiy
ishlanmalar EuasyQuizy dasturi, Amerika dasturchilari orqali yaratilgan MyTest,
Rossiya ham MyTest dasuri yaratilgan. iSpring Sute paketidagi iSpring QuizMaker
dasturlari hammaga ma’lum. Toshkent Davlat Universiteti professor o’qituvchilari
tomonidan yaratilgan Test o’tkazishga mo’ljallangan, testni kiritish, uni tahrirlash
va on-line uslubida o’tkazishni amalga oshiruvchi testlar yaratilgan. Namangan
Davlat Universitetida ham test kiritishni, tahrirlashni amalga oshiruvchi redaktorli,
testni on-line tarmoqda va internetda o’tkaza oladigan TEST dasturi
t.f.n.A.Mirzamov tomonidan yaratilgan, bu dasturni mukamallashtirishga ham ishlar
olib borilgan va uning natijasida testda talaba ishlagan testing notug’ri berilgan
javobning tug’ri javobini ko’rish imkoniyati berilgan. Bu Test dasturidan NamDuda
talabalardan oraliq nazorat olishda qo’llaniladi. Moodle o’quv platformasida ham
oraliq, yakuniy testlarni qabul qilish mumkin. Buning uchun bu platformaning matn
kiritish redaktoriga test kiritiladi. Tizimda ball kiritish mezoni o’rnatilgan, har bir
savolning tug’ri javobiga ball quyiladi. Bu testl dasturlar va o’quv platform
talabalarning bilimlarini adolatli aniqlashga yordam beradi.
Biz sizga Rossiya dasturchilari tomonidan yaratilgan MyTest dasturi haqida
bayon etamiz. Bu test dasturi dasturlar paketidan iborat. MyTest dasturlar paketida
dastur tuzish, uni ishlatish va on-line yoki internet tizimida ishlatish uchun uchta
alohida dasturlar mavjud.
84
Bularga:
MyTestEditor.exe,
MyTestStudent.exe,
MyTestServer.exe
dasturlari kiradi. MyTest dasturi ushbu uchta dasturlardan tashkil topgan.
MyTestEditor.exe dasturi orqali testni kiritish va tahrir etish,savol va javoblarni
kiritish, tug’ri javobni belgilash va testni saqlash mumkin.
Bu dasturga kirib Bosh menyudan keying paneldan turtinchi piktogrammani
85
bossak, test yozish uchun oyna faollashadi va testni kitishimiz mumkin.
Topshiriq turini tanlanadi, Bir javobli testmi, ko’p javob variantli testmi va
h.z. shuni belgilab, OK tugmasi bosiladi.
Undan keyin ekranda test yaratish uchun yani uni kiritish uchun oyna hosil
86
bo’ladi, savol va unga javoblar kiritish uchun alohida sohalar ajratilgan bo’ladi.
Yuqoridagi katta oynaga savol matni kiritiladi. Pastga raqamlar berilgan
sohalarga test savolining javobi beriladi. Undan keyin esa pastda “Dobavit variant
otveta” orqali savolga javob variantini ko’paytirish mumkin.Testni kiritamiz.
Tug’ri javobni belgilaymiz, pastda”Soxranit zadanie” bo’limini bosamiz yoki
bosh menyudan keying menyu satrdan 6-chi piktogrammani yani topshiriqni saqlash
piktogrammasini bosamiz. Ekranning chap panelida birinchi savol belgisi paydo
bo’ladi. Uni yana saqlab nushasiga ikkinchi savolni kiritish mumkin, uni ham
87
saqlashga mos piktogramani bosib, ikkinchi savolni ham saqlaymiz. Shu tariqa 10ta,
20ta 100ta, 200ta test yaratib, dasturni ishlatamiz.
MyTestEdit dasturi MyTest paketining-matn redaktori hisoblanib, unda testni
kiritib, tahrirlar ekanmiz.Testni saqlaymiz, yahshi o’rganish uchun avval uni Ishchi
stolga saqlash mumkin. Yaratilgan testni ishlatish uchun MyTestStudent.exe
dasturini ishlatib, uni Ishchi stoldan Open bulimi orqali ochib olamiz, Ishchi stoldan
nomini topib, uni ochamiz. Test MyTestStudent.exe dasturida ochiladi. Bu dastur
ochilgan so’ng savol javoblari bilan tepada chiqadi. Uni joylash uchun menyudan
zangor rangli tugmani bosamiz va savol hamda javoblar tug’ri joylashadi.
88
Rasmda kurinib turibdiki, savol va javoblari tepa qismida hammasi joylashib
qolgan, menyudan zangor tugma bosilib, savol va javob variantlarini o’rniga
quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |