Parazit hayot kechirish chuvalchanglarning tashqi tuzilishiga va hayot
kechirish xususiyatlariga katta ta'sir qilgan. Bunday o'zgarishlar yassi
chuvalchanglarda ayniqsa yaxshi ko'zga tashlanadi. Ularning maxsus
yopishish organlari paydo bo'lgan; hazra qilish sistemasi yo'qolib, jinsiy
organlari juda kuchli rivojlangan. Lekin parazit chuvalchanglar va
lichinkalarining ko'pchiligi tashqi rnuhitga chiqqanida o"z xo'jayinini
turlari, masalan, jigar qurti va exinokokk, hatto lichinkalik davrida ham
ko'payish xususiyatiga ega bo'ladi.